Sotsiologiyada jamiyat tushunchasi Jamiyat belgilari Jamiyat tizim sifatida



Download 100,36 Kb.
bet2/3
Sana29.01.2023
Hajmi100,36 Kb.
#904970
1   2   3
Bog'liq
12-mavzu

Iqtisodiy sohada: nodavlat tashkilotlar; kooperativ-shirkatlar; ijara jamoalari; aksiyadorlik jamiyatlari; uyushmalar; korporatsiyalarning mavjudligi.
Ijtimoiy sohada: oila; partiyalar, jamoat tashkilotlari va harakatlar; ish va yashash joylaridagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari; nodavlat ommaviy axborot vositalari; jamoatchilik fikrini aniqlash, shakllantirish va ifoda etishning zamonaviy shakllari, ijtimoiy ixtiloflarni kuch ishlatmasdan, tazyiqsiz, qonunlar doirasida hal qilish amaliyotining mavjudligidir.
Ma’naviy sohada: so‘z, vijdon va fikrlar erkinligi; o‘z fikrini ochiq bildirishning real imkoniyatlari; ijodiy, ilmiy va boshqa uyushmalar mustaqilligining ham qonuniy, ham amaliy jihatlardan ta’minlanganligi.
SHuningdek, fuqarolik jamiyatining barqarorligini ta’minlovchi shart-sharoitlar ham borki, ularsiz bu jamiyatning institutlari rivojlanmaydi. Bular jumlasiga jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlarning turlicha manfaatlarini ifoda etuvchi rivojlangan ijtimoiy strukturalar mavjud bo‘lishi lozimligi kiradi. Qolaversa, jamiyat a’zolarining to‘la mustaqillik bilan faoliyat ko‘rsata olish qobiliyati, ularning eng rivojlangan darajadagi ijtimoiy, intellektual, ruhiy jihatlardan yuksalishi sodir bo‘lishi ham taqozo qilinadi.
So‘nggi shart-sharoit esa har bir fuqaroning o‘z mulkiga ega bo‘lishi, bu mulkni o‘zi istagan tarzda tasarruf qila olishi uchun uning shaxsiy yoki jamoaviy huquqi ta’minlagan bo‘lishi lozimligidir.
Fuqarolik jamiyatining belgilari, mezonlari va institutlarini tasavvur qila olgan har bir kishiga ko‘rinib turibdiki, bunday demokratik jamiyatning asosini o‘zini o‘zi boshqarish va jamoat tashkilotlari o‘zaro munosabatlarining majmuasi tashkil qilar ekan.
Fuqarolik jamiyatida davlat va hukumatning alohida o‘z vazifalari, nodavlat va jamoat tashkilotlarining esa alohida o‘z vazifalari bo‘ladiki, ular bir-birini to‘ldirib, yuksak rivojlangan demokratik jamiyatning yashovchanligini ta’minlaydi. Davlatning ham, nodavlat tashkilotlarning ham o‘z harakat doirasini o‘zlari uchun belgilagan faoliyati u yoki bu tomonga ozgina o‘zgarganda ham bunday ijtimoiy-siyosiy muvozanatlar buzilib, demokratik me’yordan chekinish yoxud chetga chiqib ketish ro‘y berishi mumkinligini asrimizning so‘nggi davrdagi rivojlanish amaliyoti ko‘rsatdi.
Fuqarolik jamiyati insonlardagi o‘zini o‘zi anglash, ularning ob’ektiv ravishdagi mas’uliyat hissini sezish qobiliyatining yuksalishiga hamohang ravishda shakllanib boradi. Bu jamiyatda shakllangan mamlakatlar fuqarolari siyosiy, axloqiy va huquqiy madaniyatlari darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Ma’lumki, fuqarolik jamiyatining asosi – jamoat tashkilotlaridir. Va shu bilan bir qatorda, fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – nodavlat tizimidagi barcha jamoat tashkilotlariga a’zolikning ixtiyoriy shaklda bo‘lishidir. Bu qoida, birinchidan, shu jamiyatdagi demokratiyaning yuqori darajasini namoyon qilsa, ikkinchidan, jamiyat a’zolarining ijtimoiy ongi va faolligi yuksakligini bildiradi. Qolaversa, har bir fuqaro o‘zi kirmoqchi bo‘lgan tashkilot faoliyatida o‘z manfaatlari va ehtiyojlariga mos maqsadlarga erishishiga ishonch hosil qilganidan so‘nggina shu tashkilotga ixtiyoriy ravishda a’zo bo‘la oladi.



Download 100,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish