Sotsiologiya


XIX asr §arbiy Ovro’padagi sotsiologik ta’limotlar tarixi



Download 172,55 Kb.
bet18/85
Sana11.09.2021
Hajmi172,55 Kb.
#171546
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85
Bog'liq
“Sotsiologiya”

3. XIX asr §arbiy Ovro’padagi sotsiologik ta’limotlar tarixi.

Sotsiologiya fanining asoschisi frantsuz Ogyust Kont (1798-1857) hisoblanadi. Kont sotsiologiyasi burjuaziyaning ma’naviy va siyosiy hukmronligi davrida vujudga keldi. U o’zida sanoat va fanning yuksalishini ifodalaydi, aql yordamida ijtimoiy nizolarni hal qilishga intiladi. Kont o’z tadqiqotlari predmeti - jamiyatni ijtimoiy munosabatlarda tartib va progress sohasida revolyutsiyadan keyingi vaziyat bilan bog’lagan. O’sha davrda jamoatchilik antagonizm va ziddiyat deb hisoblagan tanglikni Kont bartaraf etib, o’z sotsiologiyasi bilan ikki qutbni – tartib va progressni birlashtirmoqchi bo’ladi. Tartib bo’lmasa progress anarxiyaga aylanadi. Pozitiv (ijobiy) siyosatda tartib va progress bir tamoyilning ikki tomonidir.

Sotsiologiya Kont fikricha, ijtimoiy statistika (jamiyatda turg’un bo’lgan tuzilmalar) va ijimoiy dinamika (ijtimoiy o’zgaruvchanlik jarayoni)dan iborat.

Kont tushuntirishicha, falsafa va sotsiologiyani pozitiv deb atashning sababi, ular fan ma’lumotlariga emas, balki ilmiy kuzatuvlarga asoslanadi. Pozitivizmda eng asosiy talab keraksiz tushunchalardan voz kechish hamda tabiiy-ilmiy qarashlarni isbotlovchi “pozitiv” (ijobiy) ijtimoiy nazariyani yaratishdir.

Kont tabiatni bilish tarixini 3 bosqichda bo’ldi: bu bosqichlardan har biri dunyoqarashning muayyan tipiga: teologik-harbiy hukmronlik; 2) metafizik-feodal hukmronlik; 3) pozitiv-sanoat tsivilizatsiyasi turiga mos keladi. Birinchi, teologik pallada inson aqlli hodisalarni ilohiyot, ilohiy kuchlarning ta’siri bilan izohlashga uringan. Kont fikricha, metafizik dunyoqarash teologik dunyoqarashning o’zgargan shaklidir. Metafizik dunyoqarashga ko’ra barcha hodisalarning asosini abstrakt metafizik mohiyatlar tashkil etadi. Teologik va metafizik dunyoqarash o’rniga Kont fikricha “pozitiv metod” keladi va u absolyut bilimlardan (materializm va ob’ektiv idealizm) voz kechishni talab qiladi.

Bu bosqichlar ketma-ketlikda keladi, shuning uchun ijtimoiy guruhlar orasidagi tengsizlik taraqqiyotning muayyan darajalari bilan bog’liq bo’ladi. Kont o’zining uch hadli sxemasidan fanlarni turkumlash uchun, tarixni bir tizimga solish uchun foydalanadi. Uning sotsiologik ta’limotining asosiy g’oyasi - revolyutsion yo’l bilan o’zgartirishni befoyda deb hisoblashdan iborat. Kont fikricha, kapitalizm insoniyat tarixining evolyutsiyasini tugallaydi. Kont oliy xudoga sig’inishni targ’ib qilishni ijtimoiy uyg’unlikni barqaror etish vositasi deb hisoblaydi.

Kontning xizmatlari shundaki, u sotsiologiya fani dasturlari va usullarini ilmiy izlanishlar vositasi sifatida aniqlay oladi. Uning fikriga ko’ra sotsiologiyaning predmeti-bu ijtimoiy hodisalarning mohiyatidir. Jamiyat to’g’risidagi fanlar tabiiy fanlar metodologiyasiga tayanishi kerak: olimlar kuzatuv, qiyoslash, tarixiy, genetik usullarni qo’llay bilishi lozim. Ushbu usullar ichida tarixiy va qiyosiy usullar keng tarqalgan. Kuzatuv va ekperiment usullari esa XX asrga kelib qo’llanila boshlandi. Kont ta’kidlashicha, jamiyatdagi ijtimoiy muvofiqlik-bu shaxslar va ijtimoiy qatlamlar manfaatlarining bir-biriga mosligidir. Kontning jamiyatni yaxlit organizm sifatida tushunishi, mehnatning ijtimoiy adolat asosida taqsimlanishi, ijtimoiy barqarorlik shartlari va omillari, turli guruh va qatlamlar manfatlarini moslashtirishda davlat va shaxslarining o’rni to’g’risidagi fikrlari bugungi kunga ham muhimdir.4


Download 172,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish