6.3. Eksperiment.
Sotsiologiyada eksperiment usuli ham qo’llaniladi. Aslida eksperimentlar tabiiy fanlarda keng qo’llaniladi, lekin sotsiologiyada uni qo’llash doirasi cheklangan. Laboratoriya sharoitida faqatgina kichik guruhni joylashtirish mumkin, lekin ular ham o’z ustilaridan tajriba o’tkazilayotganligidan xabardor bo’ladilar va o’zlarini odatdagidan farqliroq umuman eksperimentni sun'iy yaratilgan sharoitda bir yoki bir necha o’zgaruvchan miqdorning boshqalariga ta'sirini o’rganish deb ta'riflashimiz mumkin.
Filipp Zimbardo o’tkazgan ajoyib tadqiqot bunga misol bo’la oladi. U o’ziga xos «qamoqxona» tashkil etib, unda maxbuslar va qo’rikchilar rolini talabalar o’ynagan. Uning maqsadi turli rollarni ijro etish talabalar xulq-atvorini qay darajada o’zgartirishini aniqlash edi,olingan natijalar tadqiqotchilarni hayratga solgan. «Qo’riqchilar» tez orada avtoritar muomila tarzini o’zlashtirib olib, mahbuslarga nisbatan haqiqiy dushmanlarga munosabatda bo’la boshladilar. Ularning sheriklarida esa aksincha, haqiqiy qamoqxona maxbuslarida kuzatiladigan apatiya va isyonkorlik belgilari paydo bo’la boshlagan. Bu xolat shunday keskin bo’lganki, eksperimentlarni boshidan to’xtatishga to’g’ri kelgan. Tadqiqotchi qamoqxonalarda xulq-atvorni u yerdagilarning shaxsiy xislatlarini emas, muhitning o’zi belgilaydi, degan xulosaga kelgan.
Bu tadqiqot natijasidan shunday xulosaga kelib chiqadiki, eksperiment tadqiqotning shunday metodini, uning jarayonida biz shunday sharoitni yaratamiz yoki bo’lmasa izlab topamizki, u yordamida o’zimizni qiziqtiradigan hodisalar aloqasi namoyon bo’ladi.
Eksperiment o’tkazish uchun avvalo ob’ekt tanlanadi, so’ngra esa, eksperiment qilinadigan guruhlar tashkil qilinadi, ya'ni eksperimental holat vujudga keltiriladi. Eksperimentning asosiy maqsadi avvalo, - bu farazni isbotlash yoki inkor etishdir. Hozirda turli sohalarda olib borilayotgan sotsial eksperimentlarning asosi ham yuqoridagilarga uzviy bog’liqdir.
6.4. Intervyu.
Biz yuqorida so’rov (anketa) usuli haqida batafsil to’xtalib o’tgan edik. So’rov va intervyu metodlari o’rtasida deyarli farq yo’k. Chunki respondent (so’raluvchi) ga berilgan savolnoma bo’yicha tadqiqotchi undan intervyu oladi. Anketa bo’yicha olingan intervyuni ba'zan «formallashtirilgani» yoki «nazorat qilinadi» deb atashadi. Ba'zi intervyular umuman anketasiz o’tkaziladi: odamdan ancha uzoq vaqt mobaynida intervyu olinadi va chuqurrok ma'lumot olish talab qilinganida kam sonli so’raluvchilar so’rov qilinadi. Chuqurlashtirilgan intervyular odatda so’rovlarga qaraganda batafsilroq ma'lumot beradi, lekin bu usullarning kamchiligi shuki, intervyu oluvchi ta'sir o’tkazishi va natijada ma'lumotlar o’zgarib ketishi mumkin; bundan tashqari, javobni taqqoslab taxlil qilish qiyinrok bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |