Mikro sotsiolingvistika tilning kichik jamoalar (oila, ishlab chikarishdagi guruhlar, bogcha, maktabdagi sinflar va h.k.)da ishlatilishi bilan shugullanadi. Katta va kichik ijtimoiy jamoalar nafaqat miqdor, balki sifat nuktayi nazaridan ham farqlanadi: kichik ijtimoiy jamoada (masalan, oilada, turli o yinlar va ishlab chiqarish guruhlarida) qollanuvchi til qonuniyatlari kopincha kattalar jamoasida ishlamaydiyoki u darajada tasir qilmaydi va aksincha. Kop yiilar mobaynida sotsiolingvistikada keng miqyosdagi jarayon va munosabatlar obyekt qilib olingan tadqiqotlar asosiy orinni egallagan. Ozchilikni tashkil kilgan guruhlarga aloqador lisoniy jarayonlar va munosabatlarga etibor berilmagan. Biroq bunday kichik guruhlarni sotsiolingvistik nuqtayi nazardan tadqiq etish zarurati haqidagi fikrlar kop marta qayd qilingan. Bunday tadqiqotlarda insonning nutqiy muomalasi haqidagi qator muammolar togri yechimirti topishi mumkin. Bundan tashkari individ nafaqat sozlovchi sifatida, balki malum jumlalarni yaratuvchi sifatida ham aynan shunday kichik guruhlarda (butun jamiyatda emas) namoyon bol adi.Mikro sotsiolingvistika, shubhasiz, tilshunoslikning sohasidir.Garchi u tilning kichik guruh ichida maxsus qollanishini organsa-da, uning obyektini bevosita til tashkil qiladi. Biroq u inson haqidagi boshqa fanlar, eng avvalo, psixologiya va ijtimoiy psixologiya bilan chambarchas aloqada, chunki uning asosiy tushunchalari aynan shu sohalardan olingan. Mikro sotsiolingvistika shugullanadigan muammolami ikki guruhga ajratish mumkin:
1) muayyan kichik ijtimoiy guruhda qanday til kollanadi?
2) bu til shu kichik jamoa azolari tomonidan qanday ishlatiladi?
Bu savollarning javobi bir karashda malumday korinadi. Agar muayyan guruh qandaydir uni kamrab olgan jamiyat (millat, mamlakat, etnos va sh.k.) ichida mavjud bolsa, guruh azolari guruh ichidagi muloqotda shu jamiyatda amalda bolgan til hosilalaridan foydalanishi kerak.
Guruh azolari foydalanuvchi til umummilliy til bolmaydi. Buni oilaviy deb ataluvchi tillarning mavjudligi isbotlaydi: umumistemoldagi til vositalari bu orinda muayyan transformatsiyaga uchraydi. Guruhlarda alohida tillarning ishlab chiqilishini ham shunga qiyoslash mumkin: ishlab chikarish, oyin, sport yoki boshqa biror bir kizikishlari birlashtirgan jamoa azolarining tillari (bunda ijtimoiy va professional jargonlar emas, balki ota tor doiradagi guruhlarda mavjud boligan o'/iga xos muloqot vositasi nazarda: tutiladi). Bunga guruh ichidagi muloqotda qoliplarining shakllanishini misol qilib korsatish mumkin.Bu jamoaviy faoliyat jarayonida kishilar tomonidan muayyan xulq stereotiplari ishlab chiqiladi, guruh azolarining ozaro kommunikativ aloqalari nutq qoliplarining shakllanishiga olib keladi. Bunday qoliplar qatoriga alohida nutq birliklari, shuningdek, mazkur guruhning kommunikativ tajribasini aks ettiruvchi jumla va suhbatlarning turli qismlari, u yoki bu nutqiy aktlarning boshlanishi yoki tugallanishini ifodalovchi oziga xos shakllar, fodiiy asarlarda yoki biron bir guruh azosining ogzaki gaplarini kiritish mumkin. Mikro sotsiolingvistikada nutqiy muloqotning diada va triada turlarini tadqiq etish keng tarkalgan. Masalan, shifokor va bemor, er va xotin, oqituvchi va oquvchi, sudva va sudlanuvchi yoki advokat va h.k. Bunday mikroguruh azolarining nutqiy muomalasini batafsil tadqiq etish natijasida muloqotchilarning turli darajadagi mavkeyi va rollarini boshharuvchi nutqiy muloqot mexanizmlari ochib beriladi. Nutqiy ozaro munosabatning bunday mikrotahliliga U.Labov va D.Fenshellarning Терапевтический дискурс. Психотерапиякакобщение” asarlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin. Mazkur asarda psixoterapevtning bemorlar bilan olib borgan suhbatlari asosida muloqotchilar nutqiy usulini xarakterlovchi umumiy qoidalar va uning verbal va noverbal (harakat, imo-ishora, oiirish holati va h.k.) korinishlari tadqiq etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |