11.Dialektlarning turini ayting. Norasmiy nutq modeli hisoblangan dialektlar hududiy va ijtimoiy turlarga bo’linadi.Hududiy dialektlar ma’lum hududning o’ziga xos hududiy belgilari, binobarin, o’ziga xos lug’at, grammatik yoki fonetik xususiyatlariga ega bo’lgan so’zlashuv tilidir. Ijtimoiy dialektga sotsiolekt deyiladi.Angliyada ijtimoiy dialekt muhim bo’lib, u hududiy dialektdan ustuvorligi bilan ajralib turadi.AQSHda esa aksincha, hududiy dialekt ijtimoiy dialektga nisbatan salmoqli o’ringa ega. Tabiiyki, hududiy yoki mahalliy dialektlar tilning grafik jihatidan bo’linishini ifodalaydi.Biroq hududiy mahalliylik mazkur til shaklining faqat o’ziga xos bir tomoni xolos. “Hududiy dialekt” tushunchasi ijtimoiy dialektologiyaning asosiy kategoriyasi hisoblanadi.Dialektning ijtimoiy variantliligi tahlilga tortilishi sof dialektologik tadqiqotlardan ijtimoiy-dialektologik tadqiqiotlarga o’tish sanaladi.

12.Sotsiolekt va dialektlarga ta’rif bering. Sotsiolekt-umumiy ijtimoiy xususiyatlariga ko’ra birlashgan ayrim guruhlarning lisoniy ehtiyojlarini qondirish uchun nutq amaliyotida ishlab chiqilgan til shakli.Standart tildan farqli o’laroq, sotsiolektda ba’zi o’rinlarda chetga chiqish mumkin.Til ham xuddi tashqi ko’rinish singari sinflar haqida guvohlik beradi.Soilekt verbal xulq va ijtimoiy ahvolning muvofiqligini ifodalaydi. Tarixan dialektlar kishilarning bir-biridan uzoqda bo’lishi, bir-birlari bilan muloqot qilishga halaqit qiladigan turli masofalarda joylashishi natijasida shakllngan.tabiiyki, bir-biridan uzoqda, shuningdek, iqlimi har xil bo’lgan hududlarda yashaydigan kishilarningehtiyojlari va tevara-atrofdagi endenik (turfa) hodisalar nomlashni talab qiladi.