Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o’zgarish shundan iborat bo’ldiki, endi O’zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko’tarish ammaliyotiga chek qo’yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o’z qo’liga oldi.
Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo’lib, siyosiy mutelikdan qutilish tomon tashlangan muhim qadam bo’ldi.
O’zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko’rildi, to’qib chiqarilgan «o’zbek ishi», «paxta ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog’liq ishlar qayta ko’rildi, aybsiz qamalgan minglab kishilar oqlandi, o’z oilasiga qaytarildi, adolat tiklandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |