MULOQOTNING IKKKINCHI - INTERAKTIV TOMONI
Muloqotning bu xususiyati kishilarning muloqot jarayonida birgalikda faoliyatda bir-birlariga amaliy jixatdan bevosita ta’sir etishlarini ta’minlaydi. Shu tufayli odamlar xamkorlikda ishlash, bir-birlariga yerdam berish, bir-birlaridan o’rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarini namoyon qilishlari mumkin. Shu tufayli ukituvchi bola shaxsiga maqsadga y unalgan holda ta’sir ko’rsatishi mumkin. Aslini olganda, har qanday muloqot, agar u bemani, mak sadsiz, kuruk gaplardan iborat bo’lmasa, doimo muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvorlarini, ularning ustanovkalarini o’zgartirish imkoniyatiga ega.
Jamiyat mikesida oladigan bo’lsak, odamlarning turli sharo itlarda uzlarini tutishlari, xulq-atvorlarining boshqarilishi ma’lum psixologik qonuniyatlarga bog’liqligini kurish mumkin. Bunga sabab jamiyatga kabo’l qilingan turli normalar, qonun-qoidalar. Chunki o’zaro muloqot va o’zaro ta’sir jarayonlarida shunday xatti-harakatlar obrazlari kishilar ongiga singib boradiki, ularni har bir kishi norma sifatida kabo’l qiladi. Masalan, usmir bola, umuman yeshlar jamoat joylarida kattalarga o’rin bo’shatib berishlari kerakligi ham xulq-atvorning normasi. Shu normaga amal qilish yoki qilmaslik ijtimoiy na’zorat tizimi orqali boshqariladi. Ya’ni yo’qoridagi sharoitda agar usmir bola avtobusda kariyaga joy bo’shatmasa, jamoatchilik usha zaxoti uni tartibga chakiradi. Demak, har bir shaxs turli sharoitlarda turlicha rollarni bajaradi, bu rollarning qanday bajarilayotganligi, odamlarning kutishlariga mos kelishligi ijtimoiy na’zorat tizimi orqali kuzatib turiladi. Shuning uchun ham muloqotga kirishgan kishilar doimo o`z xulq-atvorlarini, qolaversa, o’zgalarning xulq-atvorini na’zorat qilib, harakatlarda bir-birlariga moslashadilar. Lekin ba’zan shunday bo`lishi ham mumkinki, rollarning ko’pligi, rollarning ziddiyatligiga olib kelishi mumkin. Masalan, maktab ukituvchisining o’zi ukiyotgan sinfda farzandi bo’lsa, dars paytida shunday ziddiyatlarni boshdan kechirish mumkin, ya’ni bir vaqtning o’zida ham ota, ham ukituvchi rolini bajarishga majbur bo`ladi. yoki xulqi yemon o`quvchining uyiga kelgan ukituvchi bir vaqtning o’zida ham ukituvchi ham mexmon rollari o’rtasida qiynaladi.
Turli rollarni bajarayotgan shaxslarning o’zaro muloqotlari kutishlar tizimi orqali boshqariladi. Masalan, xoxlaydimi yoki xoxlamaydimi, ukituvchidan ma’lum harakatlarni kutishadiki, ular ukituvchi roliga zid bo’lmasligi kerak. o`z rollariga mos harakat qilgan, doimo me’er mezonida ish tutgan kishining harakatlari odobli harakat deb aytiladi. Masalan, ukituvchining odobi, o`z kasbining ustasi ekanligi, bolalar kalbini tushuna olishi, ularning yesh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutishi uning odobga ega ekanligining belgisidir. Odobsiz odam buning aksidir.
Demak, o’zaro muloqot jarayonida bir odam ikkinchi odamga psixologik ta’sir kursatadi. Bu ta’sir ikkala tomondan ham anglanishi yoki anglanilmasligi mumkin. Ya’ni ba’zan biz nima uchun bir shaxsning bizga nakadar kuchli ta’sirga ega ekanligini, boshqa biri esa, aksincha xech qanday ta’sir kuchiga ega emasligini tushunib yetmaymiz. Bu esa pedagogikada muhim muammodir. Har bir pedagogning o`z ta’sir uslublari va ta’sir kuchi bo`ladi. Ukituvchi shaxsining bolalarga ta’siri quyidagi eksperimental ishda yakqol kuzatilgan. Boshlangich sinf o`quvchilariga anchagina o’yinchoklar berib, ishlarning ichida faqat birtasiga, kizil, yog’och o’yinchokka tegmasligi aytilgan. Bolalar yelgiz qoldirilib, harakatlari pinxona kuzatilgan. Juda ko’p bolalar ta’kiklangan o’yinchoklarga baribir tegishgan. Eksperimentning ikkinchi seriyasida endi barcha o’yinchokka tegishi mumkinu, faqat kizil kutichaning koptogini ochish mumkin emas, deb aytilgan. Shu kuticha teppasiga esa shu bolalarning ukituvchisi so’rati qo’yilgan. Bu seriyada birinchisiga qaraganda"ta’kikni buzuvchilar"soni keskin kamaygan. Demak, bu nar sa ukituvchi shaxsining bola harakatlariga ta’sirini yakqol isbotlab turibdi.
Shaxslararo, ta’sir haqida gap kyotganda, ukituvchi obrusining roli haqida ham aytish lozim. Chunki, obruli odam doimo usha obru kozongan guruhida o`z mavqeiga ega va ta’siriga ega bo`ladi. Shaxs obrui uning boshqa shaxslarga irodaviy va emotsional ta’sir kursata olish qobiliyatidir. Ma’lumki, obru amal yoki hayotiy tajriba bilangina orttirilmay, uning xakikiy asosi- shaxsning odamlar bilan to’g’ri munosabati, undagi odamiylik hislatlarining, boshqa ijobiy hislatlarining uygunlashuvidir. Psixologik obru ta’sir ko’rsatishning eng muhim mezonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |