Sotsial psixologiya


IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ILMIY FAN SIFATIDAGI VAZIFALARI



Download 0,95 Mb.
bet4/33
Sana11.01.2022
Hajmi0,95 Mb.
#348173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Ma'ruza matni

IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ILMIY FAN SIFATIDAGI VAZIFALARI


Ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy jarayonlar, jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlarga aloqador psixik xodisalarni o’rgangani uchun ham bevosita davrga bog’liqdir. Shuning uchun ham Taniqli fransuz olimi Serj Maskovisi: "Ijtimoiy psixologiyaning vazifalarini bevosita jamiyat belgilaydi", deb yozgan edi. Demak, fan sifatida Ijtimoiy psixologiyaning oldida turgan vazifalari, muammolari bevosita jamiyatdan kelib chiqadi. Ayniqsa, hozirgi jumxuriyatimiz mustaqil bo`lib, jamiyatimizda keskin ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar ro’y berayotgan pallada ijtimoiy-psixologik darajada hal qilinishi lozim bo`lgan vazifalar har kachongidan ham muhim bo`lib turibdi. Bugungi kunimizda Ijtimoiy psixologiya uchun muhim - dolzarb bo’lmagan muammoning o’zi yo’qligini isbot qilinmoqda. Bu narsa ishlab chiqarishni boshqarishga ham, yangicha bozor iqtisodieti sharoitida odamlar o’rtasidagi munosabatlar, ular tafakkurini, tasavvurlarini o’zgarishiga ham, yangi insonni tarbiyalash sohasiga ham taalluqlidir.

Ijtimoiy psixologiyaning vazifalaridan kelib chiqib, uning bahs mavzuini o`z ichiga olgan sohalar yoki ob’ektlarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin.

1. Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi. Bu sohadagi tadqiqot ob’ektlariga odamlarni guruhda va yakka holdagi xulq-atvorlarini o’rganish, kichik guruhlarning psixologik to’zilishi, ularga ro’y beradigan dinamik jarayonlar (uyushkoklik, o’zaro moslik va xoka’zolar); guruhlardagi peshkadamlik va boshqarish psixologiyasi; konformizm xodisasi; jamoalarning shakllanish shartlari, turli guruhlararo munosabatlar. Guruhlardagi kishilar o’rtasida o’zaro muloqot, o’zaro bir biriga ta’sir usullari, odamlarni samarali muloqotga urgatish ham guruhlar Ijtimoiy psixologiyasining muhim vazifasi hisoblanadi.

Ushbu sohani o’rganish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy fan sohalariga ishlab chiqarish Ijtimoiy psixologiyasi va boshqarish psixologiyasi kiradi.

2. Shaxsni ijtimoiy psixologik o’rganish. Shaxs ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning ob’ekti sifatida qaralganda, avvalo uning xulq-atvori, ijtimoiy motivlari, uning yo’nalishlari, xulq-atvor normalari, shaxsning jamiyatda turli ijtimoiy rollari, mavqei, ijtimoiy qo’shilish omillari - sotsiallashuvi; shaxsning o`z-o’ziga bahosi, munosabati, hurmati hamda ijtimoiy, tarixiy va madaniy shart-sharoitlarning shaxs ongiga ta’siri, shaxs tiplari o’rganiladi.

3. Ommaviy ijtimoiy psixologik xodisalar. Ijtimoiy psixologiyaga ommaviy xodisalar deganda turli kishilar guruhiga shaxslararo munosabatlar va o’zaro ta’sir jarayonlari; milliy etnopsixologiya hamda sinflar psixologiyasi muammolari; milliy madaniyat, urf-odatlar, an’analar, udumlar, akidalarning shaxs shakllanishidagi roli, olomon psixologiyasiga oid psixologik qonuniyatlar; turli guruhlarda odamlarning bir-birini idrok qilishlari va tushunishlari, o’zaro ta’sir masalalari tushuniladi. Hozirgi murakkab ijtimoiy xodisalar sharoitida ommaviy ijtimoiy psixologik qonuniyatlarni bilishning hamda ularni boshqarishning ahamiyati benixoyat kattadir.

4. Oila-Ijtimoiy psixologiyaning o’rganish ob’ekti sifatida.

Bu yerda oilaga xos psixologik jarayonlar oila a’zolarining bir-birlariga munosabatlari, nikoxdagi o’zaro moslik masalalari, oilaviy mojarolarning psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining ijtimoiy-psixologik metodlari o’rganiladi.

5. Ijtimoiy tasavurlar Ijtimoiy psixologiyaning o’rganish ob’ektidir.

Ijtimoiy tasavvurlar shaxslararo munosabatlar tizimida shakllanib, ular shaxs xulq-atvorini turli ijtimoiy vaziyatlarni boshqarib turuvchi muhim psixologik mexanizmdir. Ular individual va ijtimoiy ong o’rtasidagi o’ziga xos psixologik ko’prik bo`lib, bizning kundalik hayot tarzimiz, obyektiv borliqni tushunish va anglashning muhim vositasidir. Har bir shaxsdagi ijtimoiy tasavvurlarni bir necha kategoriyalarga bo`lish mumkin:turli ijtimoiy guruhlar haqidagi tasavvurlar, din va boshqa konfessiyalar haqidagi tasavvurlar; fan va ilmiy tushuncha haqidagi tasavvurlar; shaxsni bevosita urab turgan ijtimoiy muxit - oila, oilaviy rollar, xulq-atvor normalari, etika haqidagi tasavvurlar; madaniyat va madaniy kadriyatlar; nixoyat, shaxsning o`z "Meni" haqidagi obrazlar tizimi. Ijtimoiy psixolog qanday ilmiy tadqiqot olib bormasin, u albatta ijtimoiy tasavvurlarning biror sohasiga murojaat qiladi.

Ijtimoiy tasavvurlarni o’rganish va tarixiga murojaat qilib, shuni ta’kidlash mumkinki, bu konsepsiya Fransiya psixologik maktabiga taalluqlidir. Uning asoschisi Emil Dyurkgeym bo`lib, u o’zining sotsiologik qarashlari tizimida ijtimoiy tasavvurlarni"ijtimoiy fakt"eki obrazlar tarzida talkin yotgan. Uning keyingi izdoshlari bo`lgan Franzuz olimlari S. Moskovisi, D. Jadeli, Kodol, Arbik, V. Duaz, M-J. Shombar de Lov va boshqa tasavvurlarning ijtimoiy tabiati, ularning hayotdagi o’rni, ahamiyati, to’zilishi va o’zgarishi masalasida qator ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirib, ijtimoiy tasavvurlar haqida o’ziga xos nazariyalar yaratdilar. Ularning asosiy tadqiqot usullariga anketa, kontent-analiz, suhbat metodlari kirib, shu oddiy metodlar yerdamida fransuzlarning shahar haqidagi, freydizm haqidagi, din haqidagi tasavvurlaridan tortib, katta - ijtimoiy guruhlar ayollar, erkaklar va bolalar haqidagi tasavvurlarini tadkik qiladilar. Oxirgi yillarda kognitivizm yo’nalishi doirasida ushbu konsepsiyaning hayotiyligi isbotlanmoqda va butun dunyo psixologlari bu nazariyani tan olmoqdalar. O’zbek etnopsixologlari ham O’zbek halqining ijtimoiy tasavvurlari haqida konsepsiya yaratishlari zarur.

Ajratilgan vazifalardan eng muhimi shuki, hozirgi davrda ijtimoiy psixologiya o’zi bilan bevosita aloqador bo`lgan boshqa psixologiya tarmoqlari bilan xamkorlikda keskin o’zgarishlar davrida har bir inson ongida nima sodir bo`ladi, u bu o’zgarishlarni qanday idrok qilmoqda, uning hayotiy mavqeini qanday qilib maqsadga muvofiq tarzda faollashtirish mumkin, degan savollarga ilmiy asoslangan javob topib berishdir.




Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish