7 Mavzu: Sotsial psixologiyada guruhlar muammosi
Reja:
1. Ijtimoiy psixologiyada guruhlarni tahlil qilish ahamiyati.
2. Jamoa va guruhlar.
3. Guruh turlari.
4. "Guruhiy ong" fenomeni xususida.
Tayanch iboralar: guruh, kata va kichik guruhlar, sotsiometrik yondashuv, shaxslararo tanlash, hush ko`rish, peshqadam.
Guruh — bu muayyan belgiga, masalan birgalikda faoliyat ko’rsatishning mumkinligiga va uning harakteriga, tashkil topish xususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan insoniy umumiylikdir. Guruhlarning tasniflanishi ham shunga muvofiq tarzda bo’lib, kichik va katta guruhlarga bo’linadi - o’z navbatida ular ham real, shartli, formal hamda noformal, rivojlanish darajasi turlicha bo’lgan, ya`ni rivojlangan va yetarli darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan guruhlarga bo’linadi.
Katta guruhlar umumiy makon va zamonda hayot kechirayotgan anchagina odamlarni o’z tarkibiga olgan sotsial umumiylikni tashkil qiladigan real guruhlar shaklida bo’linishi mumkin. Bu hildagi katta guruhlarga korxonalarning mehnat jamoasi yoki ko’pgina o’qituvchilar bir-birlari bilan bevosita o’zaro aloqada bo’lmasalar ham, lekin ayni chog’da yagona bitta rahbarga bo`ysunadi. Katta guruhlar ba`zi bir belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy, yosh va boshqa belgilari) ga binoan ajratiladigan va -birlashtiradigan shartli guruhlar shaklida bo’lishi ham mumkin.
Katta shartli guruhga kiritilgan kishilar hech qachon bir-birlari bilan uchrashmagan bo’lsalar ham, lekin bu hildagi guruhga ajratilgani uchun asos bo’lgan belgilariga ko’ra umumiy sotsial va psixologik ta`rifga ega bo’lishlari mumkin. Jumladan, o’spirinlar turli shahar va qishloqlarda istiqomat qilishlariga bog’liq bo’lmagan holda bitta katta shartli guruhga birlashtirilishi, ehtimol, ular turli halqlarning tillarida so’zlashishlari, hech qachon bir joyga yig’ilmagan bo’lishlari mumkin. Ularning umumiy sotsial (o’rta maktab o’quvchilari), yosh (12-15 yashar payti), psixologik (shakllanib kelayotgan ulg’ayish tuyg’usi, o’spirinlik paytida o’zligini namoyon etishi va hokazo) ta`riflari asosiy belgilariga ko’ra bir-biriga o’hshash bo’ladi. Katta shartli guruhlarni o’rganish (yosh psixologiyasida, sotsial psixologiyada va boshqalarda) ularning umumiy xususiyatlari farqlanishi natijasida guruhlarda ish olib borishning ilmiy asoslangan strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish imkonini beradi. Shartli guruh sifatidagi o’spirinlar shaxsiyati rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini bilgan holda pedagog maktabda va maktabdan tashqari muassasalarda tarbiyaviy ishni sobitqadamlik bilan va samarali tarzda olib boradi.
Kichik guruhlar - hamisha bog’langan umumiylik bo’lib, unga kiruvchi shaxslarning o’zaro birgalikdagi real harakati va ular o’rtasidagi real o’zaro munosabatlar bilan bog’langandir. Bu guruhlar rasmiy (formal) bo’lishi, ya`ni yuridik jihatdan qayd etilgan huquq va burchlarga, normativ asosida o’rnatilgan strukturaga tayinlab yoki saylab qo’yilgan rahbarlikka ega bo’lishi mumkin. Ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitlarida bu guruhlar sotsial jihatdan taqozo etilgan faoliyat ko’rsatishi bilan bog’langandir.
Guruhlar rivojlanishining darajasi yoki saviyasi ularni tasniflashning eng muhim negizi hisoblanadi. Guruhiy rivojlanish darajasi - shaxslararo munosabatlar shakllanganligining belgisi, guruhlar shakllanishi jarayoninig natijasidir.
Shaxslararo tanlash. Yaxshi o’quvchi bo’lish mumkin va lekin o’rtoqlariga yoqmasligi, sinfdagi eng intizomsiz safida bo’lishi va lekin ko’pchilik uchun aziz bo’lib qolishi ham mumkin. Hush ko’rish - hissiyotga ko’ra afzal ko’rish – guruhdagi tabaqalanishning yashirin manzarasini tushunib yetishda g’oyat muhim omildir.
Amerikalik psixolog J.Moreno guruhlarda shaxslararo afzal ko’rishlarni aniqlash usulini va hissiy afzal ko’rishlarni qayd qilishi texnikasini taklif etdi. Buni u sotsiometriya debatadi. Sotsiometriya yordamida shaxslararo birgalikdagi harakat jarayonida guruh a`zolarida namoyon bo’ladigan afzal ko’rishning, bu farqlik hush ko’rmaslikning miqdoriy me`yorini aniqlash mumkin. Sotsiometriya guruh a`zolarining bir-birlarini hush ko’rishi yoki hush ko’rmasligini aniqlashda keng ko’llaniladi. Guruh a`zolarining o’zlari bunday munosabatlarni anglab ola olmasliklari va ularning mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida o’zlariga hisob bermasliklari mumkin. Sotsiometriya metodi juda ham tezkor bo’lib, uning natijalari matematik usul bilan qayta ishlanishi va yozma shaklda ifoda etilishi mumkin.
Sotsiometrik usulning negizida «Sen kim bilan birga bo’lishni xohlarding?» degan to’g’ridan-to’g’ri savol turadi. O’qishlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning xohlagan jabhasiga tatbiqan qo’yilishi mumkin: sen kim bilan birga bitta partada o’tirishni, dam olishni, vaqtichog’lik qilishni, ishlashni xohlarding va hokazo. Qoida tariqasida tanlashning ikki yo`nalishi - birgalikda mehnat qilish sohasidagi va vaqtichog’lik qilish sohasidagi yo’nalishlari tavsiya qilinadi. Bu o’rinda tanlashning maqbulligi darajasiga aniqlik kiritilishi va tanlash uchun tavsiya qilinadigan shaxslar soni cheklangan bo’lishi ham mumkin. Tanlashlarni tanlash matricasiga tushirish chog’ida yanada tahlil etish o’zaro hush ko’rish va hush ko’rmasliklarning murakkab tarzda chatishib ketganligini, sotsiometrik «yulduzlar», «bahs boylash»larning mavjudligini va bu qarama-qarshi tomonlar o’rtasidagi oraliq bo’g’inlarning butun ierarhiyasini ko’rsatib be^adi. Sociometriya metodining juda ham tezkor ekanligiga shubha yo`q va uning yordami bilan guruh ichidagi hissiy intilishlari manzarasi etarli darajada aniq-ravshan ko’rsatilgan bo’lishi mumkin. Uni kuzatishlar yo`li bilan aniqlash uchun uzoq vaqt sarflashga to’g’ri kelgan bo’lardi.
Har qanday guruhni uning a`zolarining o’zaro birgalikdagi harakati jarayonida hosil bo’ladigan kommunikativ shahobcha sifatida talqin qilish mumkin.
Guruhga sotsiometrik jihatdan yondashilgan taqdirda hayrixohlik va yoqtirmaslik shaxslararo munosabatlar istamasida tanlashning asosiy omili bo’lishni, munosabat bog’lashni, ishlashni, dam olishni, vaqtichog’lik qilishni xohlagani uchun tanlaydi. Lekin hayrihohlikka bir kishi boshqasini alohida ajratib ko’rsatishiga, guruhni o’zi uchun eng muhim belgilar bo’yicha tabaqalashtirgan holda ko’pchilik orasidan tanlab olishga yagona asos sifatida qaramaslik kerak.
Kishining o’z guruhi o’zini qurshab turgan voqeilikda mo’ljal olish manbai sifatida munosabatda bo’lishi uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Bu tendensiya mehnat taqsimotining qonuniyatli oqibati hisoblanadi. Birgalikdagi faoliyatning har bir ishtirokchisi ushbu faoliyatning ahamiyatiga molik shart-sharoitlariga, maqsadlari va vazifalariga, umumiy ishga har bir kishining va uning o’zi qo’shgan hissasiga beriladigan bahodan, o’z shaxsining umumiy fikrida aks etgan bahodan manfaatdordir. Bularning hammasi shaxslararo munosabatlar umumiy ish vositasida, uning jamoa oldiga jamiyat tomonidan chiqqan mazmuni va qadriyatlari orqali namoyon bo’ladigan jamoaga ko’proq hos bo’ladi. Individ guruh a`zolari bilan birgalikda o’zaro faol harakat qila borgan va uning oldiga qo’yilgan konkret vazifalarni hal qila borgan holda o’zining qimmatli niyatlariga ega bo’ladi.
Ularning o’zlashtirilishi shaxs faoliyati ustidan guruh tomonidan real amalga oshiriladigan yoki shaxs guruhga mansub deb hisoblaydigan o’ziga hos nazorat olib borishni taqozo etadi.
Guruhning qadriyatlariga, uning fikriga qarab mo’ljal olishi nuqtai nazari va bahosi uning uchun juda ham muhim bo’lgan kishilar doirasini alohida ajratib olishga majbur qiladi.
Bunday odamlar o’ziga hos prizma bo’lib xizmat qiladiki, shu tufayli o’zi uchun ahamiyatga molik ob`ektlarni, maqsadlarni, vazifalarni va boshqa odamlar faoliyatining usullarini ko’rishga va baholashga - sotsial pertsepsiya amallarini bajarishga intiladi. Bular uning uchun bamisoli o’zini ko’ra boshlaydigan ko’zguga aylanadi. Aftidan, bularning hammasi shaxslararo munosabatlarda afzal ko’rish va tanlashning sotsiometrik tadqiqotda uchramaydigan muayyan principlarini taqozo etishi kerak. Har qanday guruh tuzilishiga ko’ra guruh a`zolari nufuzi va statusining o’ziga hos darajasini aks ettiradi. Uning yuqori qismidan referentometrik va sotsiometrik tarzda tanlanadigan shaxslar o’rin oladi, eng orqada esa noreferent va sotsiometrik jihatdan surib chiqarilgan individlar turishadi. Mazkur ierarhiya zinapoyasining eng yuqori bosqichida guruhning peshqadami (lideri) joylashadi.
Peshqadam - bu shunday shaxsdirki, guruhning qolgan barcha a`zolari uchun o’zlarining manfaatlariga dahldor bo’lgan hamda butun guruh faoliyatining yo’nalishini va harakterini belgilab beradigan eng mas`uliyatli echimlarni qabul qilishga haqli deb hisoblaydilar. Shunday qilib, peshqadam guruhning eng muhim muammolariga qiyosan undagi eng ko’prok darajadagi referentlik egasi bo’lgan shaxsdir. Peshqadam sotsiometrik «yulduz» bo’lishi ham va aksincha, bunday bo’lmasligi ham mumkin u tevarak-atrofdagilarning shaxsiy hayrihohligiga sazovor bo’lmasligi ham mumkin, lekin agar u peshqadam bo’lsa, u holda uning tevarak-atrofdagilar uchun referentliligi shubhasizdir. Peshqadam rasman guruhning rahbari bo’lishi ham va, aksincha bo’lmasligi ham mumkin. Peshqadam bilan rahbarlikning yagona bitta shaxsga to’g’ri kelishi maqbul hodisa hisoblanadi. Bordi-yu, agar bunday muvofiqlik bo’lmasa, u holda guruh faoliyatining samaradorligi rasmiy rahbar bilan norasmiy peshqadam yoki peshqadamlar o’rtasidagi munosabatlar qay tarzda yuz berishiga bog’liq bo’ladi.
O’spirinlik yoshida o’quvchilarning shaxslararo munosabatlar sistemasi doirasida bir-birlariga nisbatan talablari va orzu-umidlari ayniqsa keskin tusga kiradi. Ana shunday hollarda yuqori sinf o’quvchilari jamoasidagi peshqadam ko’pincha namuna, sinfda yuqori darajadagi referent shaxs bo’lib hisoblanadi, boshqa barcha o’quvchilar o’zlarining va boshqalarning hatti-harakatlarini shularga qarab baholashadi. Ba`zan pedagoglar va ota-onalar a`lochi o’quvchilar sinf jamoasi mavqeini egallaydilar, degan yanglish fikrga tayangan holda ish tutadilar. Agar quyi sinflarda a`lochi o’quvchi bilan jamoaning peshqadami maqomlari o’rtasida bevosita bog’lanish sezilmaydi. Yahshi o’qishning o’zi tahsinga loyiq narsa, lekin a`lochi o’quvchi o’z sinfdoshlari orasida peshqadamlik mavqeiga faol ko’maklashgan taqdirdagina ega bo’lishi mumkin. Bu ayniqsa darsda muntazam jamoa tarzdagi o’quv ishini tashkil etish jarayonida bo’ladi.
Nazorat savollar:
Guruh deganda nimani tushunasiz?
Guruhning rivojlanganlik darajasi bo`yicha tasniflang.
Kata shartli guruh deganda nimani tushunasiz?
Kichik guruhlarda rahbar qandey saylanadi?
Sotsiometriya tushunchasini izohlang.
8 Mavzu: Sotsial psixologiyada katta guruhlar muammosi
Reja:
Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasi muammosi
Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasini tadqiq qilishning o’ziga xosligi
Etnik guruhlarning psixologik xususiyatlari.
Etnopsixologik tadqiqotlarda ishlatiladigan metodlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |