Sotsial psixologiya (MA’ruzalar to’plami) mavzu-1: ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi



Download 450,09 Kb.
bet60/87
Sana14.04.2022
Hajmi450,09 Kb.
#552341
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87
Bog'liq
asf

Guruhning ichki tuzilishi
Har qanday guruh tuzilishiga ko`ra guruh a`zolari nufuzi va statusining o`ziga xos darajasini aks ettiradi. Uning yuqorisida referentometrik va sotsiometrik tarzda tanlanadigan shaxslar o`rin oladi, eng orqada esa noreferent va sotsiometrik jihatdan siqib chiqarilgan individlar turishadi. Mazkur ierarxiya zinapoyasining eng yuqori bosqichida guruhning lideri joylashadi.
Lider - bu shunday shaxsdirki, guruhning qolgan barcha a`zolari uchun o`zlarining manfaatlariga daxldor bo`lgan hamda butun guruh faoliyatining yo`llanishini va xarakterini belgilab beradigan eng ma`suliyatli echimlarni qabul qilishga haqli deb hisoblaydilar. Lider rasman guruhning rahbari bo`lishi ham va, aksincha, bo`lmasligi ham mumkin. Lider bilan rahbarlikning yagona bitta shaxsga kelishi makbul hodisa hisoblanadi. Bordi-yu, agar bunday muvofiqlik bo`lmasa, u holda guruh faoliyatining samaradorligi rasmiy rahbar (masalan, sinf boshi) bilan norasmiy lider yoki liderlar o`rtasidagi munosabatlar qay tarzda yuz berishiga bog`liq bo`ladi.
Lider tiplari.
Guruh jamoasining rasmiy rahbarlik tizimi (guruhboshi, yoshlar tashkilotchisi va jamoatchilik ishlarning ayrim sohalari uchun mas`ul kishilar) unda norasmiy nufuzning taqsimlanishi va norasmiy peshqadam sifatida tanilish bilan to`g`ri kelishi ham, to`g`ri kelmasligi ham mumkin. Agar pirovad natijada shaxslararo munosabatlarda umumiy maqsadlarning mavjudligi jamoaga xalaqit qilmaydigan emas, balki hatto yordam berishi ham mumkin. Chunonchi, 30-40 o`quvchidan iborat guruh hisoblanadigan guruhda guruhboshi va yoshlar tashkilotchisiga tashqari odatga bir necha peshqadamlar mavjud bo`lib, ular tevaragida bir nechta norasmiy guruhlar uyushadi.
Liderlarning quyidagi tiplari farqlanadi:
1. Faoliyatining mazmuniga qarab:
a) Ilhomlantiruvchi, harakat yoki axloq dasturini taklif qiluvchi lider;
b) Bajaruvchi - berilgan dasturni bajarish tashkilotchisi;
v) Bir vaqtda o`zida ham ilxomlantiruvchi, ham bajaruvchi.
2. Boshqarish usuliga ko`ra:
a) Avtoritar
b) Demokratik
v) YUqoridagi ikki uslubni o`zida mujassamlashtirgan.
3. Faoliyati xarakteriga qarab.
a) Universal - o`zida liderlik xususiyatlarni doim ko`rsatib turadigan;
b) Situativ (vaziyatga bog`liq) - o`zida liderlik xususiyatlarini ma`lum o`ziga xos vaziyatlarni ko`rsatib turadigan.
Guruhning ichki tuzilishini o`rganish
Psixologiyada guruhdagi tabaqalanishini (uning ichki tuzilishini) o`rganish uchun ko`plab metodlar qo`llaniladi. Ulardan ikkita asosiylari - sotsiometriya (sotsiometrik so`rov) va referentometriya metodidir.
Amerikalik psixolog, mikrosotsiolog J.Moreno guruhlarda shaxslararo munosabatlarni o`rganish uchun shaxslarning bir birini saylashini ( tanlashi, afzal qurishlarni) aniqlash usulini va hissiy afzal qurishlarni qayd qilish texnikasini taklif etdi. Buni u sotsiometriya deb ataldi.
Sotsiometriya metodi kichik guruhlarga taalluqli bo`lgan shaxslararo munosabatlarni o`rganish va o`lchashning metodi sifatida taklif qilingan. Sotsiometriya yordamida shaxslararo birgalikdagi harakat jarayonida guruh a`zolarida nomoyon bo`ladigan afzal ko`rinishni, befarqlik yoki xush ko`rmaslikni miqdoriy m`yorini aniqlash mumkin. Sotsiometriya guruh a`zolarining bir - birlarini xush qurishi yoki xush ko`rmasligini aniqlashda keng qo`llanadi. Guruh a`zolarining o`zlari bunday munosabatlarni anglab ola olmasliklari va ularning mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida o`zlariga hisob bermasliklari mumkin. Sotsiometriya metodi juda ham tezkor bo`lib, uning natijalari matematik usul bilan qayta ishlanishi va yozma shaklda ifoda etilishi mumkin.
Sotsiometrik usulining negizida "Sen kim bilan birga bo`lishni hohlarding?" degan to`g`ridan - to`g`ri savol turadi. U kishilar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni hohlagan jabhasida tatbiq qilinishi mumkin: sen kim bilan birga bitta partada o`tirishni, dam olishni, vaqtichog`lik qilishni, ishlashni hohlarding va hokozo. Qoida tariqasida tanlashning ikki yo`nalishi - birgalikda mehnat qilish sohasidagi va vaqtichoglik qilish sohasidagi yo`nalishlari tavsiya qilinadi. Bu o`rinda tanlashning maqbulligi darajasida (benihoya istak borligi, bajonudilligi, befarqligi, unchalik istalmayotganligi, sira ham istak yo`qligi) aniqlik kiritilishi va tanlash uchun tavsiya qilinadigan shaxslar soni cheklangan bo`lishi ham mumkin. Tanlashlarni sotsiometriya matritsasiga tushirish chog`ida bular hisobga olinadi. Natijalarni tahlil etish o`zaro xush ko`rish va xush ko`rmasliklarning murakkab tarzda chatishib ketganligini, sotsiometrik "yulduzlar" (ularni ko`pchilik tanlaydi), "autsayder" larning (ulardan hamma o`zini chetga tortadi) mavjudligini va butun ierarxiyasi ko`rsatib beradi. Sotsiometriya metodini juda ham tezkor ekanligiga shubha yo`q va uning yordami bilan guruh ichidagi hissiy intilishlar manzarasi etarli darajada aniq - ravshan ko`rsatilgan bo`lishi mumkin. Bu natijalarni kuzatishlar yo`li bilan aniqlash uchun uzoq vaqt sarflashga to`g`ri kelgan bo`lardi. Har qanday guruhni hosil bo`ladigan kommunikativ shaxobcha sifatida talqin qilish mumkin.
Lekin sotsiometrik tahlil guruhdagi shaxslararo kommunikativ shaxobchaga juda ham umumiy tarzda ta`rif berishi mumkin. U nima uchun individ bir xil birliklarda guruhga qarama - qarshi qo`yilganligi, boshqalarida esa kommunikativ shaxobchadagi bunday uzilish boligini payqamasligini tushunib etishga olib bormaydi. Sotsiometrik texnika yordamida qayd etiladigan bog`lanishlar tizimini muqarar deb hisoblab bo`lmaydi. Bugungi "yulduz" ertaga yakkalanib qolishi mumkin. Sotsiometriya natijalari bizga bunday o`zgarishlarning sabablari haqida ma`lumot bera olmaydi. Shuningdek, guruh a`zolari birovlarni rad etib, boshqalarni tanlaganlarida nimalarga asoslanganliklari, guruhning har xil a`zolariga xos xush ko`rish va xush ko`rmasliklar zamirida qanday ma`no borligi mavhumligicha qoladi.



Download 450,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish