Sotsial psixologiya fanidan mustaqil ish


IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ASOSIY METODLARI



Download 0,86 Mb.
bet2/4
Sana31.12.2021
Hajmi0,86 Mb.
#250927
1   2   3   4
Bog'liq
Muhammad mustaqil ish 1

IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ASOSIY METODLARI

Ijtimoiy psixologiyada qo’llanilgan metodlar psixologiyaning boshqa tarmoqlarida ishlatiladigan metodlari nomi bilan hamda maqsadlarga ko’ra fark qilmasada, ijtimoiy psixologik tadqiqotdagi uslublar o’ziga xos xususiyatlarga hamda ko’rinishlarga ega. Bu o’ziga xoslik avvalo tadqiqot kamrab oladigan ijtimoiy kontekstdan, uning xilma-xil ko’rinishlarida shaxs va guruhlar psixologiyasidan kelib chiqadi. Metodologik muammolarda aytib utilganidek, ijtimoiy psixologik tadqiqotda nimani o’rganish qancha vaqt mobaynida o’rganish kabi muhim muammolar hal etilgandan keyingina tekshirish vositasi va uslublari aniqlanadi.

Masalan, umumiy psixologiyada kuzatish metodini oladigan bo’lsak, u Ijtimoiy psixologiyada o’ziga xos ijtimoiy sharoitlarida o’ziga xos vaziyatlarda va ma’lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani kuzataman, qanday Yo’l bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman, kuzatuvni qancha vaqt mobaynida davom ettiraman degan qator savollarga javob topgandan keyingina ilmiy tadqiqotini boshlaydi. Demak, kuzatish metodi yerdamida aniq ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchining qiziqtirgan u yoki bu ijtimoiy xulq-atvor shakllari qayd etiladi. Bu uslub qo’llanilganda tadqiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi lozim. Chunonchi, kuzatish maqsadining aniq bo`lishi va uning ilmiy maqsadlarga mos kelishi, kuzatish shaklini tanlash va kuzatish natijalarini qayd etish usullarini ishlab chiqish, malum reja-sxema asosida muttasil kuzatuv olib borish, olingan natijalarning asosliligi va ishonchliligini boshqa usullar yerdamida tekshirib kurish.

Kuzatuvchining tadqiqot mobaynida tutgan mavqeiga ko’ra kuzatish har xil bo`ladi. Masalan, ba’zi hollarda kuzatuvchi kuzatish obekti bo’lmish odamlar guruhi bilan birga yashab, ularga qo’shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda malumot tuplaydi. Bunday kuzatish turi "birgalikdagi kuzatuv" deb ataladi. Bunday kuzatishning klassik misoliga amerikalik ijtimoiy psixolog U. Uaytning usmirlar psixologiyasi, ular guruhidagi ijtimoiy psixologik xodisalarni o’rganishga qaratilgan mashxur tadqiqotini kiritish mumkin. Rus tadqiqotchilaridan Alimaskin ham tarbiyasi ogir usmirlar xulq-atvorining ijtimoiy motivlarini o’rganish maqsadida ular bilan uzoq vaqt mobaynida bo`lib, ma’lumot tuplagan. U kuzatishlari okibatida 92 % tarbiyasi ogir bolalarning o`z sinfida va oilasida yaqin kishilari bo’lmaganligini aniqlagan.

Boshqa hollarda esa kuzatuvchi o`z ob’ektini chetdan kuzatadi, shuning uchun ham bunday kuzatuv turi "chetdan kuzatuv" yoki "ob’ektiv kuzatish" deb ataladi. Bu usul xuddi umumiy psixologiyada bo`lgani kabi tashki xulq atvorini qayd qilish natijasida ma’lumot tuplashga asoslanadi. Bunday Yo’l bilan ilmiy faktlarni isbot qilish qiyin, lekin baribir, u ham Ijtimoiy psixologiyada yerdamchi usul sifatida ishlatiladi. Oxirgi paytlarda ob’ektiv kuzatishning "muhim vaziyatlarni qayd etish" formasi keng qo’llanilmoqda. Bu usulning moxiyati shundan iboratki, unda alohida shaxs yoki odamlar guruhi kutilmagan, tasodif vaziyatga solinib, ularning shu vaziyatga munosabati, undan chiqish Yo’llari, ziddiyatlarga munosabati, qiyin holatda o’zini qanday tutishi kuzatiladi. Masalan, tabiiy sharoitlarda ham o`quvchilar guruhlarida turli munozarali o’yinlar sharoitini yaratish Yo’li bilan har bir shaxsning ijtimoiy psixologik sifatlarini kuzatib, qayd etish mumkin.

Bizning fikrimizcha ijtimoiy psixologik treninglar sharoitida har bir shaxsning xulq-atvorini kuzatish muhim ma’lumotlar tuplashga yerdam beradi, chunki bunda kuzatish metodiga xos bo`lgan eng kimmatli narsa sharoitlarning tabiiyligi saklanib qolinadi.

Xujjatlarni o’rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning maxsulini tekshirishga imkon beradi hamda to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi. Xujjat deganda ogzaki (suzlangan nutk matnlari, suhbatlarning yozib olgan qismlari, bevosita muloqot) yoki yozma (rasmiy xujjatlar, gazetalar, jurnallardagi maqolalar, xatlar siesiy yoki badiiy adabiet materiallari) holda tavsiya etilgan ma’lumotlar nazarda tutiladi. Ana shu materiallarni ma’naviy jixatdan ham sifat, ham mikdoriy analiz qilinish usuli Ijtimoiy psixologiyada kontent - analiz deb ataladi. Kontent-analizning ilmiy moxiyati shuki, uning yerdamida biror matnda ma’lum fikr, goya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni ma’lum mazmun mikdor ko’rinishiga keltiriladi. Bu metodning asoschilari amerikalik sotsiologlar X. Lassuell va B. Berelsonlar bo`lib, ular bu usulni birinchi marta ikkinchi jaxon urushi yillarida bir siesiy gazetaning mazmunini, goyaviy yo’nalishini aniqlash maqsadida qo’llagan edilar. Ular "Xakikiy amerikalik" nomli gazetaning kundalik chiqishlarini kontent-analiz qilib, ularni fashistik yo’nalishdagi gazeta ekanligini isbot qilishgan va uning chiqishini ta’kiklashga erishgan edilar.

Kontent-analizni qo’llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu tekshiruv birliklari-kategoriyalarini aniqlashdir. Chunki, bunday birliklar tadqiqotning maqsadi va tadqiqotchining etikodi va dunyoqarashiga ko’ra har xil bo`lishi mumkin. Masalan, usha kontent-analizning asoschilari Lassuell va Berelsonlar bunday birlik-ramziy birlik yoki simvollar bo`lishi mumkin, deb hisoblashgan bo’lsalar, boshqa amerikalik tadqiqotchi L. Lovental bunday birlik Yaxlit mavzu bo`lishi kerak, deb hisoblaydi. Rus sotsiologlari va tadqiqotchilari esa ijtimoiy goya yoki ahamiyatli mavzu bo`lishi kerak, degan fikr tarafdorlari.

Aslida, manaviy birliklar kontent-analizda ilmiy taxmin va tadqiqotchining metodologik asoslari bilan belgilanishi kerak. Shuning uchun ham ko’pgina tadqiqotlarni umumlashtirib, analiz uchun birliklar quyidagilar bo`lishi mumkin deb hisoblaymiz:

a) alohida iboralar yoki so`zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan, demoqratiya, faollik, tashabbus, xamkorlik va xoka’zo)

b) Yaxlit abzatslar, matnlar, maqolalar va shunga o’xshashlarda ko’tarilgan mavzular (masalan, millatlararo munosabatlar mavzusi, insonlardagi milliy kadriyatlar mavzusi va xoka’zo)

v) tarixiy allomalar, siesatshunoslar, Taniqli shaxslarning nomlari;

g) ijtimoiy xodisa, rasmiy xujjat, biror aniq fakt, asar (masalan, oilaviy mojarolar, O`zbekiston Konstitusiyasi muxokamasi, yangi yozilgan asarga o`quvchilarning munosabati va shunga o’xshash)

Tanlab olingan analiz birliklari boshqa turdosh yoki ungacha birlikka nisbatan hisoblanishi mumkin (masalan, u yoki bu faktga qancha "Tarafdoru, qancha odam karshi" manosida), yoki bu kategoriya tekshirilayotgan massivda necha marta qayd etilgani absolyut ravishda hisoblab chiqiladi. Masalan, hozirgi zamon ayolining mehnatga munosabatini aniqlash uchun "Saodat" jurnalining malum davrdagi barcha sonlardagi ishlayotgan ayollar fikri"ijobiy"eki"salbiy"moddalar jixatidan analiz qilish Yo’li bilan aniqlanadi. Bazan ko’tarilgan mavzu yoki o’rganilayotgan faktning ijtimoiy ahamiyatini aniqlash maqsadida matnning jismoniy maydoni: qatorlar soni, abzatslar soni, unga ajratilgan varaklar, radio bo’lsa, unga ajratilgan vaqt, televidenieda esa necha marta qaytarilayotganligi, efir vaqti va xoka’zolar hisobga olinadi.

Yaxshi o’tkazilgan kontent-analiz aslida ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda juda katta ahamiyatga ega. Lekin olingan malumotlarning ishonchliligini shu borada ilgari ishlagan shaxslar-ekspertlar bahosi, ayni shu faktni tekshirish uchun boshqa metodlarni ham qo’llash va malumotlarni solishtirish va ayni obekt va ayni vaziyatda qayta analiz qilish Yo’llari bilan erishildi. Tuplagan mikdoriy malumotlar Yaxshigina matematik qayta ishlovdan o’tkazilmogi lozim. Kontent-analiz tadqiqotchidan kattagina o`quvni talab qiladi, chunki bir tomondan, u yoki bu matnni tushunish maxorati bo`lishi kerak, ikkinchi tomondan, tadkikod sungida qo’lga kirilgan mikdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, yani tushuntirib berish kerak.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish