Sotsiologiyada jamiyat ijtimoiy tarkibiy tuzilishining ijtimoiy demografik munosabatlari ham muhim o'rin tutadi. Bu munosabatlar, asosan, aholining jinsiy tuzilishi, yoshi, oilaviy va genetik jihatlarini o'z ichiga oladi.
Ijtimoiy-demografik tarkibga statistik jihatdan o'rganiladigan aholi o'rtasida tug'ilish, o'lim, nikoh, oilaviy qo'ydi-chiqdilar, shahar va qishloq aholisining migrasiyasi, hududiy migrasiya kabilar kiradi.
Ijtimoiy-demografik munosabatlarni aniqlashda mamlakat miqyosida o'tkaziladigan aholini ro'yxatga olish muhim o'rin tutadi.
Keyinchalik sotsial munosabatlarni ham keng, ham tor ma'noda talqin qilish jarayonlari takomillashib bordi. Albatga yuqorida keltirilgan ta'riflar bu munosabatlarni materializm ta'limoti metodologiyasi asosida shakllangan ko‗rinishidir. Sotsial munosabatlarga berilgan ta'riflar birbirlaridan shakl jihatidan farqlansalar ham lekin mazmun jihatidan birbirlaridan deyarli farqlari yo‗q, deb ta'kidlansa mubolag‗a bo‗lmaydi. Chunki ularning asosini materialistik dialektika metodologiyasi tashkil qiladi. Shuning uchun sobiq Ittifoq adabiyotida sotsial munosabatlar muammosi tarixiy materializmning qonun va kategoriyalaridan kelib chiqib yoritilgan haqiqiy sotsiologik muammo sifatida sotsial munosabatlar tahlil qilinmagan. Shuning uchun sotsiologiya mustaqil fan sifatida tan olinmay unga faqat sotsial muammolarni, falsafiy tadqiqotlarining xulosalarini o‗zining emperik tadqiqotlari bilan asoslash vazifalari yuklatilgan edi. Demak yuqorida ko‗rsatilgan sabablar tufayli ijtimoiy jarayonlarni o‗rganish, xususan sotsial munosabatlar muammosi ham faqat falsafiy ruhda olib borilgan. Sotsial munosabatlarni o‗rganishning yana bir kamchiligi shundaki muammoga faqat bir yoqlama, moddiylik, ya'ni materialistik prinsiplari asosida yondashilgan. Buning natijasida esa tadqiqotlar sayoz va bir yoqlama natijalarni berdi. Negaki bunday metodologiya ijtimoiy jarayonlarni o‗rganishda ob'ektiv shartsharoitni birlamchi o‗ringa qo‗yadi, sub'ektiv omil esa unga aktiv ta'sir ko‗rsatadi va u ikkilamchi vaziyatdadir. Bu yo‗nalishga qaramaqarshilik yondashuvda boshqa ko‗pgina ta'limotlar va yo‗nalishlar ijtimoiy olamni o‗z uslub va metodologiyasi bilan o‗rganadilar. Jumladan sotsial munosabatlar masalalari g‗arb mutaffakirlari tomonidan ham o‗z metod va metodologiyalari jihatidan keng tadqiq qilingan. O. Kont o‗zining pozitivistik ta'limotida sotsial munosabatlar muammolarini xuddi biologik hodisalar metodi bilan o‗rganish prinsiplarini keng targ‗ib qiladi. Pozitivistik — naturalistik yo‗nalishning ashaddiy raqibi bo‗lgan fenomenologik sotsiologiya sotsial hayot va sotsial munosabatlarni bunday uslubda talqin qilganligi uchun O. Kont va uning izdoshlarini keskin tanqid qiladi. Naturalizmning bu jiddiy kamchilik va jiddiy hatoliklarini bartaraf etish uchun fenomenologik sotsiologiya inson ongining faolligi muammo echimining asosiy omili deb isbotlashga intiladi. Bu yo‗nalish vakillarning fikricha faqatgina insonning tafakkuri tufayli sotsial voqelikni va sotsial munosabatlarni, konstruksiyalash (yaratish) mumkin bo‗ladi. Chunki sotsial real va sotsial munosabatlar insonning interpretatsiy faoliyat orqaligina vujudga keladi. Fenomenologik sotsiologiyaning taniqli vakillaridai biri D. Sylverman
yuqoridagi g‗oyalarning asoslash uchun pozitivistik sotsiologiya
nazariyasini tanqid qiladi.
Albatta, bu ijtimoiy fikrlar vujudga kelgandan beri ancha vaqtlar
o‗tdi, yangi jug‗rofiy — siyosiy makonlar paydo bo‗ldilar eng muhimi esa
totalitar tuzumi barham topib yangi davlatlar vujudga kelishdi, yangi
jamiyatda bir partiyaviylik hukumdorligi emirildi va mustaqil suveren
davlatlar bo‗ldilar. Endi esa jamiyatdagi jarayonlarni, jumladan sotsial
munosabatlar muammolarini keng plyuralistik prinsip orqali tadqiq qilish
davri keldi. Bu prinsip orqali, sotsial munosabatlarni muammo va
vazifalarini turlicha tahlil qilish imkoniyati tug‗iladi. Ushbu ijobiy
imkoniyatlarning hosili sifatida respublikamizda sotsial munosabatlar
muammolari jahon ilmiy tafakkurining har hil yo‗nalishlarini natijalari
asosida tadqiq qilinayotganligi ajratib ko‗rsatish mumkin. Hulosa qilib
aytganda sotsial munosabatlar muammosini yangi, yuqori ilmiy darajada
tadqiq qilish imkoniyatlari vujudga keldi. Endi bu muammoni konkret
sotsiologik tadqiqot bilan o‗rganish joiz. Chunki sotsiologiya nafaqat bu
muammoni, balki butun ijtimoiy hayot jarayonlarini keng qamrovda
kompleks xarakterda va amaliy natijalar asosida chuqur tadqiqot qiladi.
BIRDAMLIK VA KOOPERATSIYA JAMIYATNING
BARQARORLIGINI ASOSIY OMILI SIFATIDA
Sotsial birdamlik tushunchasi sotsial munosabatlar tizimida muhim
o‗rin tutadi. Chunki birdamlik — bu ko‗pgina ma'naviy omillarning
majmuasidan tashkil topgan sotsiologik kategoriya bo‗lib, u ijtimoiy
hayotda
faoliyat
ko‗rsatayotgan
insonlarning
ijtimoiy
taraqqiyot
masalalarini hal qilishlaridagi hamkorligining ko‗rinishidir. Avvalom bor
shuni ta'kidlab o‗tishimiz joizki sotsiologiya faniga bu termin sotsial
jipslashuvni bildiradigan tushuncha sifatida birinchi bo‗lib O. Kont
tomonidan kiritilgan edi. Bu muammoga ko‗pgina mutafakkirlar
o‗zlarining keng e'tiborlarini qaratganlar. Ayniqsa E. Dyurkgeym, G.
Spenserlar bu muammoni chuqur tahlil qilganlar, lekin ular o‗z
tadqiqotlarini turli xil yo‗nalishlarda olib bordilar. E. Dyurkgeymning
fikricha sotsial birdamlikning bu ahloqiy prinsip va oliy universal qadriyat
bo‗lib, u jamiyatning har bir a'zosi tomonidan tan olinadi. O. Kont va G.
Spenserlarning tadqiqotlarida sotsial birdamlikni asosini iqtisodiy
manfaatlar tashkil qilishi markaziy o‗rin egallaydi. G. Spenser o‗zining
birdamlik ta'limotida majburiy va ko‗ngilli birdamlikni ajratib ko‗rsatadi.
Uning fikricha kishilik jamiyati o‗zining rivojlanish yo‗lida 2 ta harbiy va
79
sanoat davrlari bo‗linadi. Harbiy turdagi jamiyat ierarxik tartibli jamiyat va
kuchli markazlashgan nazorat bilan xarakterlanadi. Butun hayot bu yerda
intizomga asoslangan. Sanoat turidagi jamiyat esa osoyishta ijtimoiy
hamkorlikning erkin shakllarini ifoda etadi. Muammoni xuddi 2 ta jihatga
ajratib tahlil qilishni D. Dyurkgeymning ham ilmiy faoliyatida ko‗rish
mumkin. U o‗z ta'limotini mexanik va organik birdamlik ajratadi.
Rivojlanmagan va eski jamiyatlarda hukmronlik qiladigan birdamlikni
Dyurkgeym mexanik birdamlik deb ataydi.
Mexanik birdamlik — bu «jamoa turidagi» birdamlik bo‗lib, u bu
jamoadagi individlarning o‗xshashliklari bilan belgilanadi va ular
tomonidan ijtimoiy vazifalar bir xil turda bajariladi» Jamiyatda ijtimoiy
mehnatning taqsimlanishi tufayli individlar maxsus vazifalarni bajaradilar
va bu hislatlar sababli jamiyat jonli organizmni eslatadi. Shu jamiyatda
vujudga kelgan yangi turdagi birdamlikni Dyurkgeym organik birdamlik
deb ataydi. Mehnatning taqsimlanishi individlarda o‗zlariga xos
qobiliyatlarning rivojlanishiga omil bo‗ladi. Endi har bir individlar bir-
birlariga bog‗liq bo‗ladilar va ular sotsial munosabatlarning yagona tizimi
orqali birdamlik tuyg‗ulariga erishadilar.
Ko‗p G‗arb olimlari ijtimoiy mulkka asoslangan kooperatsiyaning
sermahsulligini inkor etib keladilar.Ularning fikricha butun jamiyat bilan
ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishning iloji yo‗qdir. Shuning uchun
ularni ya'ni bu vositalarni gurular mulki qilib berishni taklif qiladilar. Agar
ishlab chiqarish vositalari ijtimoiy mulk xususiyatiga ega bo‗lsa
«ma'muriyat» xalqdan ajralib qoladi va shu sabab orqali byurokrat
boshqaruvchilar tashkiloti vujudga kelishi mumkin. O‗z-o‗zidan tabiiyki
bu jarayonlar tufayli ishchilar o‗zlarining mehnatlaridan manfaatdorlikni
his qilmaydilar.
Mazkur tahminlarning aksariyati o‗z isbotlarini topdilar. Ayniqsa
mustamlakachilik davrida bizning diyorda sohta birdamlik asosida
kooperatsiyalashtirish ko‗plab salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
Mehnatning ijtimoiy taqsimoti va kooperatsiya niqobi ostida bizning xudud
hom-ashyo etishtiradigan respublikaga aylandi. Jamiyatimizda tub ma'noda
birlashma jarayoni faoliyat ko‗rsatmadi.