Ijtimoiy tuzilmani aniqlab, ta'minlab turadi, shuningdek, shaxssiz funksiyalarning ishlb chiqilishini ta'minlaydi. Shaxssiz funksiyalar deyilganida, sotsial institutlar tarkibidagi a'zolarning kimligidan qat'iy ravish doimo institut doirasida bajariladigan vazifalar tushuniladi;
Intilishlar, harakatlar va munosabatlar integratsiyasini ta'minlaydi.
Sotsial institutlarning funksiyalari borasida gap ketganida quyidagi holatlarni bilib olish kerak:
bir vaqtning o‘zida bitta institut bir nechta vazifani bajarishi mumkin
turli maqsadlarga ega bo‘lgan institutlar bir xil funksiyalarni bajarishi yoki bajarmasligi mumkin,
tarixiy rivojlanish davomida sotsial institutlar turli xil funksiyalarni bajarishi mumkin,
vaqt o‘tishi bilan sotsial institut funksiyalaridan biri mustahkamlanishi yoki susayishi mumkin,
bir xil maqomga ega bo‘lgan sotsial institutlar turli jamiyatlarda har xil vazifalarni bajarishi mumkin.
Shu o‘rinda oila institutining vazifalariga to‘xtab o‘tamiz. Oilaning reproduktiv, tarbiya, maishiy-xo‘jalik, iqtisodiy, sotsial nazoratning birlamchi bo‘g‘ini, ma'naviy muloqot sohasi, ijtimoiy status, bo‘sh vaqt, emotsional va jinsiy funksiyalari mavjud. Oila institutning bajarayotgan vazifalarining barchasi bosh va birlamchi funksiyalar hisoblanib, ularning qay darajada bajarilishi jamiyatning kelajagini belgilaydi.
Barcha sotsial institutlarning funksiyalari umumiy va maxsusga ajratiladi. Umumiy funksiyalar aksariyat sotsial institutlar tomonidan bajariladi. Maxsus funksiyalar esa faqat sanoqli institutlarga xos bo‘ladi. Misol uchun oilaning sotsial institut sifatidagi maxsus funksiyalari tarixiy rivojlanish natijasida ham uning mohiyatini ifodalagani uchun saqlanib kelmoqda – reproduktiv funrksiya va bolalarni sotsializitsiyasi funksiyasi. Oila tufayli jamiyatning biologik davomiyligi saqlanib kelmoqda. Ijtimoiy jihatdan esa u sotsializatsiyaning birlamchi agenti va birlamchi guruhi sifatida muhim o‘rin egallamoqda. Oila institutining mazkur maxsus funksiyalari jamiyatning ehtiyoji (turmush tarzining oilaviy shakli, farzandli bo‘lish va hk.) tufayli yo‘qolmay rivojlanib bormoqda.
Oila institutiga xos bo‘lgan umumiy funksiyalarda oila va jamiyatning aloqadorligi namoyon bo‘ladi. Jamiyatdagi tarixiy o‘zgarishlarni taqqoslash natijasida oila institutida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash va asoslash mumkin. Misol uchun XX asr boshlarida ba'zi mamlakatlarda ayrim sotsial institutlar avvallari oilaga tegishli bo‘lgan vazifalarni bajara boshlagan. Misol uchun maktab va bog‘chalar – tarbiya funksiyasini, xizmat ko‘rsatish sohasi – ovqatlantirish, kiyintirish, bo‘sh vaqtni o‘tkazi, militsiya va armiya – himoya vazifalarini bajargan.
Aytib o‘tish kerakki, har bir sotsial instiutut barcha o‘ziga xos bo‘lgan funksiyalarni bajarsada, ko‘p hollarda ular birgalikda faoliyatda bo‘lib, o‘ziga xos tizimni shakllantiradi va butun jamiyat uchun muhim bo‘lgan vazifalarni birgalikda bajaradi.
Sotsial institutlarning bajaruvchi funksiyalarii xilma-xil va ularni turli nuqtaiy nazarlar asosida turlarga ajratish mumkin. Shunday tasniflardan birini sotsiologiyadagi institutsional maktab namoyondalari S.Lipset va D.Landberg yaratishgan. Ularning fikricha, barcha sotsial institutlarga xos bo‘lgan funksiyalar tasnifi quyidagilardir:
1. Jamiyat a'zolarini ishlab chiqarish. Oila mazkur vazifani bajaruvchi asosiay institut sanalsada, davlat va boshqa institutlar mazkur jarayonda o‘z ta'siriga ega.
2. Sotsializatsiya. Yosh avlodga jamiyatdagi norma va qadriyatlarni yetkazib berish.
3. Ishlab chiqarish va taqsimot. Asosan boshqaruv va nazoratda band bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy institutlar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Boshqaruv va nazorat funksiyalari. Sotsial norma va qoidalar orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |