SOTSIAL VA MADANIY GEOGRAFIYA
Darslik
95
Uchinchidan,
rekreatsion faoliyatning rivojlanishi natijasida tabiiy obyektlarni
muhofaza etish, e’zozlash, madaniyat majmualarini tabiat bilan uyg’unlashtirish tizimini
yaratishda shaxs ishtirokini ta’minlaydi va o’z nav-batida rekreatsion ehtiyojni
qanoatlantirishda jamoatchilik faoliyatini rivojlantiradi.
To’rtinchidan,
barqaror rekreatsion tizimni yaratishda quyidagi omillar, ya’ni
ehtiyoj, faoliyat yo’nalishi, tizimning yaratilish zaruriyati va uning elementlari, sistemani
tashkil etuvchi ichki va tashqi aloqalar kabi muhim o’rin tutadi.
6-jadval
Geografiyaning turli tarmoqlarida rekreatsion tizimini o’rganish
Fan
tarmoqlari
Tadqiqot jihatlari va yechiladigan vazifalar
Nazariy
Uslubiy
Amaliy
Axborot
Umumiy
rekreatsion
geografiya
Rekreatsion
faoliyatning
shakllanish
qonuniyatlari,
dinamikasi,
morfologik
tuzilishi, hududiy
rekreatsion
tizimlarning
birlashishi va
hududiy
differentsiyasi
Hududiy rekreatsion
tizimlar (HRT)ni
o’rganish metodlari
tizimini ishlab
chiqish.
HRTning
o’zgari-
shini
maqsadli
prognoz-
lash
O’z nazariyalari
haqidagi
axborotlarni
boshqa fanlarga
taqdim etadi.
Mintaqaviy
rekreatsion
geografiya
Rekreatsion
rayonlashtirish
tamoyillarini va
uning tadqiqot
predmeti haqidagi
taasavvurlarni
ishlab chiqish
Rekreatsion
rayonlarning
shakllanish
sharoitlarini tahlil
etadi va omillarini
aniqlaydi hamda
regional xarakteri
rejalarini ishlab
chiqadi
Rekreat-
sion
rayonlar
to’rini
ishlab
chiqadi
Rekreatsion
rayonlarga
tavsif beradi,
ularning
rivojlanish
istiqboli va
muammolarini
tahlil etadi
Tarmoqlar
geografiyasi
(iqtisodiy
geografiya
tabiiy
geografiya
va
boshqalar)
-
O’rganilayotgan
obyekt rekreatsion
faoliyatga
moslashishini
baholash metodikasini
ishlab chiqadi
-
HRTning
shakllanishi va
rekreatsion
faoliyatni
cheklovchi
me’yoriy
axborotlarni
ishlab chiqadi
Jadval V.S.Pereobrajenskiy ma’lumotlari asosida shakllantirilgan
SOTSIAL VA MADANIY GEOGRAFIYA
Darslik
96
Beshinchidan,
rekreatsion tizim faoliyat vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi.
Oltinchidan,
o’z tavsifiga ko’ra, rekreatsion tizim sotsiologik, demografik,
ekologik, makon va dinamik tizimlarning ham tarkibiy qismidir.
Shunday qilib, rekreatsion tizim rekologiyaning asosiy tadqiqot obyekti
hisoblanadi.
Rekreatsiya turizmning muhim asosini tashkil etib, insonning jismoniy,
psixologik intellektual kuchi va quvvatini katta ishlab chiqarish jarayonidir. Rekreatsiya
va rekreatsion faoliyat bilan bog’liq tadqiqotlar zamonaviy fan tizimining yangi, ya’ni
yosh yo’nalishlardan biri.
1963-1975-yillarda hozirgi Rossiya Fanlar Akademiyasi geografiya instituti
mutaxassislar jamoasi (V.S.Preobrajenskiy, Y.A.Vedenin, I.V.Zorin, V.N.Lexonov, L.I.
Muxina, L.S.Filippovich va boshqalar) tomonidan “Rekreatsion geografiyaning nazariy
asoslari” nomli monografiya tayyorlandi va bu monografiya keyingi shu kabi tadqiqotlar
uchun asos sifatida xizmat qildi.
1992-yilda esa Rossiya xalqaro turizm akademiyasida V.S.Preobrajenskiy,
Y.A.Vedenin, I.V.Zorin, V.A.Kvartolnov, V.M.Krivosheev, L.S.Filippovichlar
muallifligida “Rekealogiya va rekreatsion geografiya nazariyasi” nomli yangi
monografiya chop etildi. Unda ko’p yillik tadqiqotlar umumlashtirilgan va rekrealogiya
qanday rivojlanishi lozimligi to’g’risida; rekreatsion tizim, rekreatsion ehtiyoj bosh omil
sifatida, rekreatsion faoliyat tizimini tashkil etuvchi omil sifatida, rekreatsion tizim
modeli haqidagi konsepsiya yoki dasturi amal vazifasini o’taydi.
Rekrealogiya
lanshaft va uning xususiyatlarini bosh omil hisoblovchi birinchi
fanlardan biri sifatida maydonga chiqdi. Uzoq tarixiy davrlar davomida qora metall, neft
qazib chiqarish, qayta ishlash va, hatto, qishloq xo’jaligiga faqatgina ehtiyoj
mahsulotlari yetkazib beruvchi ishlab chiqarish tarmog’i sifatida qoralar edi. Biroq, XX
asrning iikinchi yarmiga kelib, turizmning rivojlanishi tabiatdan to’g’ri foydalanishning
madaniy qarashlarning ommaviy tus olishiga sabab bo’ldi. Bu davrga kelib, fan-texnika
tsivilizatsiyasining rivojlanishi natijasida har bir joy landshafti betakror va o’ziga xos
ekanligini insoniyat anglab yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |