Imom G’azzoliy islom falsafasiga doir ko‘pgina buyuk asarlar yaratdi. Uning «Ihya alulum ad-din» («Diniy ilmlarning tirilishi»), «Makrsidul falosifa» (Faylasuflarning maqsadlari»), «Taxofutul falosifa» («Faylasuflarning ixtiloflari»), «Fazoyixul botiniya» («Botiniylikning rasvoligi»), «Qistosul mustaqim» («Haqiqat mezonlari»), «Ma’qulot», «Sifotul-asror», «Al-Munqiz min az-zalal» («Zalolatlar, yanglishuvlardan qutqaruvchi kitob»), «Javohirul Qur’on», «Mishkotul anvor» («Nurlar manbai»), «Yoqut at-ta’vil» («Talqin, tafsirilarning gavhari», Navoiyning aytishicha 40 jildli), «Me’zonul-amal», «Ajoyibul-qulub», «Risolai laduniya» kabi asarlari jahon falsafiy tafakkurining cho‘qqilarini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |