Vazifa:
1.
Endi esa har galgidek vazifalarga o`tamiz. Yana o`sha bizning sevimli
joyimizga uchib boramiz. Oppoq varoqqa, ushbu to`rtta hamkorimizni
yozib, yoniga boshlanishiga bittadan odamni ismini yozamiz. Va ushbu
to`rtta odamni muvaffaqiyatga olib chiqishni boshlaymiz;
2.
Har kuni hech bo`lmaganda bitta kichik yaxshilik qilamiz – har bir
hamkorimizga;
17
3.
Kunduzgi vaqt xizmatni ado etdik, uyga qaytib, uyquga yotish oldidan,
qilgan ishlarimizni tasavvur qilamiz. Biz kimnidir xursand qildik,
kimgadur baxt ulashdik va bundan o`zimiz ham baxtga erishdik,
o`zimiz ham juda xursand bo`ldik. Bu jarayon juda muhim. Ayni shu
jarayon, karma urug`larini sepish jarayoni hisoblanadi, tasavvur qilib,
xursand bo`lgan vaqtingizda, karma ekila boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |