Sudga taalluqlilik
Sudlovga tegishlilik
SUDGA TAALLUQLILIK
fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to'g'risidagi,
ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir
bundan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno
FPK 26-MODDA. ISHLARNING SUDGA TAALLUQLILIGI FPK 26-MODDA. ISHLARNING SUDGA TAALLUQLILIGI Fuqarolik ishlari bo'yicha sudga quyidagi ishlar taalluqlidir: 1) fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, yer to'g'risidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar bo'yicha ishlar, agar taraflardan hech bo'lmaganda bittasi fuqaro bo'lsa, bundan qonunda shunday nizolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshiriladigan hollar mustasno; 2) ushbu Kodeksning 293-moddasida sanab o'tilgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar; 3) ushbu Kodeksning 18-bobida ko'rsatilgan va buyruq tartibida hal etiladigan ishlar; 4) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to'g'risidagi va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar; 5) chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi ishlar. 6) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to'g'risidagi ishlar. IPK 25-MODDA. ISHLARNING SUDGA TAALLUQLILIGI IPK 25-MODDA. ISHLARNING SUDGA TAALLUQLILIGI Iqtisodiy sudga: - 1) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tartibda olgan fuqarolar, shuningdek korporativ nizolar bo'yicha ishlar ko'rilayotganda taraflar bo'lgan fuqarolar (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) o'rtasidagi fuqaroviy, ma'muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarga doir ishlar;
- 2) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, o'zgarishi yoki bekor bo'lishi uchun ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash (bundan buyon matnda yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash deb yuritiladi) to'g'risidagi ishlar;
- 3) bankrotlik to'g'risidagi ishlar;
- 4) hakamlik muhokamasi bilan bog'liq ishlar;
- 5) ushbu Kodeksning 30-moddasida ko'rsatilgan korporativ nizolar bo'yicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno;
- 6) chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijro etishga qaratish to'g'risidagi ishlar taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |