Nafas olish sistemasi. Nafas olish organi – jabralar oyog‘ining ikki yonidagi mantiya bo‘shlig‘ida joylashgan. Jabralarning sirtida va mantiya pardasida joylashgan kiprikchalarning harakati tufayli suv mantiya bo‘shlig‘iga kiradi va jabralarni yuvib, chiqarish sifoni orqali chiqib ketadi. Suvda erigan kislorod jabralarga o‘tadi, jabralardan esa karbonat angidrid suvga ajralib chiqadi. Kislorod jabradan qon oqimi bilan hamma organlarga tarqaladi.
Qon aylanish, ayirish va nerv sistemalarisuv shillig‘inikiga o‘xshash. Tanasidagi uch juft nerv tugunlari nerv tolalari yordamida o‘zaro tutashgan. Maxsus sezgi organlari bo‘lmaydi.
Ko‘payishi va rivojlanishi. Baqachanoq ayrim jinsli, lekin erkak va urg‘ochisini farq qilib bo‘lmaydi. Tuxumlari jabralar sirtida rivoj lanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar suvga chiqadi. Bu lichinkalar chig‘anog‘idagi tishchalar yoki yopishqoq iplari yordamida baliqlarning terisiga yopishib, parazit hayot kechirishga o‘tadi. Parazit ta’sirida baliq terisida shish hosil bo‘ladi. Shish ichida lichinka juda mayda baqachanoqqa aylanadi va suv tubiga tushib, voyaga yetadi.
Ikki pallalilarning xilma-xilligi.Ikki pallalilar 30 000 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik turlari dengizlarda yashaydi. Ular orasida eng yirigi tridaknaning og‘irligi 250 kg ga yetadi. Ustritsa, taroqcha va midiyalar go‘shti uchun ovlanadi; den giz marvariddorlaridan marvarid olinadi. Ayrim mamlakatlarda marvariddorlar, midiyalar va ustritsalar ko‘paytiriladi. Baqachanoq lichinkasi baliqlarda parazitlik qiladi. Sho‘rlangan suvlarda tarqalgan dreysenalar ko‘payib, suv o‘tkazadigan quvurlarni ishdan chiqarishi mumkin. Mamlakatimiz havzalarida baqachanoqlar va dreysenalar uchraydi. Ikki pallali mollyuskalar suvdagi mikroorganizmlar va mayda organik zarralarni filtrlab oziqlanishi tufayli suv havzalarining tozalanishiga yordam beradi.
Boshoyoqli mollyuskalar sinfi.Boshoyoqlilar oyog‘ining ol dingi qismi o‘zgarib, paypaslagichlarni hosil qiladi. Gavdasining uzunligi 1 sm dan 5 m gacha bo‘lib, bosh va tana qismlariga ajraladi. Oyoqlari asosida voronkasi joylashgan. Tanasi qalin muskulli mantiya bilan o‘ralgan. Chig‘anog‘i yo‘qolib ketgan. Og‘iz teshigi atrofida 8 yoki 10 ta paypaslagichlari bo‘ladi. Paypaslagichlarida juda ko‘p so‘rg‘ichlar joylashgan.
Boshoyoqlilarning bosh miyasi juda kuchli rivojlangan bo‘lib, ular xilma-xil va murakkab reflekslar hosil qiladi. Boshoyoqlilar mantiya bo‘shlig‘iga suv o‘tib turadi. Ular suvni mantiya bo‘shlig‘idan voronkasi orqali katta bosim ostida siqib chiqarib, reaktiv harakat qiladi. Orqa ichagiga siyoh xaltasi yo‘li ochiladi. Ular xavf tug‘ilganida suvga siyoh chiqarib, dushmandan qutulib qoladi.
Boshoyoqli mollyuskalar okean va ochiq dengizlarda tarqalgan; tropik dengizlarda, ayniqsa, ko‘p uchraydi. 650 ga yaqin turi ma’lum. Kalmar, karakatitsa, sakkizoyoqning asosiy ozig‘i krab lar, baliqlar, mollyuskalar hisoblanadi. Ular go‘shti uchun ko‘p lab ovlanadi.