4.1-rasm. Sorbsiya izotermasi turlari Har bir adsorbent o‘zining izotermasi bilan xarakterlanadi va u yutuvchining adsorbsion qobilyatining asosiy xarakteristikasi hisoblanadi.
4.2-rasmda izotermalarning asosiy turlariga javob beradigan chiqish xromatografik egrilari keltirilgan.
4.2-rasm. Elyuirlash egrilarining chiziqli, qavariq va botiq izotermalari aralashmasi uchun asosiy turlari (1 va 2-aralashmalar komponenti) Adsorbsiyani oqimda amalga oshirilganda konsentrlashning effektivligi nafaqat adsorbsiya izotermasi ko‘rinishiga, balki massa almashinish tezligiga ham bog‘liqdir.
Sorbsiya jarayoni uch bosqichdan iborat:
1. Yutiladigan moddani sorbentning tashqi sirtiga keltirishdan (tashqi diffuziya).
2. Molekulaning ichiga va g‘ovakliklariga kirishi (ichki diffuziya).
3. Molekulaning sorbent ichki sirtida qayd qilinishi (sorbsiyaning amalga oshishi).
Eng tez bajariladigani bu adsorbsiyadir; tashqi va ichki diffuziyaning ta’siri jarayonni o‘tkazish sharoitiga va sistemaga bog‘liq. Ko‘pchilik hollarda adsorbsiyaning yig‘indi tezligi moddaning adsorbent g‘ovakliklarining ichki sirtiga o‘tkazilishi jarayoniga bog‘liq. Shuning uchun adsorbsion usullarda asosiy o‘rinni jarayonning dinamikasini o‘rganishga qaratiladi.
4.2. Aktivlangan ko‘mirdagi sorbsiya Mikrokomponentlarni konsentrlash uchun aktivlangan ko‘mirdan keng foydalaniladi. Ko‘mirning sirti gomopolyardir, shuning uchun ularda adsorbsiya dispers kuchlar yordamida aniqlanadi. Ularda geteropolyar sorbentlardan farqli o‘laroq juda kichik masofalarda ta’sirlashadi (silikagel, alumogel, seolitlar) sorbsiyaning sababi elektrostatik kuchlardir.
Shuning uchun aktiv ko‘mirlarning effektivligi mikropor radiuslari 1 nm dan kichik bo‘lgan strukturalariga bog‘liq. L.K. Lepinning bu sohadagi ishlari bo‘yicha aktivlangan ko‘mir sirtida uch tur oksidlar bo‘ladi.
Oddiy xona haroratida asosan aktivlangan ko‘mir sirti (2) oksid bilan qoplangan, uni yuqori temperaturalarda qizdirilganda sirtida oksid (3) hosil bo‘ladi. Kislotali (3) va asosli (1) (2) oksidlar aktivlangan ko‘mirning amfoter xarakterga ega ekanligini ko‘rsatadi, kislota va asoslarni yutganda tarkibning (oksidning) har hilligi sababli sirtida fizikaviy adsorbsiya kationalmashinish va anionalmashinish jarayoni amalga oshishi mumkin.
Ayniqsa selektiv polifunksional kationalmashtirgich bo‘lgan oksidlangan, aktivlangan ko‘mirlar muhim o‘rin tutadi, ikkinchidan sintetik kationitlardan farqli o‘laroq ularni olish va regeneratsiyalash oson, kimyoviy, termik, va radiatsion ta’sirlarga chidamli.
Oddiy va oksidlangan, aktivlangan ko‘mirlarda sirtining tuzilish sxemasini va ion almashinishini 4.3-rasmda keltirilgan.
Tarkovskaya va boshqalar oksidlangan aktivlangan ishqor eritmalaridan, ishqoriy metallar va ammoniy tuzlaridan va boshqa birikmalardan Ca, Ba, va Sr mikrokompanentlarini konsentrladilar. So‘ngra ko‘mirni yuvib mikrokompanentlarni mineral kislotalar eritmalari yordamida desorbsiyaladilar, hosil bo‘lgan eritmani tegishli aniqlash usuli yordamida xususiy holda fotometrik usul yordamida aniqlaganlar.