Sopollitepa Vikipediya, ochiq ensiklopediya Sopollitepa



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.09.2021
Hajmi1,65 Mb.
#179164
  1   2
Bog'liq
Sopollitepa



Sopollitepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Sopollitepa — Surxondaryo viloyatining (Muzrabod tumani) Sherobod cho

ʻlini  kesib  oʻtgan  Oʻlanbuloqsoy

yoqasiga joylashgan jez davriga oid arxeologik yodgorlik. U 1968 y. arxeolog L. Albaum tomonidan topilgan.

1969—74 yillarda A. Asqarov tomonidan o

ʻrganilgan S.ning maydoni taxminan 3 ga.  Uning  1  ga.ga  yaqin

markaziy qismi mudofaa devorlari bilan o

ʻrab olingan. Qalʼa atrofidagi maydonning kata qismi buzilib, paxta

dalalariga  aylantirilgan.  Tepaning  ustki  qismida  sopol  sinikdari  kalashib  yotganligi  uchun  u  mahalliy  aholi

orasida  S.  deb  atalgan.  S.da  o

ʻtkazilgan  arxeologik  kazishmalar  natijasiga  koʻra,  uning  markaziy  qismi

murabba (82×82 m.) shaklida qurilgan qal

ʼadan iborat. Qalʼaning tomonlari goʻyo 3 qator mudofaa devorlari

bilan o

ʻrab olingan. Aslida esa, qalʼani oʻrab olgan devorlar tizimi ichki va tashqi yoʻlaksimon qopqonlardan

tashkil  topgan  bo

ʻlib  qalʼa  tashqi  mudofaa  chizigʻida  tomonlarga  parallel  qilib  8  ta  yoʻlaksimon  qopqonlar

joylashtirilgan.  Qal

ʼaning  ichki  mudofaa  chizigʻining  markaziga  va  har  toʻrt  tomon  burchaklariga  bittadan,

hammasi bo

ʻlib 8 ta yoʻlaksimon qopqonlar joylashtirilgan. Yoʻlaksimon qopqon tizimining joylashish rejasiga

ko

ʻra, qalʼaga kirish darvozasi ham goʻyo 8 ta. Aslida esa haqiqiy darvoza qalʼa jan.  tomonining  markaziga



joylashgan, qolgan "darvozalar" harbiy xavf tug

ʻilganda qopqon vazifasini bajargan. Qalʼaning ichki mudofaa

tizimida, yo

ʻlaksimon qopqonlar oraligʻida, har tomonda ikkitadan murabba shaklida qurilgan xonalar  boʻlib,

ularga qal

ʼa ichki tomonidan eshik ochilgan. Aynan ana shu xonalar tomon qalʼa ichiga joylashgan turar  joy

majmualari  oralab  tor  ko

ʻchalar  oʻtgan.  Qalʼa  ichidagi  turar  joy  majmualari  uning  ichki  devorlari  boʻylab

joylashgan. Ular ana shu ko

ʻchalar orqali 8 ta mahallaga boʻlingan. Qalʼa markazida esa ochik, maydon bor.

Qal

ʼa  darvozasidan  boshlangan  keng  yoʻl  va  tor  koʻchalar  ana  shu  maydon  bilan  bogʻlangan.  Bularning



barchasi  S.  jamoalarining  mudofaa  tizimini  tashkil  etgan.  Bunday  murakkab  me

ʼmoriy  inshoot  oldindan

o

ʻylangan  aniq  reja  va  gʻoya  asosida  qurilgan.  S.  qalʼa  qoʻrgʻonining  meʼmoriy  tarhi  protoshahar  tarkibini



eslatadi,  uni  maxsus  o

ʻylab  topilgan  mudofaa  rejasi  esa  amaliy  tajribadan  kelib  chiqib,  qalʼa  bosh  rejasi

g

ʻoyasiga  qatiy  boʻysundirilgan.  Aynan,  mana  shunday  mudofaa  tizimi  S.  xavfsizligini  yukrri  darajada



ta

ʼminlay olgan. S. mudofaa tizimini tashkil etgan uzun yoʻlaklar dastlab mudofaa inshooti vazifasini bajargan.

Ularga mudofaa inshooti sifatida talab so

ʻngach, sekinasta boshqa maqsadlarda foydalanilgan. Mac, shim.  va

sharqiy ichki yo

ʻlaklar xilxona sifatida foydalanilsa, gʻarbiy va jan. yoʻlaklar kulolchilik ustaxonalari  sifatida

foydalanilgan. Har bir mahallada urug

ʻ jamoalarining xilxonalari boʻlib, marhumlar mudofaa devorlari ostiga,

uylarning  poli  ostiga  ko

ʻmilgan.  Urugʻ  boshliklarining  qabrlari  esa,  odatda,  oila  oʻchogʻi  roʻparasida

uchratiladi.

S.da  o


ʻtkazilgan  qazish  jarayonida  150  dan  ortiq  turar  joy  majmualari  ochildi.  Ularni  mahalla  boʻyicha

taqsimlaganda har bir mahalla maydoniga 15—20 tagacha oilaviy turar joy majmualari to

ʻgʻri keladi. Lekin,

ular bir vaqtda bunyod etilmagan. S.da odamlar kancha vaqt yashaganligini o

ʻrganish maqsadida uning har xil

joylarida  shurflar  solindi.  Shurf  kesmalariga  kura,  mudofaa  inshootlari  va  uyjoy  majmualari  poydevorsiz

qurilgan.  Oilaviy  uyjoy  majmualari  ko

ʻp  xonali  boʻlib,  har  bir  oilaga  qarashli  koʻp  xonali  uyning  biri

devorining  ostida  mo

ʻrili  oʻchoq,  ikkinchisida  sandal  oʻrni  yoki  toza  kulli  qurbongoh  chuqurchasi,

uchinchisidan  esa  omborxona  sifatida  foydalanilgan.  Bular  oila  birligini  anglatuvchi  muhim  belgi  edi.  Bir

necha  shunday  oila  birliklari  katta  patriarxal  urug

ʻ  jamoasini  tashkil  etgan.  S.  ana  shunday  katta  patriarxal

urug


ʻ  jamoalaridan  8  tasini  birlashtirgan  qishloq  jamoasi  edi.  S.  uylari  va  mudofaa  inshootlari  somon

qo

ʻshilgan  xom  gʻishtlardan  qurilgan.  Uy  devorlari  andavalar  yordamida  silliq  kilib  suvalgan  (topilmalar



orasida sopol andava ham bor), suvoq ustidan havorang ohak bilan okdangan.

Har bir patriarxal jamoa mahallasi qoshida ularning kundalik ehtiyojidan kelib chiqqan holda kulolchilik sexi

va  metall  eritish  ustaxonalari  mavjud.  Xonalarning  ba

ʼzi  birlari  toʻqimachilik  maqsadlariga  moslab  qurilgan.

Ular keng va uzun bo

ʻlib, toʻquv dastgohini oʻrnatishga moʻljallab qurilgan. Ana shunday xonalarda urchuq




toshlar,  suyak  taroqlar,  tosh  va  sopol  qadoqtoshlar  ko

ʻproq  uchratilgan.  S.da  toʻqimachilik  ipak,  paxta  va

hayvon yungi xom ashyosi asosida qurilganligi haqida dalolat beruvchi topilmalar bor.

S. sopollari charxda yasalgan, 2 qavatli xumdonda pishirilgan. Ular nafis, jarangdor, naqshsiz. Kulollar sopol i.

ch.da  asosiy  e

ʼtiborni  mutanosiblik  va  shaklga  qaratgan.  Ular  juda  sifatli  uzun  oyoqli  vazalar,  konussimon

kosalar  va  nimkosalar,  qadaxlar  va  xurmachalar,  ko

ʻza  va  koʻzachalar,  xum  va  xumchalar,  choynak  va

piyolalar, tog

ʻora va laganlardan iborat.

S.da jezdan qirg

ʻich va pichoqlar, bolta va teshalar, igna va bigiz, iskana va randa tishlari, koʻzgu va muhr,

surmadon va xilma xil idishlar, bilaguzuk, soch turmaklagichlar, sirg

ʻa va uzuklar, tillaqosh va qosh tergichlar

ishlab chiqarilgan.

S.  da  158  ta  qabr  ochilgan.  Ularning  deyarli  barcha  ashyoviy  dalillari  butunligicha  bizgacha  yetib  kelgan.

Qabrlar hozirgi zamon qabrlaridan farq qilmaydi: ayvoncha, ayvonchalarning g

ʻarbiy chetida, undan pastroqda

lahad  —  jasadxona,  uning  og

ʻzi  yarim  engashtirilib  terilgan  gʻishtlar  bilan  berkitilgan.  Ayvoncha  lahaddan

chiqqan  toza  tuproq  bilan  to

ʻlgʻizilib  usti  suvab  qoʻyilgan.  Birgina  farqi  S.  lahadlari  kengroq,  qabr  ogʻziga

yaqin bo

ʻsh maydonga turli idish tovoqlar, mehnat va boshqa harbiy qurollar, taqinchoq, bezak buyumlari va

boshqa qo

ʻyilgan. Lahadda erkaklar gʻujanak holda oʻng tomoni bilan, ayollar esa chap tomoni bilan yotibdi.

Har  ikki  jins  ham  kafanda  emas,  balki  hayotlik  vaqtidagi  bayramona  kiyimda  ko

ʻmilgan.  Erkaklar  qabrida

mehnat  va  harbiy  qurollar,  ayollar  qabrida  turli  xil  taqinchoq  va  bezaklar  uchraydi.  Qabrlardan  topilgan

ashyolar  tarkibiga  qarab,  marhumlarning  kasbini  aniq  aytish  mumkin.  Demak,  sopollitepaliklar  e

ʼtiqodiga

ko

ʻra, ular narigi dunyoda ham yashashda davom etishlarini tasavvur qilganlar. Mozordagi ashyolarning "boy



va kambag

ʻalligi" ularning yoshi va jamoada tutgan mavqei bilan boglik boʻlgan. Qabrlarda bitgadan, baʼzan

esa  ikkitadan  skeletlar  uchraydi.  Ba

ʼzida  ayolni  emizikli  bolasi  bilan  koʻmish  hollari  ham  uchraydi.  Uzoq

o

ʻtmishdagi ajdodlarimiz udumiga koʻra, ona oʻlsa uning emizikli bolasi bilan koʻmish tabiiy hol hisoblangan



bo

ʻlsa  kerak.  S.da  oʻrganilgan  juft  qabrlarda  erkak  va  ayol  birga  koʻmilgan  boʻlib,  ularning  birontasining

suyagida majburiy o

ʻlim izlari uchramaydi. Demak, ular oʻz ajali ila hayot bilan vidolashganlar.

Keyinroq, ko

ʻchmanchi mulkdor chorvadorlar orasida koʻp xotinlik tabiiy holga aylangan harbiy demokratiya

davrida  "narigi  dunyoda  hayotning  davom  etishi"  haqidagi  ibtidoiy  aqidaga  ko

ʻra, skif podsholari va qabila

sardorlari bilan ularning xotin va cho

ʻrilaridan bir qismini majburiy oʻddirib birga koʻmish odat tusini olgan.

Ana  shu  odatning  dastlabki  ildizlari  S.da  ko

ʻzga  tashlanadi,  qabrlarda  odam  jasadi  oʻrnida  mayda  hayvon

skeletlari uchratilgan, bunday qabrlar kenotaf nomi bilan ataladi. Ularga bedarak yo

ʻqolgan marhum oʻrniga

jamoa dafn an

ʼanasiga koʻra, uning tirik jon mulkidan bir qoʻyni oʻldirib koʻmish lozim topilgan. S. kenotaf

qabrlarining deyarli barchasi erkaklarga tegishli edi.

S  aholisi  e

ʼtiqodida  quyoshga,  olovga  sigʻinish  oʻz  aksini  topgan.  Uning  izlari  ayrim  xonalar  maydonida

uchratilgan  sandal  o

ʻtxonasi  sifatida  qabul  qilingan  toza  kulli  chuqurchalar  edi.  Bularning  barchasi

otashparastlar e

ʼtiqodiga aloqador belgilar edi.

S. jamoasi mazkur maskanda 150—200 yillar chamasi yashab, suv tanqisligidan, suvga qulay yangi unumdor

yerlar qidirib, Sherobod daryoning qad. o

ʻzani Boʻstonsoy soxillariga koʻchib ketadilar. Bu voqealar mil. av.

2ming yillikning birinchi yarmida sodir bo

ʻldi. S. dehqonlari yangi joyni oʻzlashtirib, Oʻzbekiston jan.da eng

qad. ilk shaharni barpo etadilar. U shahar O

ʻzbekiston tarixida Jarqoʻton nomi bilan atalib, uning protoshahri S

hisoblanadi.

Askarov A., Sapallitepa, T., 1973; Askarov A., Drevnezemledelcheskaya kultura epoxi bronzi

yuga Uzbekistana, T., 1977. Ahmadali Askarov.


Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish