Sonni raqamlar bilan yozing: o’n ikki million o’ttiz ming sakson besh.
123285 B)1200003085 C) 1200030085 D) 12030085
Nurali cho’ponda 251 ta qo’y bor, Sherali cho’ponda undan 64 ta ko’p qo’y bor. Ularda jami qancha qo’y bor?
315 B) 566 C) 399 D) 379
Omborda 345 t kartoshka bor edi. Birinchi haftada 27 t, ikkinchi haftada esa birinchi haftaga qaraganda 8 t kam kartoshka sotuvga chiqarildi. Omborda necha tonna kartoshka qoldi?
310 B) 322 C) 299 D) 245
AB kesmani C va D nuqtalar ketma-ket kelgan AC, CD va DB qismlarga ajratadi. Agar AC kesmaning uzunligi 21 mm, CD kesma AC kesmadan 6 mm uzun, DB kesma esa CD dan 7 mm qisqa bo‘lsa, AB kesmaning uzunligini toping.
68 B) 43 C) 47 D) 77
Karim bir son o‘yladi. Bu sonning oxirgi raqami 5 bilan tugaydi va bu son 300 dan katta, ammo 310 dan kichik. Bu qaysi son?
295 B) 305 C) 355 D) 555
Asqar Samarqanddan Toshkentga tezligi 100 km/soat bo‘lgan yengil avtomashinada 3 soatda yetib keldi. Toshkentdan Samarqandga tezligi 75 km/soat bo‘lgan avtobusda qaytdi. Asqar necha soatda Toshkentdan Samarqandga yetib kelgan?
4 B) 5 C) 6 D) 7
Amallarni bajaring: 401 000 : (623 + 377)
379 B) 397 C) 401 D) 413
Asilbek va Shohruh pomidor terishdi. Asilbek 12 kg 750 g, Shohruh esa Asilbekdan 8 kg 500 g ko‘proq pomidor terdi. Ular jami qancha pomidor terishdi?
21 kg B) 29 kg C) 34 kg D) 22 kg
To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi maktab hovlisining bo‘yi 216 m, eni esa bo‘yidan 45 m qisqa. Maktab hovlisining perimetrini hisoblang.
524 B) 576 C) 621 D) 774
Botir bir son o‘yladi. Agar unga 74 ni qo‘shib, hosil bo‘lgan yig‘indiga yana 21 qo‘shilsa, 142 hosil bo‘ladi. Botir qaysi sonni o‘ylagan?
47 B) 57 C) 50 D) 41
Tenglamani yeching: (x + 3013) + 2222 = 7162
1987 B) 2107 C) 1927 D) 2047
Tomorqadan birinchi kuni 126 kg, ikkinchi kuni birinchi kundagidan 36 kg kam qulupnay terib olindi. Uchinchi kun esa ikkinchi kundagidan 53 kg ko‘p qulupnay terib olindi. Uch kunda jami necha kg qulupnay terib olindi?
143 B) 359 C) 274 D) 195
Munira bir son o‘yladi. Agar unga 61 ni qo‘shib, hosil bo‘lgan yig‘indidan 112 ayrilsa, 424 hosil bo‘ladi. Munira qaysi sonni o‘ylagan?
455 B) 465 C) 495 D) 475
Ko’paytmani hisoblang: 2 004 · 6 005
19507040 B) 14907600 C) 12034020 D) 16050800
Dono singlisi Nargizadan 7 yosh katta. Uning yoshi otasining yoshidan 3 marta kichik. Agar Nargiza 5 yoshda bo‘lsa, Dono va uning otasi yoshini toping.
12 va 36 B) 35 va 105 C) 8 va 56 D) 15 va 45
Velosipedchi uyidan manzilga 6 km/soat tezlik bilan harakatlanib, 4 soatda yetib keldi. Agar u qaytishda tezligini 2 km/soatga oshirsa, uyiga qancha vaqtda qaytib boradi?
6 B) 5 C) 4 D) 3
Birinchi uskunada 1 minutda 17 ta, ikkinchisida esa 19 ta detalga ishlov berish mumkin. Agar birinchi uskuna 13 minut va ikkinchi uskuna 15 minut ishlatilsa, jami nechta detalga ishlov beriladi?
506 B) 484 C) 590 D) 644
Ikki duradgor birgalikda ishlab 1456 ta stul yasadi. Agar birinchi duradgor bir kunda 32 ta, ikkinchisi esa 24 ta stul yasagan bo‘lsa, ularning har biri jami nechtadan stul yasagan?
832 va 624 B) 728 va 728 C) 900 va 556 D) 800 va 656
Qutidagi 10 kilogramm choy 150 grammdan qilib qadoqlandi. Qadoqlangandan so‘ng qutida qancha choy qoladi?
200 B) 150 C) 100 D) 50
Maryam bir son o‘yladi. Uni 4 ga ko‘paytirib, ko‘paytmaga 8 ni qo‘shdi. Natijada 60 hosil bo‘ldi. Maryam qanday sonni o‘ylagan?
16 B) 15 C) 14 D) 13
Ikki kunda 2350 kg kartoshka terildi. Ikkinchi kun birinchi kunga qaraganda 4 marta ko‘p kartoshka terildi. Birinchi kun qancha kartoshka terilgan?
480 B) 470 C) 460 D) 450
7 qatorning har biriga 24 tadan pomidor ko‘chati ekildi. So‘ng bu qatorlarning har biriga yana 8 tadan qo‘shimcha ko‘chat ekildi. Jami necha tup ko‘chat ekilgan?
244 B) 234 C) 224 D) 214
Ishchi 1 soatda 17 ta detal, shogirdi esa 12 ta detal tayyorlaydi. Ular 7 soat davomida birgalikda qancha detal tayyorlashadi?
233 B) 223 C)213 D) 203
Avtomobil 240 km yo‘lni 4 soatda bosib o‘tishi kerak edi. Lekin avtomobil tezligi 20 km/soat ga oshirildi. Avtomobil manzilga qancha vaqt oldin yetib keladi?
0 B) 1 C) 2 D) 3
Ali, Soli va Vali tarozida o‘z vaznlarini o‘lchashdi. Ma’lum bo‘lishicha, Ali bilan Solining vazni birgalikda 57 kg, Soli bilan Valining vazni 56 kg, Ali va Valining vazni 61 kg ekan. Har bir bolaning vazni qancha ekanligini toping.
31, 26, 30 B) 29, 28, 32 C) 30, 27, 26 D) 29, 28, 32
Velosipedchilar birinchi kuni 154 km, ikkinchi kuni birinchi kundan 23 km ko‘p, uchinchi kun esa ikkinchi kundan 13 km kam masofani bosib o‘tdilar. Velosipedchilar uch kunda qancha masofa bosib o‘tishgan?
515 B) 505 C) 495 D) 485
Birinchi konveyerda 1 soatda 25 ta, ikkinchi konveyerda esa 31 ta televizor yig‘iladi. Ikkala konveyerda 8 soat davomida qancha televizor yig‘iladi?
448 B) 458 C) 468 D) 478
Komil bir son o‘yladi. Uni 3 ga ko‘paytirib, ko‘paytmadan 7 ni ayirdi. Natijada 50 hosil bo‘ldi. Komil qanday sonni o‘ylagan?
20 B) 19 C) 18 D) 17
Tez yugurish musobaqasida sportchi 10 km masofani 5 m/s tezlik bilan bosib o‘tdi. Sportchi qancha vaqt yugurgan?
2 soat B) 200 minut C) 2000 sekund D) 20 soat
1 m3 havoning massasi 1290 g . O‘lchamlari 8 m, 6 m va 3 m bo‘lgan sinfxona havosining massasini toping.
185760 g B) 178250 g C) 195750 g D) 155675 g
Do'stlaringiz bilan baham: |