So‘ngi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solishga


-rasm. Yerlarni ishlab chiqarish vositasi sifatida baholash bosqichlari



Download 5,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/76
Sana01.06.2022
Hajmi5,06 Mb.
#624677
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76
Bog'liq
Davronbek

15.1-rasm. Yerlarni ishlab chiqarish vositasi sifatida baholash bosqichlari
78
 
yonida yerlarning sifati (boniteti), joylashgan joyi, texnologik xususiyat-lari 
birlamchi omillar sifatida baholansa, ikkinchi bosqichda esa 
ishlab chiqarish 
natijalari va mehnat xarajatlari baholanadi va nihoyat oxirgi bosqichda dastlabki 
ikki bosqichning yakuni, ya’ni samaradorlik ko‘rsatkich-lari baholanadi. Shunday 
ketma-ketlikdagi uzviylikning qonuniyatlari yaxlit tarzda yerni ishlab chiqarish 
vositasi sifatida baholash imkoniyatini beradi, bu esa, pirovard natijada baholangan 
yerda qanday ekinlarni etishtirish mumkin hamda undan qanday, qancha mahsulot 
olish, shuningdek shunga mos ravishda sarf-xarajatlar qilish mumkinligi aniqlab 
olinadi. 
Biroq, amalda miqdor jihatidan hisob-kitob qilish murakkab bo‘lgan ushbu 
omil va sharoitlar yerning o‘zini alohida baholash va yerdan foyda-lanish 
natijalarini alohida baholash imkoniyatini bermaydi. Chunki, bunda yer bilan uzviy 
78
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган. 
Yerlarni ishlkab chiqarish vositasi 
sifatida baholash 
Yerlarning sarflangan xarajatlarning 
samaradorligi bo'yicha baholash (3 bosqich) 
Yerlarni ekinlarning (yerlarning) hosildorligi 
bo’yicha baholash 
(2 bosqich) 
Yerlarni jonli mehnat sarf-xarajatlari 
bo’yicha baholash
(2 bosqich) 
Tuproq bonitirovkasi
(1 bosqich) 
Yerlarning joylashgan 
o’rnini baholash 
(1 bosqich) 
Yerlarning texnologik 
holatini baholash 
(1 bosqich) 


280 
va chambarchas bog‘langan boshqa iqtisodiy resurs va omillar birgalikda 
baholanadi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligida yerlarni baholashning ob’ekti 
bo‘lib, yerning o‘zi emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligi, ob’ektiv iqtisodiy 
holati, yerdan foydalanish darajasi, mehnat sig‘imi va vositasini o‘zida 
mujassamlashtirgan jami tabiiy-iqtisodiy sharoitlar majmui hisoblanadi
79

Ayni shunday yondashuvni differensial renta talab va qoidalarini tatbiq 
qilish orqali amalga oshirish mumkin. Lekin bunda albatta, differensial renta va 
differensial daromad tushunchalarini bir-biridan farq-lay bilish lozim. Ma’lumki, 
differensial renta o‘rtacha sharoitlarda yer resursi hisobidan shakllanadigan jami 
daromadning bir qismi bo‘lsa, differensial daromad esa, yuqori unumdorlik va 
(yoki) yerning qulay joyla-shishi evaziga olinadigan jami mahsulotning bir 
qismidir. Amaliyotda differensial daromadni korxonani oqilona boshqarishdan 
olinadigan daromad bilan bir xil deb tushunish natijasida differensial daromad-ning 
o‘ziga xosligiga e’tibor berilmayapti. Bunday holatga yerning “me’yoriy 
qiymati”ni baholashda ahamiyat berilmayotganligi differensial renta xususiyatlari 
to‘liq hisobga olinmasligiga sabab bo‘lmoqda va bu, ayniqsa qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishini rag‘batlantirish va moliya resurs-larini tashkil qilish va 
rejalashtirish masalalariga to‘g‘ri yondashish imko-nini bermaydi. Masalan, 
bugungi kunda fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish va iqtisodiy jihatdan 
tabaqalashishini ilmiy va uslubiy tomon-dan asoslash zarurati oshib bormoqda. Bu 
esa, ushbu xo‘jaliklarni ko‘p tarmoqli korxonalarga aylantirishga xizmat qiladigan 
adolatli soliq solish, investitsiya, ishlab chiqarish samaradorligini rag‘batlantirish, 
yerdan foydalanuvchining manfaatdorligi kuchayishi, shuningdek innovatsion 
rivojlanish jarayonlariga ijobiy ta’sir qiladi, albatta.
Ayni shuning uchun ham, bizningcha, yerning “me’yoriy qiymati”ni baho-
lashda avvalo undan qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining qanday muammo-larini 
echishda foydalanish mumkinligiga e’tibor berish lozim. Masalan, bugungi kunda 
qishloq xo‘jaligi yerlarining “me’yoriy qiymati”ni baholash natijalaridan faqat 
79
Сагайдак А. Земельная собственность и рента (Рыночная экономика для всех). -М.: «Агропромиздат», 
1991. – 80 с. 


281 
yagona yer solig‘i tizimini shakllantirishda foydala-nilmoqda. 15.1–sxemada 
yerlarning “me’yoriy qiymati”ning ko‘pfunksiya-liligini ta’minlash uslublari 
yuzasidan takliflar berilgan.
Mustaqillik yillarida yer solig‘iga tortish tartib-taomillari yerdan, ayniqsa 
qimmatli sug‘oriladigan yerlardan maqsadli va samarali foydalanishni to‘g‘ri 
tashkil qilish va boshqarish nuqtai nazardan amalga oshirila boshlandi. 1990 yilda 
qabul qilingan “Yer to‘g‘risida”gi, 1993 yilda qabul qilingan “Yer solig‘i 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari o‘sha davrning eng murakkab va 
ziddiyatli muammolaridan hisoblangan yer va u bilan bog‘liq bo‘lgan soliq 
munosabatlarini o‘zgartirishning dastlabki huquqiy me’yorlarini aks etgan bo‘lsa, 
1997 yilda O‘zbekiston Respublika-sining Soliq kodeksi, 1998 yilda esa Yer 
kodeksi qabul qilinishi mam-lakatimizda yer-soliq munosabatlari tizimining 
ta’sirchan va samarali tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy mexanizmlari shakllanishi 
uchun 
mustahkam


282 

Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish