So‘ngi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solishga


 – sxema. Konsepsiyani amalga oshirish uchun ishlab chiqilishi zarur bo‘lgan



Download 5,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/76
Sana01.06.2022
Hajmi5,06 Mb.
#624677
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76
Bog'liq
Davronbek

17.4. – sxema. Konsepsiyani amalga oshirish uchun ishlab chiqilishi zarur bo‘lgan 
O‘zbekiston Respublikasining qonun loyihalari
91
91
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган 
K
o
n
se
p
si
y
an
i ama
lg
a oshi
ri
sh
uc
hu
ni
sh
la
b c
hi
qi
li
sh
i zar
ur b
o’
lg
an
O
’z
be
ki
st
on
Re
sp
ub
lik
as
i q
on
un
lo
y
ih
al
ar
i:
Yer tuzish munosabatlari ishtirokchilarini, shahar va boshqa aholi yashash joylarida hamda ichki va xo’jaliklar aro yer tuzishni 
o’tkazish tartibini, manfaatdor shaxslar bilan yer tuzishni o’tkazadigan tashkilotlarning o’zaro munosabatlarini, yer tuzish ishlarini 
o’tkazishda davlat ishtirokining shakllarini, yer tuzish loyihalarini tasdiqlash tartibini belgilash yuzasidan me’yorlarni aks 
ettiradigan «Yer tuzish to’g’risida»
Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarni tasarruf qilish, ularga egalik qilish va ulardan foydalanish munosabatlarini tartibga 
solish, bu borada qoida va cheklovlarni belgilash,huquqlarning vujudga kelishi yoki bekor qilinishi, davlat mulkida bo’lgan yer 
uchastkasini berish, shuningdek uni davlat mulkiga olib qo’yish shartlarini aniqlash va joriy qilish maqsadida «Qishloq xo’jaligiga 
mo’ljalallangan yerlardan foydalanish to’g’risida » (5-ilovada muallif tomonidan ishlab chiqilgan namuna keltirilgan)
Davlat mulkida bo’lgan yerlarni respublika mulki va ma’muriy-hududiy bo’linmalar mulki ob’ektilari bo’yicha ajratishning shart va 
tartib-qoidalarini tartibga solishni, respublika yer mulkini boshqarish organlari tizimini va tasarruf etish tartibini belgilash, 
respublika yer mulki ob’ektlarini ma’muriy-hududiy bo’linmalar mulkiga o’tkazishningtartib va shartlarini hamda ma’muriy-
hududiy bo’linmalar yer mulkini respublika yer mulkiga o’tkazish tartib va shartlarini belgilash yuzasidan me’yorlarni aks 
ettiradigan «Davlat yer mulkini ajratish to’g’risida»
Tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va takror ishlab chiqarishning huquqiy asoslarini, shuningdek almashlab ekishni joriy qilish 
va o’zlashtirish, toshloq tuproqlarni tozalash, yerlarni rekultivatsitya qilish ва ўзлаштириш, тошлоқ тупроқларни тозалаш, 
ерларни, tuproq unumdorligini yaxshilash bo’yicha eroziyaga qarshi, meliorativ va boshqa tadbirlarni amalga oshirishni, tuproq 
unumdorligini pasaytirish oqibatida ko’rilgan zararni aniqlash, tuproq unumdorligini pasaytirgan yuridik va jisminiy shaxslarga 
nisbatan javobgarlik choralarini belgilash yuzasidan me’yorlarni aks ettiradigan «Tuproq unumdorligi to’g’risida»
Yer uchastkalarini bozor va kadastr (me’yoriy) qiymatini aniqlash tartib-taomillarini, baholashni zonalashtirish tamoyillarini, 
yerlarni baholash tizimini yaratishni, yerlarni baholovchilarning huquqiy maqomini, ularning davlat idoralari va manfaatdor 
shaxslar bilan o’zaro munosabatlarini belgilash yuzasidan me’yorlarni aks ettiradigan «Yerlarni baholash to’g’risida»
Aholi yashash joylaridagi yerlardan foydalanish huquqiy rejimini, ular oboroti tartibini belgilash yuzasidan me’yorlarni aks 
ettriadigan «Shahar va boshqa aholi yashash joylari yerlari to’g’risida»


328 
 
Yer resurslaridan foydalanish tizimini erkinlashtirish strategiyasini amalga 
oshirish albatta birinchi galda samarali va ta’sirchan faoliyat yurituvchi yer 
resurslarini boshqarish organlari tizimining mavjudligiga bog‘liq. Ma’lumki, 
mamlakatimiz yer resurslarini boshqarishdagi yagona davlat siyosati O‘zbekiston 
Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, karto-grafiya va davlat kadastri davlat 
qo‘mitasi (“Yergeodezkadastr”) va uning viloyatlardagi hududiy organlari 
tomonidan amalga oshiriladi.
Binobarin, hozirgi bosqichda mamlakatimizda yer munosabatlarini davlat 
tomonidan tartibga solishni yanada kuchaytirish uchun: 

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat 
kadastri davlat qo‘mitasi hududiy organlarining moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash, ularda davlat boshqaruvining asosiy funksiyasini saqlab qolish, 
me’yoriy-uslubiy faoliyatni zamon talablari asosida rivoj-lantirish, yerlardan 
foydalanish va himoya qilishda davlat nazoratini yanada kuchaytirish, yer tuzishni 
o‘tkazishning tashkiliy jihatlarini takomillash-tirish, mamlakatimizning barcha 
hududlarida davlat yer kadastrini yuritish-ni kengaytirish va yerlarning 
monitoringini amalga oshirishning doimiy-ligi va tizimliligini ta’minlash; 

mamlakatimizning barcha hududlari bo‘yicha to‘liq va ob’ektiv ma’lumot 
olishni ta’minlash maqsadida yer resurslari to‘g‘risidagi ma’lu-motlarning tumanlar 
darajasida shakllanishini hisobga olgan holda mamlakatimiz yer resurslarini 
boshqarish bo‘yicha davlat vakolatlarini amalga oshiruvchi asosiy bo‘g‘inlardan 
hisoblanadigan yer resurslari va davlat kadastri bo‘yicha tumanlar (shaharlar) 
bo‘limlarini ularning shtatlarini kengaytirgan (3- 4 kishidan kam bo‘lmagan) holda 
mustahkamlash;

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi markaziy apparati tarkibida yuridik 
bo‘limni, hududiy bo‘limlarida esa yuridik xizmatni tashkil etish;

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tizimida kadrlarni takror tay-
yorlash va mutaxassislar malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish va amalga 
oshirish kabi tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish dolzarb hisoblanadi. 


329 
 
Ayniqsa, yer resurslarini davlat tomonidan boshqarish tizimida qish-loq 
xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini 
saqlash va takror tiklash borasidagi davlat siyosatiga alohida e’tibor qaratish lozim. 
Bunda melioratsiya masalalarida, qishloq joylarda yer – agrar islohotini amalga 
oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda, yer qonunchiligi borasida 
Qishloq xo‘jaligi vazirligining roli-ni oshirish maqsadga muvofiqdir. Bunda albatta: 
- yer qonunchiligi bo‘yicha qonunbuzarliklarning oldini olish yuzasidan 
profilaktika ishlarini va yerdan foydalanish hamda muhofaza qilishni davlat 
tomonidan nazorat qilish organlarining faoliyati to‘g‘risida aholini xabardor qilish 
masalalarini kuchaytirish; 
- yerdan maqsadsiz va samarasiz foydalanish natijasida keltirilgan zararni 
aniqlash va qoplash mexanizmini amalga oshirish va takomillashtirish; 
- yerdan foydalanish va muhofaza qilishni davlat tomonidan nazorat qilish 
organlarining prokuratura, adliya, ichki ishlar va boshqa nazorat qiluvchi organlar 
bilan hamkorligini yer qonunchiligiga rioya qilish bo‘yicha qo‘shma maqsadli 
tekshirishlarni o‘tkazish yo‘li bilan mustahkamlash va takomillashtirish chora-
tadbirlarining ta’sirini kuchaytirish va samara-sini oshirish lozim deb hisoblaymiz. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi «Yerlarni 
muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish yuzasidan nazo-ratni kuchaytirish, 
geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlarini 
yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘ri-sida»gi PF-5065-sonli Farmoni
92
va 
shu sanadagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va 
davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish choralari 
to‘g‘risida»gi PQ-3024-sonli Qarori
93
yer resurslaridan foydalanish tizimini 
erkinlashtirishning tash-kiliy-iqtisodiy mexanizmlari
 
va bu borada respublikamizda 
yagona davlat siyosatini amalga oshirishning asoslarini yaratib berdi. 
Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi sohasida, xususan yer 
resurslaridan foydalanishda iqtisodiy-huquqiy islohotlarni amalga oshi-rish agrar 
92
www.Norma
.uz
93
www.Lex
.uz 


330 
 
sohaning respublikamiz iqtisodiyotida, uning barcha tarmoqlarida islohotlarni 
amalga oshirishda etakchi rol o‘ynashi belgilab qo‘yildi. Kelajakdagi iqtisodiy 
taraqqiyot ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash hamda yer resurslarini boshqarish - yer 
resurslarini o‘rganish va ularni kar-talarga tushirish, yer monitoringi va yer 
kadastrini yuritishni, yerdan samarali foydalanishni bashoratlash, rejalashtirish va 
loyihalashtirishni, yerlarni muhofaza qilishni nazorat qilish kabi asosiy 
yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Yer resurslaridan foydalanish tizimini yanada erkinlashtirish maqsa-dida 
yerdan foydalanish tizimi davlat tomonidan boshqarilishini ta’min-lash va ayni 
paytda davlat va yerdan foydalanuvchilar ehtiyojlarini hisobga olish o‘ta muhim 
masala bo‘lib, shu asosida yer resurslarini boshqarishning davlat va bozor 
mexanizmi tizimlarini ishlab chiqish va rivojlantirish talab etiladi. Ayni shu 
ma’noda, yer resurslaridan foyda-lanishda yagona davlat siyosatini amalga 
oshirishning istiqboldagi asosiy yo‘nalishlari 17.5 – sxemada keltirilgan. 
Zamonaviy talablarga javob beradigan davlat yer kadastrini yuritish ishlarini 
takomillashtirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim: 
- yerga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy huj-jatlar 
ishlab chiqishni ta’minlash; 


331 
 

Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish