Mustaqil o‘rganish uchun savollar
1. Yer mulkchiligining iqtisodiy mazmuni, ahamiyati, uning mamlakat mulk
tizimidagi o‘rni nimalardan iborat?
2. Yer mulkchiligining vazifalari bilan iqtisodiy rivojlanishning o‘zaro
bog‘liqligini tushuntiring.
3. Yer mulkchiligining shakllari, ularning xususiyatlari nimadan iborat
4. Yerga davlat mulchiligiining mazmun-mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlarini
tushuntiring.
5. Yerga xususiy mulkchilikning mazmun-mohiyati va o‘ziga xos xususiyalarini
tushuntiring.
6. Yer mulkchiligi xarakterini belgilovchi omillar xarakterini tushuntiring.
7. O‘zbekistonda yer mulkchiligi rivojlanishida mavjud muammolarning
mazmuni va sabablarini tushuntiring.
8. Yer mulkchiligi bilan yerdan foydalanish tizimi, yer kadastri, geoaxborot
tizimlari, hududlarni tashkil etish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi nimadan
iborat?
9. Yer mulkchiligini realizatsiya qilish mexanizmi, uning mazmuni va
takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar nimalardan iborat?
10. Yer mulkchiligi yuzasidan xalqaro tajribalarning o‘ziga xos jihatlari
nimadan iborat?
212
12. YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISH, UNING
VAZIFALARI VA USLUBLARI
Bozor sharoitlarida yerdan yanada samaraliroq foydalanishni ta’min-lash
hamda rag‘batlantirish uchun uning doimiy va to‘xtovsiz takror taqsimla-nishi
kuzatiladi. Bunday takror taqsimlash asosan yer uchastkalarini xarid qilish – sotish
orqali bo‘ladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda yer bozori shakllanmoqda va yer
bilan bog‘liq bitimlar soni ko‘payib bormoqda va bunda yirik shaharlarda
ko‘chmas mulkning narx – navosi o‘sib borishi ham muhim rol o‘ynamoqda.
Hozirgacha mablag‘larni qo‘yishning eng daromadli sohasi uy-joy ko‘chmas
mulkini xarid qilish va uni keyinchalik sotish bo‘lsa, endi esa mablag‘ni yer
uchastkasini xarid qilishga qo‘yish aksariyat jihatdan foydaliroq hisoblanmoqda.
Biroq, yerga bo‘lgan xususiy mulk huquqining bo‘lmasligi hamda ko‘chmas mulk
egalariga huquqiy kafolatlarning yo‘qligi yer bozorining jadal rivojlanishi uchun
to‘sqinlik qiladi.
Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10
yanvardagi “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5623 son Farmoniga ko‘ra, urbanizatsiya jarayonlarining davlat
tomonidan samarali tartibga solinishini ta’minlash hamda yer uchastkalarining
aylanmasi va ulardan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish
maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar uchun turar joy va noturar joy bino va
inshootlar ostidagi yer uchastkalariga egalik qilish huquqini amalga oshirishni
kafolatlash, yer uchastkalarini fuqarolik muomalasiga kiritish uchun shart-
sharoitlar yaratish belgilangan va 2019-yil 1-iyuldan yuridik shaxslar –
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari ularga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan
yoki ular tomonidan xususiylashtirilayotgan bino va inshootlar, sanoat
infratuzilmasi ob’ektlari joylashgan yer uchastkalarini, shuningdek ularga tutash
hududlardagi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi
yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga egaligi, jismoniy shaxslar –
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ularga yakka tartibda uy-joy qurish va turar
213
joyga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish
huquqiga egaligi, yer uchastkalarini xususiylashtirish jismoniy va yuridik
shaxslarning arizalari asosida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan
amalga oshirilishi, xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk (fuqarolik
muomalasi ob’ektlari) hisoblanishi va daxlsizligi, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq davlat tomonidan muhofaza qilinishi,
yer uchastkalarini xususiylashtirish faqatgina kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan
holda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadigan miqdorlarda pullik asosda amalga oshirilishi, “Qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunni qabul
qilish, xususiylashtiriladigan yer uchastkalari uchun tabaqalashtirilgan to‘lovlar
miqdorlari, shuningdek ularni to‘lash tartibini belgilovchi hukumat qarorini qabul
qilish, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi
Urbanizatsiyani
rivojlantirish
jamg‘armasiga
yer
uchastkalarini
xususiylashtirishdan tushadigan barcha mablag‘larni jamlash, keyinchalik tushgan
mablag‘larni jamlagan holda zarur infratuzilmalarga ega yer uchastkalarini auksion
savdolari orqali sotish, ipotekani kreditlashning yangi shakllarini ishlab chiqish va
joriy etish, o‘rta va uzoq muddatli ipoteka obligatsiyalarini chiqarish hamda ularni
institutsional investorlar orasida joylashtirish orqali ipoteka bozorini rivojlantirish,
shuningdek milliy ipoteka bozorini rivojlantirish maqsadida xalqaro moliya
institutlari mablag‘larini jalb qilish kabi O‘zbekistonda yer aylanmasini tashkil
qilishning prinsipial nuqtai nazardan yangi va ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishning sifat
jihatidan yanada yuqori darajasini ta’minlashga qaratilgan qoida va mexanizmlar
belgilab berilgan.
Ushbu Farmonning qabul qilinishi munosabati bilan xususiylash-tirilgan yer
uchastkalari oboroti chegaralanmaydi, ular harid qilish – sotish, ayirboshlash,
hadya qilish, meros, ijara va garov ob’ektlari bo‘lishi mumkin. Lekin, yer
uchastkalarini ajratishning amaliyotdagi tizimi yerga bo‘lgan huquqning
214
cheklanganligi munosabati bilan korxonalarga mavjud yerning bozor oborotidan
to‘liq foydalanish imkoniyatini bermas edi. Bir tomondan, korxona davlat
hokimiyati organlarining yer uchastkasini doimiy foydalanishga berish
to‘g‘risidagi u bilan tuzilgan shartnomani xohlagan vaqtda bekor qilmasligi
haqidagi ishonchli va mustahkam kafolatga ega emas edi. SHuning uchun
foydalanishga berilgan yer uchastkasiga katta miqdorda mablag‘ni investitsiya
qilishga xavfsirar edi. Boshqa tomondan, ko‘p mulkdorlar bino va inshootlar
ko‘rinishidagi ishlab chiqarish quvvatlarini xususiylashtirish paytida avtomatik va
bepul yer uchastkalarini doimiy foydalanishga olishdi, bu yerlar o‘nlab, hattoki
yuzlab gektarni tashkil qilib, turli xil sabablarga ko‘ra bunday yerlardan samarali
foydalana olmayaptilar. Natijada ko‘p miqdordagi ishlab chiqarish maydonlari
foydalanishdan chiqarilgan, chunki investitsiya qilishga tayyor boshqa
tadbirkorlarning bunday yerlarni olishga yo‘li va imkoni chegaralangan edi.
Respublikaning ko‘p shaharlarida sanoat zonalari noproporsional katta
salmoqqa ega. Toshkent shahrida uning maydoni umumiy qurilish maydonining
qariyb 14,0% ni, turar-joy qurilish maydonlarining 2/3 qismini tashkil etadi.
Shahar markazidan 7 - 8 km radiusda infratuzilmasi yaxshi rivojlangan eng qimmat
yerlar sanoat korxonalari bilan band qilingan. Ushbu jihatga muvofiq, yer
munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan qator amaliy tadbirlar ishlab chiqilgan
bo‘lib, ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- birinchidan, shunday tartib o‘rnatilganki, unga muvofiq, O‘zbekiston
Respublikasining yuridik shaxslari - mulkiy huquq asosida o‘zlariga qarashli yoki
ular tomonidan xususiylashti-riladigan bino va inshootlarni, ishlab chiqarish
infratuzilmasi ob’ekt-lari joylashgan yer uchastkalarini, shuningdek mazkur
ob’ektlarga tutash yer uchastkalarini qo‘llaniladigan texnologiya jarayonlari,
shahar qurilishi norma va qoidalarini hisobga olgan holda, ishlab chiqarish
faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan miqdorda xususiylashtirish
huquqiga ega bo‘ladilar. Bunda yer uchastkalarini xususiylashtirish bozor
215
qiymatidan kelib chiqib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkka egalik
huquqini rasmiylashtirgan holda ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi;
- ikkinchidan, xususiylashtirilmagan, O‘zbekiston Respublikasining yuridik
shaxslari – rezidentlari tomonidan doimiy foydalanib kelinayot-gan yer
uchastkalari ellik yilgacha, ammo o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan uzoq muddatli
ijaraga takrordan rasmiylashtirilishi;
- uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari – rezidentlariga
yakka tartibda uy-joy qurish va turarjoy binosiga xizmat ko‘rsatish uchun
ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqi berilgan. Bu xuquq
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilingan paytda amalda
egallab turilgan va o‘rnatilgan tartibda berilgan kadastr hujjatlarida belgilangan
chegara va miqdorda doimiy foydalanish yoki umrbod meros qilib qoldiriladigan
egalik huquqi bilan uchastkalarga ega bo‘lgan fuqarolar tomonidan ixtiyoriylik
asosida, yer uchastkalarini yakka tartibda uy-joy qurilishiga kim oshdi savdosi
asosida qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda sotish chog‘ida, tomonlar –
ko‘chmas mulkni begonalashtirayotgan yoki sotib olayotgan (qabul qilayotgan)
shaxsning ahd-lashuvi bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joyni sotish yoki hadya etish
(yaqin qarin-doshlar bundan mustasno) chog‘ida majburiy tartibda amalga
oshiriladi. Bevosita iqtisodiyot va yerdan foydalanuvchilar uchun yerga bo‘lgan
xususiy mulkchilikni joriy etishning afzallik tomonlari va ijobiy samarasi 12.1 –
sxemada ifodalangan.
Yer uchastkalarini xususiylashtirishda mavjud bino-inshootlarning real qiymatini
to‘liq aks ettirish va noqonuniy hamda maqsadsiz o‘zlashtirishning oldini olish
muhim rol o‘ynaydi. Shu nuqtai nazardan ham, ushbu jarayonda, avvalambor,
yuridik shaxslarga tegishli bino va inshootlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini
xususiylashtirish hamda bozor qiymatini va bino va inshootlar bilan band bo‘lgan
yer uchastkalari, shuningdek ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun
zarur bo‘lgan ularga tutash uchastkalarning chegaralarini belgilash, yakka tartibda
uy-joy qurish va turarjoy binosiga xizmat ko‘rsatish uchun beriladigan yer
216
uchastkalarini xususiylashtirish va ularning bozor qiymatini aniqlash hamda yer
uchastkalarini ijaraga berishning huquqiy va iqtisodiy asoslari
shakllantirilmog‘i lozim.
Bunda yer uchastkalarini doimiy foydalanishga, merosga umrbod egalik
qilish va ijaraga, savdo hamda xizmat ko‘rsatish ob’ektlari ostidagi yer
uchastkalarini xususiylashtirishga berish (sotish)ga alohida yondashish zarur.
Jumladan, yer uchastkalarini xususiylashtirishda fuqarolar va yuridik shaxslar
uchun rag‘batlantiruvchi va tartibga soluvchi tadbirlar, xorijiy investorlar uchun
esa bazaviy bozor qiymatidan past bo‘lmagan boshlang‘ich qiymat bilan
investitsiya majburiyati ostida amalga oshirilishi lozim.
Yerni xarid qilish xarajatlarini mahsulot tannarxiga kiritish mumkin
emasligi va u korxona uchun sezilarli moliyaviy yuk ekanligini hisobga olib,
yuridik shaxs tomonidan yer uchastkasini xususiylashtirish yuzasidan to‘lov
muddatini 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirish, tendyer yoki tanlov
bo‘yicha investitsiya majburiyati bilan sanoat ishlab chiqarishini tashkil etayotgan
xususiylashtirilgan yoki xususiylashtirilayotgan yuridik shaxslar uchun esa, 5
yilgacha muddat berish mexanizmidan foydalanish imkoniyatini yaratish lozim.
217
Do'stlaringiz bilan baham: |