So‘ngi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solishga



Download 5,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/76
Sana01.06.2022
Hajmi5,06 Mb.
#624677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
Davronbek

1

“YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI” FANINING PREDMETI, 
MAQSADI, VAZIFALARI VA USLUBLARI. FANNING IQTISODIYOT 
FANLARI TIZIMIDAGI O‘RNI 
 
“Iqtisodiyot” fani iqtisodiyot va uning tarkibidagi alohida sohalarning o‘ziga 
xos aniq yo‘nalishlari (masalan, yerdan foydalanish iqtisodiyoti, qishloq xo‘jaligi 
iqtisodiyoti), faoliyat turlari (soliq, byudjet, biznes va tadbirkorlik), boshqaruv 
vazifalari (bashoratlash, rejalashtirish va loyihalash), ishlab chiqarish omillari 
(mehnat, kapital (investitsiya) iqtisodiyoti), mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhi 
(transmilliy yoki mintaqaviy iqtisodiyot), alohida muammolar (ko‘chmas mulk 
iqtisodiyoti, xususiylashtirish va yer bozori) borasidagi amaliy bilimlarning asosi 
bo‘lgan iqtisodiy nazariyani o‘z ichiga oladi. 
“Yerdan foydalanish iqtisodiyoti” tushunchasi ma’lum bir tamoyillar va 
qoidalar talablari doirasida yerni tasarruf qilish, unga egalik qilish va undan 
foydalanish jarayonida ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, 
ayirboshlash va iste’mol qilish yuzasidan yerda ijtimoiy-iqtisodiy, xo‘jalik 
faoliyatini yuritish natijasida jamiyat va iqtisodiyot uchun zarur ne’matlarga 
bo‘lgan ehtiyojlarni ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni ifodalaydi. 
Zamonaviy sharoitda “yerdan foydalanish iqtisodiyoti” ikki xil, ya’ni:
aniq bir mamlakat (mamlakatlar guruhi, jahon)ning alohida tarmoqlar 
majmuasi (ishlab chiqarish iqtisodiyoti, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va h.k.)ni o‘z 
ichiga olgan iqtisodiyot ma’nosida;
kishilarning xo‘jalik faoliyati, uning qonuniyatlari, aniq shart-sharoitlari, 
ishlab chiqarishning tarkibiy qismlari (aholi joylashuvi, mehnat, boshqarish)ni 
o‘rganuvchi fan ma’nosida qo‘llanadi.
“Yerdan foydalanish iqtisodiyoti” tushunchasi tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, ekologik, texnologik va hududiy munosabatlar va mexanizmlarning 
murakkab tizimini anglatib, yer resurslaridan foydalanish jarayonining moddiy va 
abstrakt yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.


12 
Yerdan foydalanish iqtisodiyoti asoslari jamiyat va iqtisodiyotda yerni 
tasarruf qilish, yerga egalik qilish, yerdan foydalanish shakllari, yerni takror ishlab 
chiqarish sikli va uning davrlari, yer munosabatlarini tartibga solishda iqtisodiy 
jihatlarning ustuvorligi, yerdan foydalanishning iqtisodiy tamoyillari, tarmoqlar, 
sohalar, hududlar bo‘yicha yerlarning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, qishloq 
xo‘jaligi yer turlari, yer ijarasi munosabatlari, yer rentasi, yerning narx 
ko‘rinishidagi bahosini belgilash, yer resurslari uchun to‘lovlar (yer solig‘i va yer 
ijarasi haqi), ipoteka kreditlari, yerdan foydalanishni boshqarishning iqtisodiy 
vazifalari, yerni xususiylashtirish, yer bozori, yerning investitsiyaviy xususiyatlari, 
yer resurslaridan foydalanish samaradorligi kabi ko‘plab muhim iqtisodiy 
kategoriyalardan tarkib topgan. 
Yerdan 
foydalanish 
iqtisodiyoti 
“barqaror rivojlanish”, “barqaror 
foydalanish” kabi tushunchalar bilan uzviy bog‘liq. Yerdan “barqaror 
foydalanish” deyilganda, yerdan foydalanishning nafaqat hozirgi zamon 
ehtiyojlarini qondiruvchi shakllari va turlari, balki kelajak avlodlarning ham o‘z 
ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatlari nazarda tutiladi. Shu bilan bir qatorda, 
hozirgi bosqichda va kelajakda jamiyatning barcha tabaqalari hayot kechirishi va 
iqtisodiyotning “barqaror rivojlanishi” uchun zarur ehtiyojlarni qondirishi asnosida 
yerdan “barqaror foydalanish” jarayoni atrof muhitni muhofaza qilish maqsadida 
jamiyat va iqtisodiyot tomonidan ayrim cheklashlarni ham o‘z ichiga oladi. 
Yerdan foydalanish iqtisodiyoti rivojlanishining darajasi – yerdan barqaror 
foydalanishning pirovard natijasi bo‘lib, bunda yer o‘zining tabiiy va iqtisodiy 
resurs, xo‘jalik yuritish va ko‘chmas mulk ob’ekti sifatidagi asoslarini saqlab 
qoladi. Hozirgi bosqichdagi yerdan foydalanish tizimining darajasining samarasiz 
bo‘lishiga sabab, u nafaqat jamiyat va iqtisodiyot manfaatlariga, balki tabiat 
qonunlari talablariga ham to‘liq javob bermayotganligi bo‘lib, amaliyot 
ko‘rsatishicha, yer resurslarining degradatsiyasi (tanazzuli)ga olib kelmoqda.
Shuning uchun ham yerdan foydalanishning shunday tizimi zarurki, u bir 
vaqtning o‘zida ham aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishni (oziq-ovqat, 


13 
kiyim-kechak va boshqa moddiy ne’matlar, mehnat bilan band bo‘lishi uchun 
yetarli yer resurslari) yaxshilashga, ham tabiiy xilma-xillikni (tabiiy tizimlarning 
o‘zaro mutanosibligi, atrof-muhitning saqlanishi) ta’minlashga, iqtisodiyot 
tarmoqlari va hududlari, shuningdek ijtimoiy sohalarning yer resurslariga bo‘lgan 
ehtiyojlarini qondirishga (sanoat, transport, tadbirkorlik faoliyati, infrastruktura 
tarmoqlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqalar), davlatning o‘z qonuniy vakolat 
va vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan yerlar bilan ta’minlashga, 
qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini va, eng avvalo, yerning mavjud 
unumdorligini (sifati, xo‘jalik, texnologik xususiyatlari) saqlab qolish va 
oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. 
Holbuki, manbalarni tahlil qilish hozirgi vaqtda nazariy va amaliy jihatdan 
yerdan foydalanish tizimi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida yetarli 
o‘rganilmaganligini, uning mohiyati to‘liq ochib berilmaganligini va ushbu 
tushunchaning aniq ta’rifi keltirilmaganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, O‘zbekiston 
Respublikasi Yer kodeksida yerdan foydalanish tizimi tushunchasi berilmagan. 
Ensiklopedik lug‘atlarda u o‘rnatilgan tartibda yerni ishlatish, ekspluatatsiya qilish 
tarzida talqin qilingan, ya’ni uning iqtisodiy-huquqiy jihatiga urg‘u berilgan. 
Ayrim hollarda yerdan foydalanish joyda aniq chegaralarga ega va muayyan 
sub’ektlarga foydalanish uchun berilgan yer uchastkasi sifatida talqin qilinadi, yer 
kadastrida esa, yerdan foydalanish deganda asosiy yer-kadastr birligi tushuniladi. 
Boshqa hollarda yerdan foydalanish tizimini yerni xo‘jalik maqsadida ishlatishning 
texnologik 
jarayoni 
sifatida 
tushuniladi. 
Mazkur 
tushunchalar 
yerdan 
foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy jarayon, uning muayyan tizimga ega ekanligini 
nazarda tutmagan cheklangan tushunchalar, yerning tabiatda, jamiyat va 
iqtisodiyotdagi keng qamrovli roliga javob bermaydi, deyish mumkin.
Yerdan foydalanishning aniqroq tushunchasini S.Tkachuk “Yerdan 
foydalanish bu – tabiat qonunlari bilan hamohang tarzda iqtisodiy qonunlardan 
ongli asosda foydalanish bilan ob’ektiv rivojlanadigan yer resurslardan 
foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy shakllari va ishlab chiqarish usullarining 


14 
yig‘indisidir”
1
deb ifodalaydi. Lekin hozirgi kunda ushbu ta’rif yetarli emas: 
yerdan foydalanishning tizimli jarayon ekanligi chetlab o‘tilgan bo‘lib, yerdan 
foydalanishning faqat ishlab chiqarish usullari aks etgan.
A.Chertovitskiy va A.Bazarovlar esa, yerdan foydalanish tizimiga yanada 
kengroq ta’rif berishga harakat qilishgan. Ularning ta’kidlashicha yerdan 
foydalanish tizimi bu - “jamiyat va tabiat rivojlanishi qonunlaridan ongli ravishda 
foydalanish asosida rivojlanadigan jamiyat tomonidan yer resurslaridan to‘xtovsiz, 
siklli, ko‘pmaqsadli foydalanish uslublari va ushbu jarayonni boshqarishning bozor 
usullari yig‘indisidir”
2
deyilgan.
Biroq, yerdan foydalanish tizimi tushunchasiga berilgan mazkur ta’rifda 
ayrim qarama-qarshi talqinlar mavjud. U hozirgi zamon yerdan foydalanish 
mazmunining barcha jihatlarini qamrab olmagan, ya’ni yerdan foydalanish tizimi 
muayyan munosabatlar ta’sirida bo‘ladi, uslub va usullar tegishli munosabatlarni 
taqozo va ifoda qiladi. SHuning uchun ham ushbu ta’rifni muayyan munosabatlar 
orqali ifoda qilish zarur. Qolaversa, ushbu ta’rifda faqat bozor usullari orqali 
boshqarish haqida aytilgan, lekin bozor sharoitida jarayonlarni boshqarish emas, 
balki ularni tartibga solish munosabatlari amal qilishini, bunda esa davlat usullarini 
nazarda tutish lozim. Boshqacha aytganda, yerdan foydalanishning tizimlilik 
xarakteri va uning mazmun-mohiyati jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa 
munosabatlar orqali namoyon bo‘ladi. Masalan, insoniyat barcha zamonlarda 
yerdan avvalambor moddiy ne’matlarga va yashash makoniga bo‘lgan o‘zining 
ehtiyojlarini qondirish uchun foydalangan. Demak, yerdan foydalanish birinchi 
navbatda ijtimoiy-iqtisodiy mazmunga egadir. Yerdan foydalanishning rivojlanishi 
va takomillashishi uni qonunchilik uslublari bilan tartibga solishni zarur qilib 
qo‘yadi va natijada yerdan foydalanishning huquqiy mazmuni vujudga keladi. 
Yerdan foydalanishning to‘xtovsiz xarakteri, yer resurslaridan tizimsiz va 
nooqilona foydalanish tabiatning yomonlashishiga olib kelishi bilan esa, yerdan 
1
Ткачук С.А. Управление земельными ресурсами (Вопросы общей теории): Учебное пособие. – 
Целиноград, ЦСХИ, 1986. – 92с. С.11. 
2
Чертовицкий А.С., Базаров А.К. Система землепользования Узбекистана. - Т: «Фан». 2007. – 415 с. 


15 
foydalanishning ekologik mazmunga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Yer bozorining 
rivojlanishi esa, yerdan foydalanishga bozor va fiskal tavsifni beradi va yerning 
jamiyatdagi munosabatlarning eng muhim ob’ekti sifatidagi rolini yanada yuqori 
darajada kuchaytiradi va hokozo. 
Mazkur holatlarning barchasi yerdan foydalanishning ob’ektiv, jamiyat va 
iqtisodiyot rivojlanishining zaruriy sharti ekanligini ifodalaydi. O‘z navbatida 
jamiyat va iqtisodiyot rivojlangan sayin yerdan foydalanishning ko‘pfunksiyalilik 
tavsifi murakkablashib boradi, yerdan foydalanishning shakllari va xarakteri 
o‘zgarib boradi, bu esa yerdan foydalanishning dialektik mohiyatini ifodalaydi, 
uning doimo rivojlanib boradigan, muayyan tendensiyalarga ega bo‘lib boradigan 
dinamik jarayon ekanligini bildiradi. Mazkur bilish esa, yerdan ko‘p maqsadli va 
ko‘p funksiyali foydalanishning asosiy jihatlari va jarayonlariga jamiyat va 
iqtisodiyotning doimiy o‘sib boruvchi ehtiyojlarini va tabiat, jamiyat va 
iqtisodiyotning uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga bo‘ysundiruvchi maqsadli va 
samarali ta’sir qilish imkonini beradi. 
Yerdan foydalanish tizimi va uni gavdalantiruvchi munosabatlar yaxlitlik, 
unsur, tizimosti, aloqalar, munosabatlar, tuzilma va boshqa tushunchalar bilan 
uzviy bog‘liqdir. Unga tizim sifatida nafaqat uni tashkil qiluvchi unsurlararo aloqa 
va 
munosabatlar mavjudligi, balki 
yerdan 
foydalanishning 
yaxlitligini 
ifodalaydigan mustahkam yagonalik ham xarakterlidir. Shu ma’noda murakkab 
tizimlarni, shu jumladan yerdan foydalanishni ham tadqiq qilishda tizimli tahlil va 
yondashuvni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Shu nuqtai nazardan 1.1 – rasmda yerdan foydalanish tizimi va uning 
elementlari ifodalangan. Unga ko‘ra, jamiyat va iqtisodiyot tomonidan yerdan 
foydalanishning turlari (shu jumladan, asosiy ishlab chiqarish vositasi (mehnat 
predmeti, mehnat quroli), ishlab chiqarish vositasi, makon asosi), yerdan 
foydalanish mexanizmlari (shu jumladan, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, rekreatsion), 
yerdan samarali foydalanishni ta’minlashning asosiy jihatlari (huquqiy, axborot-
tahliliy, tashkiliy-hududiy, texno-ekologik), yerni takror ishlab chiqarish sikli 


16 
(yerlardan ularning toifalari va turlariga ko‘ra foydalanish), jamiyat va iqtisodiyotda 
yer munosabatlarini tartibga solish (yer qonunchiligi, egalik shakllari va yerga 
bo‘lgan huquq turlari, shakllari, yerdan foydalanish sohasidagi normativ aktlar), 
yerlardan bevosita foydalanishni tartibga solish (davlat yer kadastriga oid axborot 
bilan ta’minlash, yer monitoringi yagona tizimi, yer tuzish, ishlab chiqaruvchi 
kuchlarni joylashtirish, yerlardan foydalanish va muhofaza qilishni nazorat qilish, 
yer resurslarini takror ishlab chiqarish) kabi elementlar tizimni tashkil etuvchilar 
sifatida ifodalangan. Ushbu elementlar bir vaqtning o‘zida ham alohida va ham 
o‘zaro uzviy bog‘liqdir. 

Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish