1.1. Simulink kutubxonasi - Simulink paketining yadrosi.
S- modellarning blok sxemalari asosida elementar bloklar o`rnatilgan bo`lib, ular blok-sxemani MATLAB muhiti bilan biriktiradi va unda S- modellar dastur tarzida shakllantirishni ta`minlaydi. Bu bloklar Simulink paketining Simulink deb ataluvchi bosh kutubxonasida joylashgan.
Simulink paketi bilan ishlashni MATLAB komanda oynasidan instrumentlar panelining mos tugmasini bosish orqali boshlash mumkin.
Natijada ekranda Simulink Library Browser (Brauzer bibliotek Simulink Brauzer kutubxonasi ) oynasi paydo bo`ladi.
1.1-rasm Simulink Library Browser oynasi.
Simulink paketining chap tomonida Simulink tarkibiga kiradigan kutubxonalar ro`yhati berilgan, o`ngtomnida bo`lsa, kutubxonaning mos bo`limlari bloklari berilgan. Simulink paketining yadrosi brauzerning birinchi qatorida ko`rsatilgan. Paketning boshqa kutubxonalari umuman kutubxona tarkibiga zarurligi bo`yicha kiritiladi.Ba`zi bir kutubxona tarkibini bilsh kerak bo`lsa, uning nomi ikki marta bosiladi.Kutubxonani bo`lak oynada ham ochish mumkin.
Buninguchun kutubxona nomiga sichqonchaning o`ng tugmasini bosib konteksli menyuni olamiz va ochish(OTKRЫT`) komandasini tanlaymiz.
Modellashtirilayotgan sistemaning blok-sxemasini tuzish uchun MATLAB komanda oynasidan Fayl-Nomer-Model` komandasini bajaramiz. Keyin ekranda yangi(bo`sh) untitled oyna paydo bo`ladi,unda modelning tuzilishi amalga oshiriladi.
1.2-rasm.Blokning tuzilishini amalga oshiruvchi oyna.
Oyna menyu qatoridan, irstrumentlar panelidan, va ishchi maydondan iborat. File (Fayl) menyusi MDL fayllari bilan ishlashda qo`llaniladigan komandalardan iborat. Edit (Pravka ) menyusi blok-sxemaning redaktrlanishi taminlovchi komandalardan; View (Vid) menyusi oynaning tashqi ko`rinishini o`zgartiruvchi komandalardan; Simulation (Modelirovanie) – modellashtirish protsessini amalga oshirish komandalari; Format (Format)- menyusi formatni redaktorlovchi komanda Tools (Instrumentы)-menyusi S-model `ilan ishlash uchun asoalangan, qo`shimcha servisli qurollar.
S- modelning blok-sxemasini tuzish shundan iborat, ya`ni tanlangan bloklarning grafik ko`rinishi kutubxona bo`limidan blok-sxema oynasiga sichqoncha yordamida almashtiriladi, keyin blok-sxemadagi ba`zi bloklar chiqishi boshqa bloklar kirishi bilan birikadi.( sichqoncha yordamida). Bloklarning birikishi quyidagicha bajariladi: Sichqoncha ko`rsatktchi kerakli blokning chiqishiga keltiriladi. (bunda ko`rsatma krest shaklida bo`lishi kerak), chap tugma bosiladi, uni yubormasdan ko`rsatma kerakli blokning kirishiga almashtiriladi, keyin tugma yuboriladi. Agar birikish to`g`ri bajarilsa, keyin blok kirishida qora rangdagi yo`naltiruvchi belgi ko`rinadi.
Modellashtirilayotgan tizimning ixtiyoriy blok- sxemasida signallarda generatsiyalovchi, bir-nechta blok- manbalar kiritilishi kerak, ular modellashtirilayotgan tizimning « harakatini» ta`minlaydi, bir yoki bir nechta blok- qabullovchilar tizimning chiquvchi signallari haqidagi ma`lumotlarga ega bo`lishni ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |