Yor taʼrifida ishlatilgan chiroyli soʻzlar, unga qaratilgan xushkalomu lutflar salmogʻi shunchalarki,
qoʻshilgani kabi: rangi aslo oʻzgarmagandek koʻrinadi, lekin suv sofligini yoʻqotgani haqiqat, eng
yomoni, bu hol sizu bizga oydek ravshan! Endi qandoq qilsak toʻgʻri boʻladi: osongina koʻzimizning
aldoviga ishonib “suv – sof” deb qoʻya qolsakmi… Yorni-ku qoʻya turaylik, oʻzgaga yomonlik
tilashdan qaytarilgan ummat boʻlsag-u, shoirimiz: “Soʻnggi soʻzlarimni eshit, ey makkor, Bir kuni
boʻlarsan itdan battar xor”, – deya xitob etsa, loaqal oʻsha ayol qachondir qalbida muhabbat
uygʻota olganining andishasini qilmasa?! Axir, bunaqa shafqatsiz “qargʻish”lar bosh harflar bilan
Olingan sheʼrlardagi kechinma ezgulikdan ham, goʻzallikdan ham yiroq. Poeziyaga daxldor
nur! – bu sheʼrni chinakam durdona sanashning birlamchi sharti. Hayotda mohiyati ezgulik ila
yovuzlik, ulugʻvorlik ila tubanlik, goʻzallik ila xunuklik orasida joylashgan turfa holatlarga duch
kelamiz – ularning birisi u tomon, boshqasi bu tomon tortib ketishi tayin. Sheʼriyat mulki bedarvoza
emas, ular sheʼrga faqat sanʼatkor qalbi orqali – ezgulikka yoʻgʻrilib, goʻzallik nuri bilan jilolanib kira
oladi. Bu darvozadan baʼzan ezgu, goʻzal boʻlmagan narsalar ham kiradi, lekin ular ezgulik va
goʻzallik nuri bilan shu qadar yoritiladiki – sazoyi boʻlganidan qochgani joy topolmay, xunukligi,
yovuzligini yashirolmay qolishadi. Shoir qalbi asalari uyasidagi qoʻriqchi arilar misoli. Aslida, bu
shoir qalbining zotiy xossasi. Faqat u shoir ilhom qanotida goʻzallik va ezgulik qonunlari ustuvor
IDEAL olamida yashay boshlagan ijod onlarida harakatga keladi. Shoir hayotda sizu bizdan hech
farq qilmasa-da, ijod onlari u koʻz ilgʻamas yuksaklikda boʻladi va chin sanʼatga doxil asarlar oʻsha
joyda turib yaratiladi. Demak, hamma gap oʻsha yuksaklikka koʻtarila olishda. Yoʻqsa, ijodga turtki
beruvchi narsa-hodisalaru qalbimizda oʻchmas taassurot qoldiruvchi holatlarga toʻliq roʻyi zaminda
hammamiz shoir boʻlib ketmasmidik?! Xullas, oʻsha yuksaklikka koʻtarilmasdan yaratilgan asarlar
haqida “qiyomiga yetmabdi”, “xomroq ekan” qabilidagi baholar beriladi, sababi, ularda sizu biz ham
koʻrib turgandan ortiq hech narsa yoʻq: ishlanmagan hayot materiali – ezgulikka yoʻgʻrilmagan,
goʻzallik nuri bilan jilolanmagan xom ashyo bor, xolos…
* * *
Katta oʻlchamda olinsa, soʻz erkinligi boʻgʻilgan sharoitga isyon oʻlaroq “Men shoirman istasangiz
– shu” hayqirigʻining baralla yangragani yaqinda edi. Oʻsmirlik chogʻi shu hayqiriq yuragimizda aks-
sado berib, ruhimizni quvvatlantirib turgan. Biroq, bugunimiz uchun bu gap mutlaqo toʻgʻri
kelmaydi! Axir, orada atigi bir yigit umricha fursat oʻtdi, xolos. Kechagina faqat shu mavqeda qalam
surganni shoir sanagan odam, nega bugun yosh qalamkashni ayni shu uchun qabul
qilolmayapman? Rosti, buni mushohada etaroq shuurimga “ruhim qaridimi?!” degan vahima indi.
Lekin bir narsaga amin boʻldim: soʻz erkinligining boʻgʻilishi fojia, biroq, mutlaq soʻz erkinligi
kulfatning oʻzginasi. Ajdodlarimiz soʻzni oʻqqa qiyos etib, uning qalbga jarohat yetkazishi
mumkinligidan bizlarni ogoh etgan. Shoir “koʻnglimda neki boʻlsa, barchasi boricha ifodalayman!”
deyishga haqli emas, chunki u shunchaki bir “quduq”qa gapirayotgani yoʻq – aytganlari minglab
qalblarga kirib boradi. Demak, shoir oʻzi xohlagan yoʻsinda emas – oʻquvchilarning milliy, axloqiy,
eʼtiqodiy qarashlari doirasida, ularning shaʼni, gʻururi, tuygʻularini orintirmaydigan tarzda
ifodalashga burchli. Soʻz erkinligi shu doira ichidagina yaratuvchi kuch, uning chegaralarini yorib
chiqqan ondan boshlab halokatlidir, chunki endi u milliy oʻzlik, koʻngil sofligi, eʼtiqod sobitligi, imon
butunligiga daxl qila boshlaydi.
Keyingi tahlillar masala ancha jiddiy ekanini koʻrsatadi. Quyidagi sheʼr “Bilaman, meniki boʻla
olmaysiz, Bilaman qalbingiz oʻzga bilan band” degan misra bilan boshlanadi-da, har bandi
oshiqning iltijosi – “Seni sevaman deng bir marta faqat” shaklidagi tarjeʼ bilan yakunlanadi. Seniki
boʻla olmas ekan qalbi oʻzga bilan band ekan, nega endi “sevaman” deyishi kerak?! Sheʼrning
davomida oshiq maʼshuqasini “oʻn besh yil”dan beri kutayotganini anglaymiz. Agar oʻn
besh yil
ilgari “sevilgan” boʻlsa, hozir seniki boʻla olmasa va qalbi oʻzga bilan band boʻlsa – u birovning
xotini ekan-da! Shunday ekan, birovning xasmiga koʻz olaytirishni “oshiqlik” sanash mumkinmi?
Axir, oʻzbekning axloqida bundaylar “oriyatsiz”, “xamiyatsiz” deb bilinadi-ku, asl erlar bundan hazar
qiladi-ku! Buni taqdir ayirgan sevgilisiga muhabbati hanuz soʻnmagan oshiq kechinmalari
tasvirlangan sheʼrlar sirasiga zoʻrlab ham qoʻshib boʻlmaydi. Shunchaki shahvoniy mayl, xohish…
“Ertaga dunyoning shuhratin yigʻib, Bir shirin baxt topmay oʻlmasin Ahad”. Lirik qahramon
maʼshuqasidan koʻra oʻzini koʻproq sevadi. Axir, alam qilmasinmi, “butun dunyo shuhratini yigʻib”
turgan boʻlsa-yu, shuginaga yetisholmasa, alamning zoʻridan yoriga “Bilmaysizda menga kimlar
zorligin” deya iddaolar qiladi.
Toʻplamlarni varaqlay turib, sheʼriyatga qoʻyiluvchi axloqiy talablar bekor boʻlib ketgan-u, kamina
bexabar qolgan degan oʻy kelaveradi:
Do'stlaringiz bilan baham: