BMI mavzusining o’rganilish darajasi. O’rta Osiyo davlatlari uzoq davrlar mobaynida Xitoy, Hindiston, Eron, Afg’oniston va Sharqdagi boshqa mamlakatlar hamda Rossiya davlati bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarda bo’lib keldilar. Ayniqsa, O’zbekistonning qo’shni davlatlar bilan hozirgi kundagi yaqin do’stona aloqalarining ildizlari ana o’sha uzoq tarixiy davrga borib taqaladi. Ma’lumki, XVI asrdan boshlab Osiyo hududida ikkita xonlik - Buxoro va Xiva xonliklari, XVIII asr boshlaridan esa uchinchi Qo’qon xonligi vujudga kelgan. Xususan asr 50-yillariga oid bo’lgan P.I.Nebolsin asarlarida O’rta Osiyo, xususan, Buxoro xonligining ichki va tashqi savdo aloqalari, pul tizimi xamda savdo aloqalarining muhim o’rin tutgan karvon yullari haqida ba’zi ma’lumotlar berilgan.
Xonliklardagi savdo munosabatlari tarixini yoritishda, D. I.Logofetning «Strana bespraviya», «Buxarskoe xanstvo pod russkim protektoratom», «V gorax i na ravninax Buxaro’», «Oroshenie Termeza», «Xlebnaya torgovlya i zapaso’ Vostochnoy Buxaro’», «V zabo’toy strane. Putevo’e ocherki po Sredney Azii», «Pochtovotelegrafno’e uchastki v Buxarskix vladeniyax» nomli asarlari muhim manba bo’lib xizmat qildi.
XVIII – XX asr boshlarida rus tilida yozilgan N. Veselovskiy, M. Venyukov, A. Semenov, N. Pavlov, M. Terentev, V. Nalivkin va boshqalarning ishlarida xonliklarning siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayoti bilan birga hunarmandchilik va savdo-sotiq aloqalari haqida ba’zi ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Yuqorida nomlari keltirilgan mualliflar ichida harbiylar, sayyoh va geograflar, mahalliy ma’murlar hamda olimlarni ko’rish mumkin. Ularning kitoblari O’rta Osiyo xonliklari tarixining turli qirralari va masalalarini o’rganish bo’yicha boy ma’lumotlar beradi.
Sovet davri va mustaqillik yillari davrida o’rganilayotgan mavzu tarixshunosligida R.Mukminovaning tadqiqotlarini alohida ta’kidlash o’tish joiz. Muallif xonliklar davridagi shaharlar hayotini birlamchi manbalar orqali chuqur o’rgangan, tahliliy ma’lumotlarni keltirib o’tgan1.
Mustaqillik davrida yaratilgan xonliklar tarixiga oid turkum adabiyotlar tashkil etadi, xonliklardagi hunarmandchilik va savdoning ahvolining ma’lum jihatlarini ilmiy xolislik, tarixiylik nuqtai nazaridan tadqiq etayotgan olimlardan H.Ziyoev, O’.Ahmadjonov, H.G’ulomov, H.Bobobekov, Sh.Vohidov, Q.Rajabov, N.Abdurahimova, G.Agzamovalarni2 ta’kidlash o’rinli.
G.Agzamova O’rta Osiyoning medievistik tarixini o’rganishda xonliklardagi savdo-sotiq va hunarmandchilik masalalariga ham qisman to’xtalib o’tgan, hunarmandchilikning xonliklarning ijtimoiy-iqtisodiy tarixida tutgan o’rnini manbalar tahlili orqali yoritib berishga harakat qilgan3.
Mustakillik davrida mavzuga oid yaratilgan asarlar, maqolalar va dissertatsiyalarda xonliklar tarixining ayrim masalalari chuqur, keng qamrovli, mahalliy va boshka toifadagi manbalar ma’lumotlari asosida yoritilganligi, sifat jihatidan oldingi davrlarda yaratilgan tadkikotlardan ajralib turishi bilan e’tiborga loyikdir. Birok, ularda o’rganilgan masalalar xonliklardagi hunarmandchilik va savdo munosabatlarining biror-bir jihati bilan o’zaro bog’liqlikda tadqiq etilmagan. Shuningdek , bu davrda ham xonliklardagi savdo munosabatlari tarixiga oid maxsus asar yaratilmaganligini kayd etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |