Bitiruv-malakaviy ishning nazariy va uslubiy asoslari. Mavzuni yoritish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ilgari surilgan Vatan tarixini manbalar asosida haqqoniy o’rganish, xolislik va tarixiylik tamoyillariga asosiy e’tibor qaratishga oid g’oyalari nazariy asos vazifasini bajardi. Mavzuni o’rganish jarayonida muammoni yangi tarixiy tafakkurning kontseptual nuqtai-nazaridan idrok etishga, tarixiy voqealar xarakterini ularning real mazmuni asosida, hozirgi zamon tarix fani talablari kontekstida ochib berishga asosiy e’tibor qaratildi. Tadkiqotni amalga oshirishda qiyosiy, tanqidiy, mantiqiy va xronologik, semantik va pragmatik tahlil usullaridan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |