T/r
|
Chora-tadbir nomi
|
Ijro muddati
|
Mas’ul ijrochilar
|
hokimliklar
|
idoralar
|
I. Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish loyihalarining manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash
|
1.
|
Viloyat ishchi guruh a’zolari va soha bo‘yicha viloyat tashkilotlar rahbarlarini tumanlarga amaliy yordam uchun biriktirish.
|
2020-yil 15-dekabr
|
Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazzaqov)
|
Norin-Sirdaryo ITHB (F. Sharipov), Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi (U. Jo‘rayev), tijorat banklari
|
2.
|
Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishga ko‘maklashuvchi tumanlar ishchi guruhlarini tashkil qilish.
|
2020-yil 15-dekabr
|
Tumanlar hokimlari
|
Tumanlar irrigatsiya bo‘limlari va qishloq xo‘jaligi bo‘limlari
|
3.
|
Tumandagi fermer xo‘jaliklari, klaster tashkilotlari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish yuzasidan amaliy uchrashuvlar o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori topshiriqlari va undan kelib chiqadigan vazifalar, berilayotgan imtiyozlar, shuningdek, ushbu texnologiyalarning samaradorligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berish.
|
2020-yil 15-dekabr
|
Tumanlar hokimlari
|
Tumanlar irrigatsiya bo‘limlari, Qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, tuman ishchi guruhlari
|
4.
|
2021-yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qiluvchi fermer xo‘jaliklari, klaster tashkilotlari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning (keyingi o‘rinlarda — talabgor) takliflarini tumanlar ishchi guruhlari tomonidan joylarda o‘rganish.
Yer uchastkasining meliorativ holati (tuproq sho‘rlanish darajasi, yer osti suv sathi), suv va elektr energiya ta’minoti hamda talabgorning moliyaviy holatini ta�lil qilish va xulosa berish.
|
2020-yil 20-dekabr
|
Tumanlar hokimlari
|
Tumanlar irrigatsiya bo‘limlari, Qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, Elektr tarmoqlari tumanlar bo‘limlari, tumanlar kadastr bo‘limlari
|
5.
|
Tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlar doirasida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish loyihalarining tumanlar manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
2020-yil 15-dekabr
|
Namangan viloyati hokimligi (A. Xakimov), tumanlar hokimlari
|
Norin-Sirdaryo ITHB (F. Sharipov), Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi (U. Jo‘rayev), tijorat banklari
|
6.
|
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish loyihalarining tumanlar manzilli ro‘yxatlarini umumlashtirish va viloyat hududiy manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash. Bunda 2021-yilda 8 ming 544 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish hamda sug‘oriladigan 13 ming 78 gektar maydonlarni lazerli uskuna yordamida tekislash orqali jami 21 ming 622 gektar maydonda suvdan foydalanish samaradorligini oshirish.
Jumladan 2021-yil yakuniga qadar viloyat bo‘yicha kamida:
3 230 gektar paxta, 3 590 gektar bog‘, 1 073 gektar uzum va 400 gektar boshqa ekinlar yetishtiriladigan maydonlarda tomchilatib sug‘orish;
23 gektar paxta maydonlarida pulsar sug‘orish tizimi;
228 gektar maydonda yomg‘irlatib sug‘orish tizimi;
13 078 gektar maydonlarni, shundan 1 000 gektar sholi yetishtiriladigan maydonlarni lazerli uskuna orqali tekislash ishlarini amalga oshirish.
|
2020-yil 20-dekabr
|
Namangan viloyati hokimligi (A. Xakimov)
|
Norin-Sirdaryo ITHB (F. Sharipov), Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi (U. Jo‘rayev) va kadastr boshqarmasi (I. Komilov)
|
II. Talabgorlar bilan pudratchilar o‘rtasida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari tizimini qurish bo‘yicha tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish
|
1.
|
Talabgorlar bilan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari tizimini quradigan pudrat tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — pudratchi), shuningdek, loyiha tashkilotlari rahbar-xodimlarining uchrashuvlarini o‘tkazish.
|
2020-yil 15-dekabr
|
Namangan viloyati hokimligi (A. Xakimov), tumanlar hokimlari
|
Norin-Sirdaryo ITHB (F. Sharipov), Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi (U. Jo‘rayev), viloyat ishchi guruhi
|
2.
|
Talabgorlar bilan pudratchilar o‘rtasida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari tizimini qurish yuzasidan tegishli shartnomalarni ishlab chiqish, ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqish hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish.
|
2020-yil 20-dekabr
|
3.
|
Talabgorlar yoki shartnomaga ko‘ra pudratchilar tomonidan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasi tizimini joriy qilish ishchi loyihalarini ishlab chiqish, tumanlar ishchi guruhlari tomonidan ko‘rib chiqish hamda talabgorlar tomonidan tasdiqlash.
|
2021-yil 1-fevral
|
Tumanlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari
|
Talabgorlar, pudratchilar, tumanlar ishchi guruhlari
|
4.
|
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari tizimlarini ishchi loyihalar asosida sifatli qilib qurish.
Talabgorlar va tumanlar ishchi guruhlari ishtirokida qurilgan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasi tizimini sinovdan o‘tkazish, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish hamda belgilangan tartibda foydalanishga topshirish.
|
Tasdiqlanadigan jadval asosida
|
Tumanlar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
|
Pudratchilar, talabgorlar, tumanlar ishchi guruhlari
|
5.
|
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari tizimlarini bir yil (sug‘orish mavsumi) davomida foydalanishda talabgorga texnik va agrotexnik yordam ko‘rsatish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf qilish.
|
Foydalanishga qabul qilingandan boshlab bir yil davomida
|
Tumanlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari
|
Pudratchilar, tumanlar ishchi guruhlari
|
6.
|
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilingan maydonlarga servis xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish hamda har bir tumanda kamida bitta suv tejovchi texnologiyalarni asbob-uskunalari va butlovchi qismlari savdo shoxobchasini tashkil qilish.
|
2021-yil 1-aprel
|
Tumanlar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari
|
Tumanlar ishchi guruhlari
|
III. Talabgorlar bilan xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari o‘rtasida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishni moliyalashtirish yuzasidan tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish hamda moliyalashtirish
|
1.
|
Talabgorlar bilan xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari (keyingi o‘rinlarda — tijorat banklari) rahbar-xodimlarining amaliy uchrashuvlarini o‘tkazish.
|
2021-yil 15-yanvar
|
Tumanlar hokimlari va ularning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari
|
viloyat ishchi guruhi, tumanlar ishchi guruhlari
|
2.
|
Talabgorlar bilan tijorat banklari o‘rtasida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari tizimini qurishga kredit ajratish va moliyalashtirish yuzasidan tegishli shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish.
|
2021-yil 20-yanvar
|
Tijorat banklari, talabgorlar
|
3.
|
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari tizimini qurishga bo‘nak va asosiy to‘lovlarni shartnoma sharti asosida amalga oshirish.
|
Tasdiqlanadigan jadval asosida
|
4.
|
Qurilish ishlariga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish yuzasidan belgilangan tartibda monitoring olib borish.
Mavjud muammolarni bartaraf qilishda ko‘maklashish.
|
Qurilish davomida
|
Tijorat banklari, talabgorlar, ishchi guruhlar
|
|