VI. Sug‘oriladigan yerlarni lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislash texnologiyasini joriy qilish
1.
|
Tumandagi fermer xo‘jaliklari, klaster tashkilotlari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan yerlarni lazerli uskunali tekislagichlar bilan tekislash texnologiyasini joriy qilish yuzasidan amaliy uchrashuvlar o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori topshiriqlari va undan kelib chiqadigan vazifalar, berilayotgan imtiyozlar, shuningdek, ushbu texnologiyaning samaradorligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berish.
|
2020-yil 15-dekabr
|
Tumanlar hokimlari
|
Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi (B. Boboqulov), Sirdaryo-Zarafshon ITHB (Sh. J�rayev), Tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, irrigatsiya bo‘limlari
|
2.
|
Lazer uskunali yer tekislagichlari mavjud bo‘lgan, shuningdek, yangi yer tekislagich xarid qiluvchi fermer xo‘jaliklari, klaster tashkilotlari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatini tuzish.
2021-yilda yerlarni lazerli uskunali tekislagichlar bilan tekislash texnologiyasini joriy qiluvchi, shuningdek, yangi yer tekislagich xarid qiluvchi fermer xo‘jaliklari, klaster tashkilotlari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning (keyingi o‘rinlarda — talabgor) takliflarini tumanlar ishchi guruhlari tomonidan o‘rganish.
Talabgorlarning moliyaviy holatini tahlil qilish va xulosa berish.
|
2020-yil 20-dekabr
|
Tumanlar hokimlari
|
Tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, irrigatsiya bo‘limlari, Agroinspeksiya bo‘limlari
|
3.
|
Tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlar doirasida yerlarni lazerli uskunali tekislagichlar bilan tekislash texnologiyasini joriy qilish loyihalarining, shuningdek, lazer uskunali tekislagich xarid qiluvchi talabgorlarning tumanlar manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
2020-yil 25-dekabr
|
Tumanlar hokimlari
|
Tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, irrigatsiya bo‘limlari, tumanlar ishchi guruhlari
|
4.
|
Yerlarni lazerli uskunali tekislagichlar bilan tekislash texnologiyasini joriy qilish loyihalarining, shuningdek, lazer uskunali tekislagich xarid qiluvchi talabgorlarning tumanlar manzilli ro‘yxatlarini umumlashtirish va viloyat hududiy manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash.
|
2020-yil 28-dekabr
|
Jizzax viloyati hokimligi (O. Ashurmatov)
|
Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi (B. Boboqulov)
|
5.
|
Talabgorlar bilan xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari o‘rtasida yerlarni lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislash, shuningdek, lazer uskunali yer tekislagichlar xarid qilish uchun kredit ajratish va moliyalashtirish yuzasidan tegishli shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda moliyalashtirish.
|
2021-yil 15-yanvar
|
Jizzax viloyati hokimligi (O. Ashurmatov)
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), tijorat banklari
|
6.
|
Talabgorlarga soha bo‘yicha malakali mutaxassislarni biriktirish hamda ularga yerlarni lazerli tekislagich bilan tekislash ishlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish.
|
2021-yil davomida
|
Jizzax viloyati hokimligi (O. Ashurmatov)
|
Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi (B. Boboqulov), Tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limlari
|
7.
|
Yerlarni lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislash ishlarni sifatli qilib amalga oshirish.
Talabgorlar va tumanlar ishchi guruhlari ishtirokida tekislangan yerlarni nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish hamda belgilangan tartibda foydalanishga topshirish.
|
Tasdiqlanadigan jadval asosida
|
Jizzax viloyati hokimligi (O. Ashurmatov)
|
Tumanlar ishchi guruhlari
|
8.
|
Talabgor tomonidan yerlarni lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish to‘g‘risida tumanlar ishchi guruhlariga murojaat qilish.
|
Tekislangan yerlar qabul qilingandan so‘ng ikki oy ichida
|
Tumanlar hokimlari
|
Talabgorlar, Tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, tumanlar ishchi guruhlari
|
9.
|
Talabgorlarning murojaatlarini tegishli hujjatlari bilan qabul qilish, umumlashtirish va viloyat ishchi guruhiga taqdim qilish.
|
Har 10 kunda
|
Jizzax viloyati hokimligi (O. Ashurmatov)
|
Tumanlar ishchi guruhlari
|
10.
|
Tumanlar hokimlarining yerlarni lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish to‘g‘risida murojaatlari bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish, joyiga chiqib o‘rganish hamda umumlashtirib Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim qilish.
|
Har 10 kunda
|
Jizzax viloyati hokimligi (O. Ashurmatov)
|
Viloyat ishchi guruhi
|
11.
|
Tumanlar hokimlarining yerlarni lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish, joyiga chiqib o‘rganish hamda belgilangan tartibda subsidiya ajratish.
|
Uch kun ichida
|
Jizzax viloyati hokimligi (O. Ashurmatov)
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)
|
12.
|
Yerlarni lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislash texnologiyasini joriy qilish ishlarining borishi hamda ularning samarasi va erishilayotgan natijalar bo‘yicha amaliy seminarlarni tashkil qilish va ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish.
|
2021-yilda Tasdiqlanadigan jadval asosida
|
Jizzax viloyati hokimligi (O. Ashurmatov)
|
Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi (B. Boboqulov), Tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, irrigatsiya bo‘limlari
|
13.
|
Yerlarni lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislash texnologiyasini joriy qilish ishlari bo‘yicha tizimli monitoring olib borish hamda natijasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot taqdim qilib borish.
|
Har oyning 10 sanasida
|
Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev)
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi (B. Boboqulov), Sirdaryo-Zarafshon ITHB (Sh. Jo‘rayev)
|