3-variant 1. 9-son MHXS nomi, маzmun mohiyati, maqsadi va qo`llanish doirasiga ixoh bering.
2.Kompaniya 100 dona tovarni 1 dona uchun 25 shartli birlik narx bo„yicha sotib 166 oldi. Bunda tovarning bozor narxi bugungi kunda 1 dona uchun 28 shartli birlikni tashkil qiladi. Hisobot sanasi holatiga ko„ra kompaniya quyidagi shartnomalarga ega: - 1 dona uchun 27 shartli birlik narx bo„yicha 40 donani yetkazib berish uchun shartnoma; - 1 dona uchun 24 shartli birlik narx bo„yicha 40 donani yetkazib berish uchun shartnoma. Qolgan 20 dona uchun shartnoma mavjud emas. Hisobot davrining oxiriga qadar tovar yetkazib berilmaganini hisobga olgan holda zaxiralarning buxgalteriya balansidagi bahosini aniqlang.
3. Kompaniya tannarxi 1 kub.m uchun 1000 sh.b.ni tashkil qiluvchi o„z mahsuloti hisoblangan 100 kub. m taxtani bitimning ikkinchi tarafi mahsuloti hisoblangan 20 poddon g„ishtga ayirboshlamoqda. G„ishtning adolatli narxi 1 poddon uchun 4 500 sh.b.ni tashkil qiladi. Olingan g„ishtning umumiy bahosini aniqlang. 8. Kompaniya materiallarni quyidagi grafik bo„yicha oldi: 177 10 oktabrda – 10 dona 100 sh.b.dan; 20 oktabrda – 20 dona 130 sh.b.dan. Kompaniya 5 noyabrda 10 dona materialni sarfladi. Zaxiralarning haqiqiy tannarxini aniqlash usuli: - moliyaviy hisobida – FIFO; - soliq hisobida – LIFO; - MHXSda – o„rtacha tannarx. BHMS va MHXS bo„yicha kechiktirilgan soliqlarni hisoblang.
4-variant 1.7-son MHXS nomi, маzmun mohiyati, maqsadi va qo`llanish doirasiga ixoh bering.
2.Asosiy vositalar obyektining dastlabki qiymati 1000 shartli birlikni tashkil qiladi. Tugatish qiymati 0 shartli birlikka teng (xo„jalik yurituvchi subyekt obyektdan u to„liq jismoniy eskirguncha foydalanishni rejalashtirmoqda). Foydali foydalanilish muddati 5 yilni tashkil qiladi. Obyektdan foydalanish boshlanganidan keyin 2 yil o„tgach, u (eskirishni hisobga olgan holda) tiklash qiymati bo„yicha 1,25 koeffitsiyent bilan qayta baholanadi. Qayta baholashdan keyin obyektning balans qiymati qanday bo„ladi?
3. Kompaniya 100 dona tovarni 1 dona uchun 26 shartli birlik narx bo„yicha sotib oldi. Bunda tovarning bozor narxi hisobot sanasi holatiga ko„ra 1 dona uchun 24 shartli birlikni tashkil qiladi. Bundan tashqari, hisobot sanasi holatiga ko„ra kompaniya quyidagi shartnomalarga ega: - 1 dona uchun 27 shartli birlik narx bo„yicha 50 donani yetkazib berish uchun shartnoma; - 1 dona uchun 30 shartli birlik narx bo„yicha 40 donani yetkazib berish uchun shartnoma. Tovarlar zaxiralarining umumiy bahosini buxgalteriya balansida aks ettiring.