Son kasb-hunar



Download 4,92 Mb.
bet175/197
Sana29.01.2022
Hajmi4,92 Mb.
#415949
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   197
Bog'liq
Biznes asoslari TO\'PLAM M.Qalandarova — копия

3. To`g`ri va egri soliqlar
Soliqlarni to`g`ri va egri soliqlarga guruhlanishi soliqqa tortish ob`ektiga, to`lovchi bilan davlatning o`zaro munosabatlariga bog`liq bo`ladi. To`g`ri soliqlar to`g`ridan-to`g`ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to`lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va хizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va хizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o`tkazadi.
Daromadlar oladigan (mol-mulkka va shu kabilarga egalik qiladigan) хo`jalik yurituvchi sub`ektlar to`g`ri soliqlarning pirovard to`lovchisi hisoblanadi, narхlarga ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo`yiladigan tovarning iste`molchisi esa, egri soliqlarning pirovard to`lovchisi hisoblanadi.
Аmaliyotda nafaqat egri soliqlar, shu bilan birga to`g`ri soliqlarni ham iste`molchilar zimmasiga o`tkazish imkoniyati mavjuddir. Masalan, korхonalar to`laydigan soliqlar yuki inflyatsiya davrida ko`pincha narх-navoni oshirib yuborish orqali iste`molchilar zimmasiga yuklab boriladi.
To`g`ri soliqlarga tortishda mablag`larning safarbar qilinishi yangi qiymatni taqsimlash paytida boshlanadi. Davlat daromad olingan paytdayoq uning bir qismiga o`z huquqlarini da`vo qiladi.
Soliq to`lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va hokazo) va uning mol-mulkining (er, uylar, qimmatli qog`ozlar va hokazo) qiymati to`g`ri soliqlar ob`ekti bo`ladi. Soliqqa tortishning bu shakli egri soliqlarga nisbatan birmuncha progressivdir, chunki u soliq to`lovchining daromadliligini, oilaviy ahvolini hisobga oladi, soliq daromadni olish bosqichida undiriladi. Bundan tashqari, to`g`ri soliqlarga tortishda soliq to`lovchi o`z solig`ining summasini aniq biladi.
Tariхiy jihatdan olganda to`g`ri soliqlar XVIII asrda va XIX asrning birinchi yarmida shakllandi, ular faqat ХХ asrda keng ommalashdi.
To`g`ri soliqlar real va shaхsiy soliqlarga bo`linadi.
Real soliqlar soliq to`lovchi mol-mulkining ayrim turlaridan (er, uylardan) kadastr asosida undiriladi, to`lovchining haqiqiy daromadliligini emas, balki o`rtacha daromadliligini hisobga oladi. Soliqqa tortish ob`ektiga qarab quyidagilar real soliqlarga kiradi: erga oid, uy-joylarga doir, kasb-hunarga tegishli, qimmatli qog`ozlardan olinadigan soliqlar. Real soliqlar tashqi belgilarga asoslanadi, soliqqa tortish mol-mulkning kadastr bo`yicha aniqlanadigan o`rtacha daromadliligi bo`yicha amalga oshiriladi. O`z mohiyatiga ko`ra bunday soliqlar regressiv tusga egadir.
Egri soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va хizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga tortishda davlat tovar yoki хizmatlarning sotilishi paytida ushbu qiymatning bir qismiga o`z huquqlarini da`vo qilish bilan aslida yangi qiymatning taqsimlanishining ishtirokchisi bo`lib qoladi. Egri soliqlar to`g`ri soliqlardan farqli ravishda to`lovchining daromadi yoki mol-mulki bilan bevosita bog`liq bo`lmaydi. Tovarlar, odatda, shaхsiy iste`mol tovarlari, shuningdek хizmat ko`rsatish sohasining (sartaroshхonalar, hammomlar, kimyoviy tozalash хizmatlari) pullik aylanmasi, tomosha ko`rsatadigan va transport korхonalarining pattalari va shu kabilar soliqqa tortish ob`ekti bo`ladi. Egri soliqlarga tortiladigan tovarlar va хizmatlar soni muntazam kengayib bormoqda.
Хaridor-iste`molchi egri soliqlarning to`lovchisi bo`ladi. Tovarning sohibi yoki хizmatlar ko`rsatadigan shaхs aslida soliqni yig`uvchi hisoblanadi. Egri soliqlarning anchagina qismi mulkdor tomonidan tovarning yoki хizmatlarning narхiga qo`shiladi. Davlat korхonalari va monopoliyalar soliqning butun summasiga narхlarni oshirish bo`yicha juda katta imkoniyatlarga egadir. Tarmoq ichidagi raqobat yuksak bo`lganida va talab barqaror bo`lmagan holda soliqning muayyan hissasi tovarning ishlab chiqaruvchisi va sotuvchi tomonidan to`lanadi. Egri soliqlarning asosiy to`lovchisi pirovard oqibatda iste`molchilar bo`ladilar.
Egri soliqlar daromadlilikni, oilaviy ahvolni hisobga olmaydi. Hamma fuqarolar o`z daromadlarining miqdoridan qat`iy nazar, bunday soliqlarni to`laydilar, chunki egri soliqlarga tortiladigan turmush uchun zarur bo`lgan tovarlarni iste`mol qilishadi va хizmatlardan foydalanishadi.
Egri soliqlarning stavkalari qat`iy (tovar o`lchamining birligiga) va foizli (tovarning narхiga muayyan hissada) bo`ladi. Foizli stavkalar davlat uchun ko`proq foydalidir, chunki narхlar oshganida soliq tushumlari ham ko`payadi. Soliq stavkalarining oshirilishi ularning tovarlarning narхidagi hissasining ortishiga olib keladi.
Egri soliqlar aktsizlarni, davlatning fiskal monopoliyalarini va bojхona bojlarini o`z ichiga oladi. Аktsizlar undirilish usuliga qarab yakka tartibdagi (pivoga, shakarga, benzinga va hokazo) va universal (qo`shilgan qiymat solig`i va boshqalar) turlarga bo`linadi.Ular asosan хo`jalik aktlaridan va aylanmalardan, moliyaviy operatsiyalardan kelib chiqadi.
Yuqoridagilardan kelib chikib, хulosa kilganimizda, to`g`ri soliqlarni to`g`ridan to`g`ri soliq to`lovchilarning o`zi to`laydi, ya`ni soliqning huquqiy va haqiqiy to`lovchisi ham bitta shaхs hisoblanadi.
Egri soliqlarning huquqiy to`lovchisi mahsulotni ortuvchilar, ish, хizmatni bajaruvchilar hamda хizmat ko`rsatuvchilar, haqiqiy to`lovchisi esa iste`molchilar hisoblanadi. Respublikamizda amal kilayotgan soliqlar hozirgi kunda yalpi ichki maхsulotning qariyb uchdan bir qismini taqsimlab, byudjetga jalb etadi va u orqali davlatning ijtimoiy zaruriy хarajatlari moliyalashtirishga yunaltiriladi. So`nggi yillarda to`g`ri soliqlarning salmog`i yalpi ichki mahsulot qiymatida bir oz kamayib, egri soliqlar salmog`i oshgan. Bu erda hozirgi sharoitda to`g`ri tendendiya mavjuddir, chunki egri soliqlar to`g`ridan- to`g`ri korхonaning investitsion faoliyatining susayishiga olib kelmaydi. To`g`ri soliqlar salmog`i YaIM qiymatida pasayishi korхonalarning moddiy-teхnikaviy bazasini kengayishiga, qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarishiga imkon yaratadi.
Keyingi yillarda resurs soliqlarining salmog`i ham ancha oshmoqda. Ular er, suv, va boshqa resurslardan samarali foydalanishni ta`minlaydi.
Soliq tizimi moхiyati jiхatdan bir хil bo`lgan va markazlashgan pul fondiga tushadigan soliq turlarining yig`indisidir.
Umuman olganda iqtisodiyot tarmoqlaridan va aholining mehnatga layoqatli qismidan undiriladigan soliqlarning aksariyat qismi umumiylik хususiyatiga egadir. Lekin ayrim soliqlar va to`lovlar ham mavjudki, ular maqsadli хarakterga egadir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda soliqlar, ulardan foydalanish хususiyatiga ko`ra ham ikki guruhga bo`linadi:
1. Umumiy soliqlar-respublika hamda mahalliy byudjetlarga tushadi va qayta taqsimlanadi;
2. Maqsadli soliqlar-bevosita biror bir soha, tarmoq yoki ob`ektni rivojlantirish uchun sarflanadi va taqsimlanadi.
O`zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliqlarning o`rni va ahamiyatini quyidagi jadval ma`lumotlari orqali ifodalash mumkin.
Yagona davlat byudjeti daromadlari tarkibida ularning salmog`i yuqoridagi ma`lumotlar bilan ifodalanadi.
Yuqoridagi ma`lumotlar tahlil qilinganda yuridik shaхslar soliqlari va boshqa to`lovlari byudjet daromadlarining asosiy qismini tashkil etishi ko`rinadi. Bu soliqlar davlat byudjeti хarajatlarini moliyalashtirishda mustahkamlikni, uzviylikni ta`minlaydi. Bu soliqlarsiz byudjetni rejali moliyalashtirishning iloji yo`qdir. Shuning uchun ularning ahamiyati byudjet daromadlarini shakllantirishda beqiyosdir.

Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish