16-Mavzu: “Start-Up” loyihalari va ularning ahamiyati
"Startap" yoki "startap kompaniya" tushunchasi (inglizcha, "start-up") bu — yangi ishga tushirilgan, rivojlanishning dastlabki bosqichlarida yurgan hamda bozorga asta-sekinlik bilan kirib borayotgan biznesni anglatadi.
Oramizdan ko'pchilik "Startap nima?" degan savolga o'zida javob topa olsa kerak. Shunday bo'lsa-da, avvalo, startap haqida ikki og'iz so'z aytib o'tmoqchiman.
"Startap" yoki "startap kompaniya" tushunchasi (inglizcha, "start-up") — bu, yangi ishga tushirilgan, rivojlanishning dastlabki bosqichlarida yurgan hamda bozorga asta-sekinlik bilan kirib borayotgan biznesni anglatadi.
Xuddi shunday, internet-startap deganda, odatda, faoliyati Internet bilan bog'liq bo'lgan barcha startap kompaniyalar nazarda tutiladi.
Bugungi kunda jahondagi eng yirik internet-kompaniyalar sanalgan Google, Amazon, Facebook kabilar ham o'z vaqtida oddiygina startap bo'lishgan. Hozirda esa, ularga o'xshagan yirik "akulalar" kichkina hamda kelajakda istiqboli bor startaplarni tinmay sotib olishmoqda. Bu narsa startap egalariga ham yoqadi, chunki endi uning startap firmasi yirik va ishonchli qo'llarda, bundan tashqari bir necha million dollar pul ham ishlab olishmoqda.
Bir paytlar Internetda startaplar haqida o'qib qolganimda, shunday fikrga ko'zim tushgandi: startap egalari o'zlariga tez-tez "Google bizni qachon sotib olarkin?" degan savollarni berisharkan.Ushbu blog postni yozishimga ikki narsa sabab bo'ldi: birinchisi — Dropbox tomonidan Mailbox electron pochta servisining, ikkinchisi — LinkedIn tomonidan Pulse yangiliklar aggregatorining sotib olinayotgani haqidagi yangiliklar.
Shunday qilib, butun dunyoga mashhur bulutli servis egasi — Dropbox kompaniyasi iPhone uchun elektron pochta dasturini ishlab chiqqan Mailbox'ni sotib olganligini ma'lum qildi.Dropbox blogida yozilishicha, Mailbox'ni sotib olishga sabab — har ikkala servis ham o'z oldiga o'xshash maqsadlarni qo'yishgan. "Dropbox servisi sizning kompyuteringizdagi papkalarning o'rnini bosmaydi — aksincha, ularni yanada yaxshiroq qiladi. Mailbox ham xuddi shunday, u elektron pochtaning o'rnini bosmaydi — lekin, uni yaxshiroq qiladi".
Xarid qiymati ommaga oshkor qilingani yo'q, shunday bo'lsa-da TechCrunch texnoblogi anonim manbalarga tayanib xabar qilishicha, ushbu xarid Dropbox'ga 100 million dollarga tushgan. Mazkur dastur ustida ish olib borayotgan 14 ta dasturchining hammasi endilikda ishni Dropbox jamoasi bilan davom ettiradi.
Endi quyidagi gaplarni diqqat bilan o'qing. Mailbox dasturi 2013-yilning fevral oyida (!) chiqarilgan bo'lib, u Gmail elektron pochta qutisidagi xatlar bilan ishlash uchun mo'ljallangan.
Ana, ko'ryapsizmi, dastur ishga tushganiga hali ikki oy bo'lmasdan, u 100 million dollarga sotilmoqda.Ikkinchi yangilik esa Pulse yangiliklar aggregatori haqida. Shaxsan o'zim Pulse'dan bir-ikki marta foydalanib ko'rganman, lekin internet-trafikni ko'p yevorgani uchun foydalanmay qo'yganman. Shunday bo'lsa-da, menga ularning yangiliklarni bir joyga yig'ish, ularni boshqarishga nisbatan ajoyib yondashuvi yoqqandi.
Mana, kuni-kecha LinkedIn ishbilarmonlar tarmog'i Pulse'ni sotib olayotganligi haqida xabar chiqdi. Turli xabarlarga ko'ra, xarid qiymati 50-100 million dollarga baholangan. Bundan tashqari, Pulse'ni qo'lga kiritish uchun Microsoft va Yahoo ham kurashgan, ammo g'alaba LinkedIn tomonidan bo'lgan.
Eslatib o'taman, LinkedIn so'nggi yillarda startaplarni sotib olishga ancha-muncha mablag' sarflamoqda. Xususan, u taqdimot ishlari uchun mo'ljallangan SlideShare servisini 119 million dollarga, aloqalar ro'yxatini boshqaruvchi Rapportive servisini 15 million dollarga sotib olgandi.Pulse ilk marta 2010-yilda iPad uchun chiqarilgandi. Keyinchalik uning barcha iOS-qurilmalar uchun hamda Android-versiyalari chiqarildi. 2013-yilning boshiga kelib uning foydalanuvchilari soni 20 milliondan oshib ketdi.Yuqorida men hikoya qilgan startaplar dengizdan bir tomchi xolos. Dunyoda har kuni bunday xaridlardan bir nechtasi amalga oshiriladi. Shunday ekan, siz ham harakat qiling, kallangizni ishlating. Odamlar uchun kerakli, ular foydalanadigan, ular qiziqadigan servis yarating. Ajab emas, biror kun kelib sizning startapingizni ham yirik "akulalar" sotib olishi mumkin!
Do'stlaringiz bilan baham: |