Son kasb-hunar


-Mavzu: Biznes g’oyalarini shakllantirish



Download 4,92 Mb.
bet139/197
Sana29.01.2022
Hajmi4,92 Mb.
#415949
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   197
Bog'liq
Biznes asoslari TO\'PLAM M.Qalandarova — копия

6-Mavzu: Biznes g’oyalarini shakllantirish


O’zbekistonda keng ko’lamli bozor o’zgarishlarini amalga oshirish jarayonida mulkdor shaxslar doirasi kengayib bormoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «... amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy, eng katta maqsadi, ustuvor yo’nalishi O’zbekistonda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Bizning qabul qilgan barcha farmonu qarorlarimiz, qonunlarimiz, hamma ishimiz ana shu maqsadga qaratilgandir. Bu vazifalarni hal etmasdan kutilgan natijaga, hayotimizda, iqtisodiyotimizda istalgan o’zgarishlarga erishib bo’lmaydi».
Bozor islohotlarining hozirgi bosqichidagi g’oyat muhim vazifa, avvalo, ishlab chiqarish sohasidagi davlat korxonalarini xususiylashtirish va ular negizida vujudga kelayotgan tadbirkorlik tuzilmalarini aniq maqsad bilan qo’llab-quvvatlash orqali mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Jamiyatimiz uchun yangi bo’lgan mana shu ijtimoiy tur uning faoliyat sohalari shakllarini o’rganishni nazariya ehtiyojlarigina emas, balki amaliy zarurat ham shart qilib qo’ymoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning qariyb 80 foizi, sanoat mahsulotlarining 78 foizidan ortig’i, qishloq xo’jaligi va chakana savdo aylanmasining deyarli barcha mahsulotlari nodavlat sektori ulushiga to’g’ri kelmoqda.
O’rta sinf davlatning asosi va jamiyatning eng barqaror qismidir. Bu sinfni vujudga keltirish vazifasini hal qilish, turmush darajasini oshirish va har bir insonning tadbirkorlik imkoniyatlarini ochish muammosini hal etib beradi. Ushbu masalaning iqtisodiy jihati shundan iboratki, mulkdorlar real, ularning faoliyati esa samarali bo’lishi kerak. Umuman, korxonaning barcha ishlovchilarini rasman akstiyadorlarga aylantirish uncha qiyin emas. Lekin ular haqiqatda boshqaruvda qatnashmasalar, dividendlar ola olmasalar va hatto, o’z akstiyalarini korxonadan tashqariga sota olmasalar, ularni real mulkdorlar deb bo’lmaydi.
Faoliyati o’ziga qarashli mulkni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va ana shu asosda yangi moddiy boyliklar yaratishga qaratilgan shaxslarni har tomonlama rag’batlantirish zarur. Mulkdorlar sinfi mavjud mol-mulk va daromadlar asosida, shu jumladan:
- jamg’armalarni qimmatli qog’ozlarga solish, shuningdek xususiy shaxslarga qarashli ko’chmas mulk va boshqa mol-mulklardan foydalanish yo’li bilan;
- davlatga qarashli mol-mulkni (aukstionlarda va tanlov asosida), shuningdek xususiylashtirilayotgan korxonalar akstiyalarini sotib olish orqali mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida;
- yuridik shaxs tashkil etmagan holda va korxonalar ochmagan holda yakka tartibdagi mehnat faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali shakllantiriladi.
Mulkdorlar ixtiyoridagi barcha ob’ektlarni daromad olish maqsadida foydalanilmaydigan ob’ektlar va ishlab chiqarish resurslariga ajratish mumkin.
Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: mehnat, er, sarmoya:
a) moddiy aktivlar;
b) moliyaviy aktivlar, shu jumladan: pul mablag’lari; qimmatli qog’ozlar;
v) nomoddiy aktivlar – intellektual mulk ob’ektlari.
Ishlab chiqarish resurslaridan daromad olish va mulkni ko’paytirish uchun foydalaniladi. Biror- bir mol-mulkka ega shaxs mulkdordir.



Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish