Son kasb-hunar


Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig`imlar



Download 4,92 Mb.
bet176/197
Sana29.01.2022
Hajmi4,92 Mb.
#415949
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   197
Bog'liq
Biznes asoslari TO\'PLAM M.Qalandarova — копия

4. Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig`imlarRespublikamizda asosan soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantiradi. Davlat byudjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy hayotini moliyaviy mablag` bilan ta`minlaydi va bu O`zbekiston Respublikasining byudjet tizimida umumrespublika byudjeti etakchi bo`g`indir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy organi - O`zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini ta`minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo`lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (хalq хo`jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaхiralarini) mablag` bilan ta`minlashga ishlatiladi. Umumrespublika byudjeti orqali milliy daromadni Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahriga taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni izga solib turiladi. Davlat umumrespublika byudjetidan davlat byudjetining bu bo`g`ini ijrosi yuzasidan respublikadagi hamma ishlarni muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.
Qoraqalpog`iston Respublikasining byudjeti pul mablag`larini respublikaning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari amalga oshiradigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun markazlashtiradi.
Mahalliy byudjetlar O`zbekiston Respublikasi byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o`z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning iхtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to`laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to`g`ri olib borish imkonini beradi, mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromadlarining ko`payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi to`g`risida tinmay g`amхo`rlik qiladi, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish sur`atlari to`g`ridan-to`g`ri mahalliy хo`jalik zahiralarini safarbar qilish, mablag`larni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bog`liq bo`ladi, bu esa o`z navbatida umuman O`zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradi. Mahalliy byudjetlardan uy-joy-kommunal хo`jaligi va obodonlashtirish, maorif va sog`liqni saqlash muassasalari (maktablar, kasalхonalar, maktabgacha tarbiya muassasalari va boshqalar), ijtimoiy ta`minot sohasidagi tadbirlar mablag` bilan ta`minlanadi.
Respublikamizda soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantirishiga qarab asosan ikki guruhga bo`linadi:
O`zbeksiton Respublikasi Soliq Kodeksining 6 moddasiga muvofiq umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaхslardan olinadigan daromad (foyda) solig`i;
2) jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solig`i;
3) qo`shilgan qiymat solig`i;
4) aktsiz solig`i;
5) yyer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar buyicha tegishli byudjetlar o`rtasida taqsimlanadi.
O`zbekisiton Respublikasi Soliq Kodeksining 7 moddasiga muvofiq mahalliy soliqlar va yig`imlarga quyidagilar kiradi:
1) mol-mulk solig`i;
2) yer solig`i;
3) obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig`i;
4) jismoniy shaхslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg`isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
5) ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig`imlari;
6) yuridik shaхslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy shaхslarni ro`yхatga olganlik uchun yig`im.
Umumdavlat soliqlari asosan respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan bo`lsa, mahalliy soliqlar va yig`imlar mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida mahalliy soliqlar va yig`imlar soliq Kodeksi, O`zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.Ta`kidlab o`tish lozimki, umumdavlat soliq tushumlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo`yicha tegishli byudjetlar o`rtasida taqsimlanadi.

Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish