Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Saljuqqiylar va Qoraxitiylar davri tarixiy geografiyasi
Reja:
Tohiriylar davri tarixiy geografiyasi
Somoniylar davri tarixiy geografiyasi
Qoraxoniylar davri tarixiy geografiyasi
G'aznaviylar davri tarixiy geografiyasi
Saljuqqiylar davri tarixiy geografiyasi
Qoraxoniylar davri tarixiy geografiyasi
IX-XIII asr boshlarida Movarounnahrdagi mustaqil davlatlar va ularning siyosiy tarixiy geografiyasi Arab xalifaligida VIII asr oxiri — IX asrning boshlariga kelib siyosiy va ijtimoiy hayotda vujudga kelgan tanazzullar oqibatida zaiflashuv yuzaga keldi. Bu vaqtda xalifalar xalq g'alayonlarini bostirishda mahalliy zodagonlardan foydalanadi va bu zodagonlar xizmatlari evaziga biror viloyatning noibi qilib tayinlangan. Bu esa mahalliy zodagonlarni davlat boshqaruv ishlarida qatnashishi uchun imkon beradi. Xuddi shunday jarayonlar vaqtida Xurosonda mahalliy aholi vakillaridan bo'lgan Tohir ibn Husayn Xuroson noibligiga o'tiradi. Bu voqea 821 yilda yuz berib, Tohir xalifa Ma'munni taxtga chiqishiga yordam bergan edi. Tohir tez orada xalifa nomini xutbadan chiqartirib tashlaydi va bu uning mustaqillikni e'lon qilishini bildirar edi. Bu yangi sulola 873 yilgacha davom etib, mazkur yilda yana bir mahalliy sulola safforiylar tomonidan tor-mor qilinadi.
IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrda somoniylar sulolasi paydo bo'ldi. Bu sulola asoschisi Somon bo'lib, uning xalifalik oldidagi xizmatlari evaziga nabiralariga Movarounnahrning turli viloyatlari noiblik sifatida beriladi. Nuhga Samarqand; Ahmadga Farg'ona; Yahyoga Shosh va Ustrushona; Ilyosga Hirot beriladi. Somoniylar sulolasi noiblariga dastlab Ahmad, 864 yilda uning vafotidan so'ng esa o'g'li Nasr boshchilik qildi. 873 yilda Buxoro aholisining taklifiga binoan bu hudud ham somoniylar boshqaruviga o'tib, unga Nasrning ukasi Ismoil noib qilib tayinlanadi. Ismoil Nasrga bo'ysunmay mustaqil siyosat yurgiza boshlaydi. 886 yilda Nasr va Ismoil o'rtasida jang bo'lib, Ismoil yengiladi. Lekin ikki yildan so'ng bo'lib o'tgan keyingi to'qnashuvda Ismoil g'alaba qozonadi va 892 yilgacha, ya'ni akasining vafotigacha rasmiy ravishda somoniylar hukmdori sifatida e'lon qilinmaydi. Ismoil taxtga o'tirgach, mamlakatda harbiy, davlat boshqaruvi sohalarida islohotlar o'tkaziladi. ISMOIL SOMONIY Ismoil Somoniy 900 yilda Buxoro yaqinida safforiylar qo'shinini mag'lubiyatga uchratadi va Xuroson ham somoniylar davlati tarkibiga kiradi. Somoniylar davlati ikki ulkan mamlakatni — Movarounnahr va Xurosonni o'z ichiga olgan. Movarounnahrga Amudaryo shimohdagi yerlar kirgan. Shulardan Buxoro, Samarqand Sug'di Istaravshan, Choch, Iloq, Farg'ona, Kesh, Nasaf viloyatlari siyosiy va madaniy, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan edi. Daryolarning yuqori oqimi viloyatlaridan Chag'oniyon, Xuttalon, Qubodiyon, Ahorun, Shumon, Vashgird, Rasht, Kumed, Badaxshon, Karon, Shikinon, Vaxon, Ro'shon qisman somoniylarga tobe' edilar. Xuroson Amudaryoningjanubidajoylashgan Babe, G'uzg'onon, Garjiston, Marv, Hirot viloyatlarini o'z ichiga olgan. Somoniylar xalifalikdagidek hukmronlik tizimini o'matdilar. Davlat tepasida amir turgan. Amirlikning ma'muriy tizimi quyidagicha bo'lgan: dargoh (amir saroyi) va devon (davlat idorasi). Saroydagi eng ulug' mansabdor hojibi buzurg (ulug' hojib) bo'lib, unga saroy ahliga ko'z-quloq bo'lib turish vazifasi yuklatilgan edi. Undan keyin sohibi mews (saroy soqchilari boshlig'i) turgan. Dargohning xo'jalik ishlari bilan vakil shug'ullangan. Davlat boshqaruvi Buxoro Registoni atrofida joylashgan o'nta devon qo'lida bo'lgan. Devoni vazir, yoki xojayi kalon. U barcha: ma'muriy, siyosiy va xo'jalik muassasalarini nazorat qilgan. Vazir barcha harbiy kuchlarni ham boshqargan. Uning ixtiyorida hisobchilar, munshiy va kotiblar, daftardorlar ho'lgan. Devoni amid elchilik va muhim davlat ishlarini boshqargan. U devoni rasoyil, devoni insho ham deyilgan. Devoni sohibushrot - sipohiylarni va shoh saroyini moddiy jihatdan ta'minlagan. Yiliga to'rt marta sipohiylariga maosh berilgan. Sohibushrot harbiy intizomni ham ta'minlab turgan. Devoni sohibbarid — davlat elchilari va viloyat hokimlari ustidan maxiiy nazorat ishlarini boshqargan. Uning har viloyatda o'z amaldorlari bo'lgan. Devoni muhtasib — bozorlarda tarozi va narx-navoni, keyinchalik aholi tomonidan shariat qonun-qoidalariga rioya qjULinishini nazorat qilib turuvchi muassasa. Tartibbuzar va o'g'rilar joyida jazolangan. Muhtasib o'z vakillari bilan barcha shaharlarda faoliyat ko'rsatgan. Devoni mushrif (nazorat qiluvchi) xazina kirim-chiqimi va boshqa muhim davlat ishlarini nazorat qilgan. Bundan tashqari devoni qozi, devoni ziyo, devoni mamlakai xos (davlat mulklarini boshqargan), devoni vag/'mavjud bo'lgan. Barcha devonlarning viloyat va shaharlarda bo'limlari bo'lib, hokimlarga bo'ysungan. Faqat devoni barid muassasalari markaziy davlatga bo'ysungan. Xuroson sipohiylari bevosita amir va vazirga tobe bo'lgan. Shaharlar maxsus raislar tomonidan boshqarilgan. Somoniylar qo'shinlari muntazam va mahalliy hokimlar qo'lidagi ixtiyoriy yollangan lashkardan tashkil topgan edi. 996 yilda qoraxoniylar Movarounnahrga tomon navbatdagi hujum boshlaydilar. Ularga Nasr ibn Ali boshchilik qiladi. Nuhga yordam berish uchun Sobuqtakin Chag'oniyon, G'uzg'on va Xuttalon hokimlarining birlashgan qo'shinlaridan iborat katta kuch bilan Keshga etib keladi. Nuhning ham o'z qo'shini bilan unga qo'shilishini talab qiladi. Bu somoniylar amirining hukmdorlik huquqlarini mensimaslik va ochiqdan-ochiq unga qarshi chiqish edi. Nuh, shubhasiz, bundan bosh tortadi va farmoyish yuborib, Sobuqtakinni Buxoroga chaqitiriladi. Bunga javoban Sobuqtakin qo'sliin yuborib Buxoroni egallaydi. Garchi somoniylar to 1005 yilgacha Samarqand va Buxoroni qaytarib oUshga uringan bo'lsalar-da, ammo 999 yilda Buxoroning Nasr Eloqxon tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi barham topgan edi. Shunday qilib, X asr oxirida somoniylar davlati o'rnida ikkita yangi davlat tashkil topdi: biri Qoshg'ardan Amudaryogacha cho'zilgan Sharqiy Turkistonning bir qismini, Yettisuv,: Shosh, Faig'ona va qadimgi Sug'dni o'z ichiga olgan qoraxoniylar davlati bo'lsa, ikkinchisi shimoliy Hindistondan Kaspiy dengizining janubiy qirg'oqlarigacha bo'lgan viloyatlami qamrab olgan G'aznaviylar davlati edi.1017 yilda Mahmud G'aznaviy tomonidan zabt etilib, o'z mustaqilligidan mahrum bo'lgan Xorazm ko'p vaqt o'tmay (1044 yil) Saljuqiylar davlatiga qarambo'lib qoldi. savdoning kenga yishi bilan bozor tijoratida pulga talab oshadi. Natijada qoraxoniylar va ularning viloyat hokimlari eloqxonlar tomonidan kumush va misdan ko'plab chaqa va tangalar zarb qilinadi. O'sha vaqtlarda Bolasog'un, Taroz, O'zgan, Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda pul ishlab chiqaradigan zarbxonalar bo'lgan. Movarounnahr va Xurosonda qoraxoniylarning oltin, kumush va mis chaqa-tangalari hamda dinorlari bilan bir qatorda hatto saljuqiylar, xorazmshohlar hamda g'aznaviylar tomonidan zarb qilingan tangalar ham muomalada yurgan. Demak, XI-XII va XIII asr boshida Movarounnahr va Xurosonda mahsulot-pul munosabatlari nihoyatda rivoj topib, u mamlakatning deyarli hamma uzoq va yaqin viloyatlarini qamrab olgan edi. XI asrda Movarounnahrda qoraxoniylar davlatining tashkil topishi bilan qarluq, о 'g 'uz, jig % yag 'mo va boshqa turkiy qabila va urug'larning Shosh, Farg ona va boshqa viloyatlarda yashovchi turkiy aholi bilan o'troq hayotga ko'chish jarayoni jadallashadi. O'troq dehqon va hunarmand aholi bilan aralashib, dehqonchilik va shahar madaniyatining boy tajribasi va an'analari o'zlashtirildi. Natijada turkiy tilda so'zlashuvchi aholi Movarounnahrning asosiy nufuzlaridan biriga aylandi. Qoraxitoylar davlati - oʻrta asrlarda Sharqiy Turkiston, Ili va Chu vodiysi, Yettisuv va Oʻrta Osiyoda mavjud boʻlgan davlat (taxminan 1140— 1213). Poytaxti — Chu daryosi boʻyida joylashgan Xusi-orda (Bolasogʻun). Asoschisi — Yelyuy Dashi. U 1124 yil gurxon unvonini qabul qilgan. 1125-yil kidonlar saltanati chjurchjenlar tomonidan tor-mor etilgach, bir guruh tarafdorlari bilan Shim.ga qochgan. turli qabila jangchilari bilan oʻz qoʻshi-nini toʻldirib Gʻarbga yoʻl olgan va ilgari bu oʻlkalarga kelib joylashgan kidanlar yordamida butun Turkistonni bosib olgan (1141). Gurxonlar kidanlarga taqlidan tangalar zarb etdirganlar, lekin mamlakatning iqtisodiyoti va ichki ishlariga kam aralashganlar, ular faqat vas-sallaridan (Balx, Xorazm, Xoʻtan, Gaochan va boshqalar) soliq olish bilan kifo-yalanganlar. Qoraxitoylar davlatini 2 marta ayollar idora etgan. Qoraxitoylar davlati Amudaryo va Balxash koʻlidan Kunlun va Beyshan togʻlariga qadar hududni egallagan. Qoraxitoylar davlatining qulashi moʻgʻullar tomonidan Sharqiy Turkistonni bosib olinishi va 1208 yil ulardan qochgan nay-manlarning kelishi va 1211 yil Gurxonning asir olinishi (2 yildan soʻng vafot etgan) bilan bogʻliq boʻlgan. 1218 yil naymanlar Chingizxon tomonidan boʻysundirilgan. Qoraxitoylar - kidanlar davlati tor-mor etilgach (1125), Urta Osiyoga kelgan kidanlar va ulardan ilgariroq bu yerga koʻchib kelgan kidanlarga (16 ming oila) oʻrta asr muarrixlari tomonidan berilgan nom. 12-asr oʻrtasi — 13-asr boshlarida 18 yoshga toʻlgan barcha Qoraxitoylar davlatini tuzgan kidanlarning Yelyuy urugʻidan chiqqan gurxonlarning qoʻshinida harbiy xizmatni oʻtashgan. asosiy qismi Talas va Chu daryolari vodiysida chorvachilik bilan mashgʻul boʻlganlar. patriarxal-urugʻchilik tuzumi qoldiqlari bilan uygʻunlashib ketgan mulkchilik munosabatlari ustuvor boʻlgan, biroq ayollar katta huquqqa ega edilar. buddaviylar boʻlsa-da, osmon, yer va ajdodlar ruhiga qurbonlik qilishgan.