Somoniylar davrida ichki va tashqi savdo - Xitoyshunos A. Xo’jayevning ta'kid-lashicha, VII-IX asrlarda Xitoy bilan bo’lgan savdoda
- choy, ipak mato, tuz va ot asosiy o’rinda turgan.
- Har bir ot Xitoy bozorida (to’pi 12,8 metrli) 50 o’ram ipak matoga ayirbosh (barter) qilingan.
- Choy bahosida har bir otning bahosi 56 kg oliy navli choyga teng bo’lgan. Bir necha «jin» (600 g) choyga bir bosh qo’y almashtirilgan.
- VII-VIII asrlarda choy asosiy import mahsulotlaridan biriga ay-langan. Xitoycha «cha» yoki «ming» deb yuritilgan xushbo’y choy o’simligi va uning seleksiyasi bu davrda Sharqiy Turkiston orqali Turkiston diyoriga, so’ngra esa boshqa mamlakatlarga keng tarqalib, aholining maishiy hayotida kundalik iste'mol etiladigan chanqovbosdi benazir ichimlikka aylangan.
- SOMONIYLAR DAVLATIDAGI ZARB QILINGAN TANGALAR
- Ichki bozorlarda «fals» deb atalgan mis chaqa, xalqaro savdo-sotiqda esa kumush tanga — dirhamlar ishlatilardi. Mis chaqalarni markaziy hukumat ham, shuningdek, sulola a'zolaridan bo’lgan ba'zi viloyat hokimlari ham chiqarar edilar. Kumush tangalar faqat hukumat boshlig’i nomidan Marv, Samarqand, Buxoro va Shoshda davlat zarbxonalarida so’qilar edi.
Xulosa - Xulosa qilib shuni aytamanki, O’zbekiston tarixida Somoniylar davlatining o’rni beqiyos bo’lib bu davlatga asos solgan Ismoil Somoniydir. U o’rta asrlarning qobiliyatli ,shijoatli,serg’ayrat va nihoyatda zukko tajribalari davlat arbobi edi. So’zimning isboti mamlakatni boshqarishda birinchi qilgan ishi mamlakat tinchligi edi,ya’ni mamlakatga xafv solib turgan ko’chmanchi qipchoqlardan hududni tozalagi. Va Ismoil o’zini “men tirik ekanman,Buxoro devori menman “ degan gaplari so’zimning isboti. U Movarounnahr tarixida 1-bo’lib markazlashgan davlatga asos solgan. Uning davrida islom dini ham rivoj topdi.
- Somoniylar davridan boshlab islom dini bilan shug’ullanuvchi ustod atamasi shayxulislom nomi bilan almashtirilgan.Mudofaa ishlari,qishloq xo’jaligi ishlari,chorvachilik va hunarmandchilik keng rivoj topdi.Bu davrdan boshlab yer egaligining yangi turi ya’ni “iqto’” yerlar berila boshladi,bu yerlar davlat ishlari uchun ba’zi kishilarga beriladigan sovg’a yerlar hisoblanib ,u merosiy emas edi va bu unvon sohiblari davlatga soliq to’lar edilar. Keyinchalik Qoraxoniylar davriga kelganda esa bunday iqto’ yerlar maydoni kengaya bordi va merosiy mulkka ayala boshadi,yer egaligining shakllaridan biriga aylana bordi.Ichki va tashqi savdoda ham rivojlanish sodir bo’ldi. 4 xil tanga pullar zarb qilina boshladi. Bu davrdan boshlab tashqi savdoda “sarroflik cheklari” ishlatila boshlangan. Somoniylar hayotida 900 yillardan keyingi davr siyosiy vaziyat keskinlashuvi davri hisoblanib,961 yilda Buxoro harbiy askarlarining g’alayoni ko’tariladi. Natijada Somoniylar davlati nihoyatda zaiflashib qoladi.
- Bugungi kunda mustaqillikni qo’lga kiritganimizdan buyon esa biz yoshlar uchun katta sharoitlar yaratilmoqda. Bizning bosh maqsadimiz mana shu yaratuvchanlik g’oayalriga sodiq bo’lish.
Foydalanilgan adabiyotlar o’yxati - 1.I.A.Karimov.Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.”Sharq”.1998.
- 2.Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy. Buxoro tarixi. Toshkent. “Fan”. 1966.
- 3.A.Muhammadjonov. O’zbekiston tarixi.Toshkent.”A.Qodiriy”.2003 .
- 4.A.Muhammadjonov.O’zbekiston tarixi. T.”Sharq”.2009
- 5.B.Ahmedov.O’zbekiston tarixidan
- manbaalar.Toshkent.”O’qituvchi”.1991.
- 6.Azamat Ziyo.O’zbekiston davlatchiligi tarixi.Toshkent.”Sharq”.2003 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |