2.Dastlabki holat va dirijyorlik sxemalar.
О‘z ishini boshlar ekan, Dirijyor о‘zi uchun muhim va zarur bо‘lgan holatga keladi, bu dastlabki holat deb ataladi. U bir-biridan uzoqroq qо‘yilgan oyoqlarga tayanib, tik va erkin xolda turadi. Bir oyoqni sal oldinga chiqarib, goh unisiga, goh bunisiga tayanib ham turish mumkin. Bunda Taktni oyog‘i bilan urib, musiqaga hamohang tarzda tizzalarni bukib turish yaramaydi, bu birinchidan keraksiz, ikkinchidan esa, xunuk kо‘rinadigan holatdir. Dirijyorlik paytida tana normal, oddiy refleks tariqasida qо‘l harakatlari ta’sirida chayqalishi mumkin. Yelkalar ortiqcha zо‘riqishdan xoli bо‘lishi kerak. Qо‘l va tirsak erkin holatda bо‘ladi. Dirijyor qо‘llarini erkin va uncha baland kо‘tarmagan holda tutib tirsaklarini tanadan uncha uzoqlashtirmagan holda tutishi maqsadga muvofiq. Tirsaklarni baland kо‘tarish qо‘l harakatlariga xalal beradi, taktlashni qiyinlashtiradi. Yuqorida aytib о‘tilganidek, takt berishda Dirijyor asosan о‘ng qо‘lini ishlatadi. Tepa-pastga, о‘ng yoki chapga harakat qilganda u qо‘l kaftini pastga tutganicha turishi kerak.
Kaft va barmoqlarni chо‘zmasdan ayni paytda musht qilib bukib ham olmagan holda yengil hamda erkin tutish lozim. О‘rganishni boshlanishi davrida bunga amal qilish tavsiya etiladi.
Tayoqchani ushlaganda Dirijyorning kо‘rsatkich barmog‘i bosh barmoqqa tegib turadi, qolgan uch barmog‘i esa, bir-biriga tegmagan holda, sal egilgan bо‘ladi. Bunda qо‘llar shunday holatda turishi kerakki, undan har qanday tomonga (о‘zidan, о‘zi tomon, tepaga, pastga) harakat qilish qulay bо‘lsin. Kaftning takt berishda va umuman dirijyorlikdagi ahamiyati juda muhim, ayniqsa agar ijroning о‘ta ifodali bо‘lishiga erishishni hohlasangiz, kaft doimo erkin, zо‘riqmagan va egiluvchan bо‘lishi lozim. Biroq bu erkinlik va egiluvchanlik yasama emas, balki tabiiy bо‘lmog‘i kerak.
Dirijyor takt berishda vertikal va gorizontal qо‘l harakatlaridan foydalanadi. Ularning har qaysisi juda chegaralangan yoki juda keng bо‘lmasligi lozim. Dirijyor qо‘l harakatlarining yо‘nalishini bildiruvchi bо‘linishlardan tashqari ularni yana kuchi bо‘yicha ham ajratadilar. Ulardan eng kuchlisi — qо‘lning pastga (vertikal) harakatidir, chunki uni bajarayotganda yerning tortish kuchini yengishga hojat qolmaydi. Shuni esda tutish kerakki, kuchli harakatda mushaklar zо‘riqadi, kuchsiz harakatda esa bо‘shashadi.
Qо‘l harakatlarini kuchli va kuchsizlarga ajratilishi takt belgilashda juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki kuchli harakatlar bilan kuchli, urg‘uli, kuchsiz harakatlar bilan esa kuchsiz, urg‘usiz hissalar kо‘rsatiladi. Shuningdek kuchsiz harakatlar kuchli harakatga tayyorlanish uchun ham xizmat qiladi. Undan tashqari, qо‘lning kuchsiz harakatlari musiqiy asarning xor ijrochilari va damli cholg‘uchilar о‘pkalarini havoga tо‘ldirishlari kerak bо‘lgan paytga mos tushadi. Aksincha, kuchli qо‘l harakatlarining kuchi va quvvati nafas chiqarish, ya’ni xor ijrochilari kuylaydigan, damli cholg‘uchilar esa chaladigan paytga tо‘g‘ri keladi.
Qо‘lning pastga harakati eng oddiy va kuchlisidir. Unda qо‘lning о‘z og‘irligiga mushaklar qisqarishidan kelib chiqadigan kuch ham qо‘shiladi. Bunday harakatda birinchi hissaning boshqalardan ajralib turuvchi kuchi va faol xarakteri alohida kо‘rsatib о‘tiladi. Takt berishning kо‘rgazmali bо‘lishi uchun taktning kuchli hissasi yetarli darajada chuqur, aniq va eng asosiysi, u taktning boshqa hissalariga qо‘shilib ketmaydigan bо‘lishi lozim. Kuchsiz va nisbatan kuchli hissalarga kelsak, ular u yoki bu metrning sxemasiga qarab qо‘lning chapga, о‘ngga yoki tepaga harakati bilan beriladi. Taktning barcha kuchsiz hissalari keyingi hissaga tayyorgarlikni о‘z ichiga oladi. Shu bois har bir keyingi harakat avvalgilari bilan uzviy bog‘liq bо‘lishi, ulardan kelib chiqishi kerak.
Birinchi, yuqorida aytganimizdek kuchli hissa taktning asosini tashkil qiladi. U boshqalarga nisbatan faol va keskinroq harakat bilan kо‘rsatilishi kerak. Metrik tizimida bu harakatga «BIR», ya’ni taktning birinchi hissasi tо‘g‘ri keladi. Shunday qilib, barcha sxemalarning kuchli hissalari tepadan pastga vertikal harakat bilan berilishi lozim.
Dirijyorlik sxemalarni о‘zlashtirish takt berishning oddiy usullaridan boshlanadi. «Birga», «Ikkiga», «Uchga», «Tо‘rtga» sxemalari oddiy deb yuritiladi. (Ular bir hissali, ikki hissali, uch va tо‘rt hissali о‘lchamlarni taktga solishda qо‘llaniladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |