Soliqqa tortish tizimida olib borilayotgan islohotlaming muhim yo’nalishlaridan biri boiib, kichik biznes subyektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish hisoblanadi
218-savol
Soliqqa tortish tizimida olib borilayotgan islohotlaming muhim yo’nalishlaridan biri boiib, kichik biznes subyektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish hisoblanadi. Янги рўйхатдан ўтган юридик шахс товарларни реализация қилишдан олинган даромад суммаси рўйхатдан ўтилган санадан то календарь йил тугагунига қадар бўлган кунлар сонини ҳисоблаймиз ва Кейинги йилдан бошлаб ҚҚС ва Фойда солиқларини тўлашга ўтади. Солиқ даври давомида товарлар (хизматлар)реализация қилишдан олган даромади 1 млрд.сўмдан ошган юридик шахслар СК 461-моддага мувофиқ ошган ойдан кейинги ойнинг 1 санасидан ҚҚС ва Фойда солиқларини тўлашга ўтади.
217-savol
Юридик ва жисмоний шахслардан олинадиган солиқлар, йиғимлар, божлар ва бошқа мажбурий тўловлар ҳамда уларнинг тузилиш тамойиллари, усуллари, солиқ назоратининг йиғиндиси солиқ тизимини ташкил этади. Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo‘lishi va uning faoliyati davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o‘rinda soliq kategoriyasi davlat iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta‘kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma‘noda davlat ixtiyoriga soliq to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Soliqlarning amal qilishi bu ob‘ektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda (ishlab chiqarish sohasida) faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shug‘ullanish iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni ob‘ektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurati soliqlarni ob‘ektiv amal qilishini zarur qilib qo‘yadi, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo‘ladi. Soliqlarning ob‘ektiv zarurligini bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ikki holat: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta‘minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari bilan ifodalash mumkin.
216, 63-savol
Мол-мулк солиғи тўғри солиқлар таркибига киради ва моҳиятига кўра бу солиқ асосий фондлар шаклидаги ресурсларга нисбатан белгиланган солиқ ҳисобланади. Мазкур солиқ бўйича тушумлар суммаси тўлиқ маҳаллий бюджетларга тушади ва у бюджетнинг барқарор даромад манбаларидан бири ҳисобланади. Мамлакат солиқ тизимида мол-мулк солиғини жорий қилишдан кўзланган мақсад: корхоналар ўзларининг хўжалик фаолиятини юритишда ортиқча ва фойдаланилмаётган мол-мулкини сотишга қизиқишини уйғотиш; Мол-мулкдан самарали фойдаланишни рағбатлантиришдан иборат. Чунки, корхоналарнинг маънавий ва жисмоний томондан эскирган асосий воситаларини янги, илғор технология-ускуналар билан янгилаши ишлаб чиқарилаётган товарларнинг баҳосини арзонлаштиради ва рақобатбардош товарлар ишлаб чиқаришга имкон беради.
215, 130, 107-savol
Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliqni to‘lash hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha, tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. Jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda besh milliard so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar ushbu moddaning uchinchi — oltinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik bo‘nak to‘lovlarini hisobot davri har bir oyining yigirma uchinchi kunidan kechiktirmay to‘laydi. Joriy soliq davrining birinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi o‘tgan soliq davrining oxirgi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovi summasiga teng etib qabul qilinadi. Joriy soliq davrining ikkinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi joriy yilning birinchi hisobot davri uchun soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘i summasining uchdan biriga teng etib qabul qilinadi. Joriy soliq davrining uchinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi yarim yillik yakunlariga ko‘ra soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi va birinchi chorak yakunlari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi o‘rtasidagi farqning uchdan biriga teng etib qabul qilinadi. Joriy soliq davrining to‘rtinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi to‘qqiz oylik yakunlariga ko‘ra soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi va yarim yillik yakunlari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi o‘rtasidagi farqning uchdan biriga teng etib qabul qilinadi. Agar ushbu moddaning uchinchi — oltinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi manfiy yoki nolga teng bo‘lsa, ko‘rsatilgan to‘lovlar tegishli chorakda amalga oshirilmaydi. Soliq to‘lovchilar, shu jumladan yangidan tashkil etilgan, jami daromadi joriy hisobot davri mobaynida besh milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar har oylik bo‘nak to‘lovlarini bunday oshib ketish sodir bo‘lgan to‘liq chorak o‘tganidan keyin to‘laydi .Bo‘lish yoki ajratib chiqarish yo‘li bilan qayta tashkil etish natijasida yangidan tashkil etilgan yuridik shaxs, jami daromadining miqdoridan qat’i nazar, har oylik bo‘nak to‘lovlarini, agar bo‘lish yoki ajratib chiqarish yo‘li bilan qayta tashkil etilgan yuridik shaxs soliq bo‘yicha har oylik bo‘nak to‘lovlarini bunday qayta tashkil etish amalga oshirilgan soliq davrida hisoblab chiqargan bo‘lsa, ikkita kelgusi soliq davri mobaynida to‘laydi.