Soliqlarning paydo bo’lishi, ilk ko’rinishlari va rivojlanish bosqichlari


Sobiq Ittifoq davrida soliqlarga bo’lgan yondashuv



Download 44,3 Kb.
bet2/2
Sana09.06.2017
Hajmi44,3 Kb.
#10788
1   2

5. Sobiq Ittifoq davrida soliqlarga bo’lgan yondashuv

1917 yil oktyabrda bolsheviklar zo’rlik bilan amalga oshirgan to’ntarish Sobiq

Ittifoq xalqlari, shu jumladan O’zbekiston tarixida salkam 75 yil davom etgan yangi

mustamlakachilik sahifasini boshlab berdi. Yangi iqtisodiy siyosatga o’tilishi

munosabati bilan agrar ishlab chiqarishni yuksaltirishga qaratilgan xo’jalik tadbirlari

zanjirida mustaqil ish olib boruvchi yakka dehqonning manfaati oldingi o’ringa

qo’yildi. 1919 yil mart oyida yangi iqtisodiy siyosat (NEP) e’lon qilinishi

munosabati bilan yangi soliq siyosati tashkil etildi. Mazkur tizim qishloq xo’jaligi,

hunarmandchilik, daromad, mulk va renta soliqlari, tamg’a yig’imlari, meros va

boshqa bojlar kabi majburiy to’lovlarini o’z tarkibiga qamrab olgan. 1922 yil 11

aprelda «Natura solig’i haqida» gi qaror qabul qilindi. Mazkur qarorga ko’ra

dehqonlarning noroziligiga sabab bo’lgan oziq-ovqat razvedkasi o’rniga yalpi

hosilning 10 foizi miqdorida oziq-ovqat solig’i belgilandi. Lekin oradan ko’p vaqt

o’tmay xo’jalikning katta-kichikligidan kelib chiqib, soliqni tabaqalashtirish joriy

etildi. Soliq quyidagi proportsiyalarda olinishi belgilab qo’yildi 2 desyatinagacha eri

bo’lgan xo’jaliklardan hosilning 5 foizi, 2-4 desyatinagacha 10 foizi, 4-6

desyatinagacha 12 foizi, 6-8 desyatinagacha 14 foizi va hak.

Yangi iqtisodiy siyosat paxtachilik siyosatiga ham muayyan o’zgarishlar

kiritdi. Paxtachilikni mehnat qurollari bilan ta’minlashga e’tibor kuchaytirildi. Ularga

turli xil imtiyozlar berilib, ot-ulov solig’idan, kamquvvatli xo’jaliklar oziq-ovqat

solig’idan ozod qilindi. Bularning hammasi dehqonlarning kayfiyatiga, ularni

ko’proq paxta etishtirishga bo’lgan intilishida o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi.

1923 yil 13 iyunda ba’zi ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadida oziq-ovqat

solig’idan yagona qishloq xo’jaligi solig’iga o’tish to’g’risida dekret chiqarildi.

Natijada tovar-pul munosabatlarining sub’ekti bo’lgan dehqonlarning roli sezilarli

ravishda kuchaydi. Xususiy kapital asosida tashkil etilgan vositachilik va savdo

shirkatlari qat’iy mafkuraviy nazorat ostida bo’ldi. Ko’pincha xususiylarga juda katta

miqdorda soliq solinar, tadbirkorlarning erkin faoliyati esa butunlay cheklab

qo’yilgan edi. Keyinchalik davlat xususiy sektorni tugatishni tezlashtirish maqsadida

qo’shimcha soliqlar undirildi.

1923-1925 yillarda quyidagi soliqlar amal qilgan

1. To’g’ri soliqlar

- qishloq xo’jaligi solig’i;

- hunarmandchilik solig’i (savdo va ishlab chiqarish korxonalariga);

- mulk solig’i;

- renta soliqlari;

- gerb yig’imlari va boshq.

2. Egri soliqlar

- aktsiz soliqlari (choy, kofe, shakar, tuz, alkogolli ichimliklar, tamaki

mahsulotlari, neft mahsulotlari va boshqa turdagi tovarlarga nisbatan joriy etilgan);

- turli xil bojlar.

1922-1923 yillarda to’g’ri soliqlar byudjetni soliqli daromadlarining 43 foizini,

1923-1924 yillarda 45 foizini, 1925-1926 yillarda 82 foizini tashkil etgan.

23

1930 yillarda yangi soliq islohotlarini o’tkazish talab qilindi. Soliq islohotlari



o’tkazishning asosiy sababi quyidagi kamchiliklarni yo’qotishga qaratilgan edi.

- soliqlar sonini qisqartirish maqsadida oborot solig’ini joriy etish;

- bir soliq ob’ektini bir necha marotaba soliqqa tortilishi va baholarni

rejalashtirishning murakkabligini tugatish. Buning uchun foydadan ajratmalar va

kooperatsiyada daromad solig’i joriy etildi.

Oborot solig’i tarkibiga bir necha soliq va foydadan ajratmalarga 6 xil soliq

birlashdi. Olib borilgan soliq islohoti natijasida korxonalarga byudjetga olinadigan

daromadlar 7 baravar ortdi.

Lekin shunga qaramasdan respublikada birorta og’ir industriya giganti barpo

etilmadi, chunki ularni qurish milliy mustamlakachilik manfaatlariga mos kelmas edi.

Shuning uchun respublikada paxtachilikni rivojlantirish bilan bog’liq sanoat

tarmoqlari, oziq-ovqat, engil sanoat tarmoqlarini kengaytirishgagina ahamiyat berildi.

Sanoat korxonalarining aksariyati xomashyo, yarim tayyor mahsulot ishlashga

ixtisoslashtirildi. Chunki tayyor mahsulotdan tushadigan mo’maygina daromad

O’zbekiston xomashyosini qayta ishlashga moslashgan Ittifoqdagi markaziy

korxonalar tomonidan amalga oshirildi.

Ikkinchi jahon urushi boshlangandan so’ng O’zbekiston front ehtiyojlarini

ta’minlovchi moddiy bazaga aylandi. Byudjetdan harbiy tadbirlarga sarflangan

mablag’lar 114,7 milliard so’mni tashkil etib, shundan 58,8 milliard so’m yoki 50,8

foizni harbiy xarajatlar tashkil qilgan edi. Bundan tashqari, respublika frontga 4 mln.

148 ming tonna paxta, 54 ming tonna pilla, 3 mln. 83 ming dona qora ko’l terisi va

oziq-ovqat mahsulotlari jo’natgan. O’zining vatanparvarlik burchini yuksak darajada

namoyish qilgan O’zbekiston xalqi fashizm ustidan faqat Sobiq Ittifoqni emas, eng

avvalo o’z xalqini saqlab qoldi. O’zbekiston hududida urush harakatlari sodir

bo’lmagan bo’lsada, boshqa respublikalar qatori bu erda ham iqtisodiy tizim izdan

chiqdi. Iqtisodiyotni qayta tiklash ishlari boshlanib, qator tadbirlar belgilandi.

Jumladan, soliq tizimiga katta e’tibor qaratildi. Bu yo’nalishda soliq miqdori xo’jalik

tomorqasiga qarab belgilanadigan bo’ldi. Natijada ayrim viloyatlarda uzumzorlarni

kesib tashlashga o’xshash hodisalarga barham berildi. Soliq 2-3 baravar kamaydi.

1958 yildan boshlab aholi mablag’i hisobidan «ixtiyoriy» tartibda yoziladigan

zayomlar bekor qilindi, daromad solig’i va boshqa soliqlar qisman kamaytirildi.

1965 yildan boshlab foydadan ajratmalar to’lovi o’rniga 3 xil ko’rsatkich

asosida hisoblanadigan to’lovlar joriy qilindi. Bu to’lovlar turli korxonalar misolida

sinovdan o’tkazildi. Lekin ular kutilgan natijani bermaganligi sababli milliy

daromadning o’sish sur’atlari pasayib ketdi.

Shu munosabat bilan 1987 yil 7 iyulidagi moliya mexanizmini qayta qurish

qaroriga muvofiq sanoat korxonalari va tarmoqlari asosiy e’tiborni joriy masalalarni

hal qilishga qaratib, moliya va iqtisodiy masalalardan chetlashganliklari tanqid

qilindi, korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga etarli e’tibor

berilmaganligi ko’rsatildi. Qarorning ikkinchi bandida oborot solig’ining to’lovchisi

bevosita mahsulot etishtiradigan korxona bo’lishi kerak deb ko’rsatilgan. Bu

moddaning ahamiyati shundan iboratki, bir tomondan respublikaning asosiy hal

qiluvchi xomashyosi hisoblangan paxta, pilla, rangli metallardan foydalanib boshqa

respublikadagi korxonalarga mahsulot ishlab chiqarsa, ular joyida soliqqa tortilib,

24

ikkinchi tomondan paxta va boshqa xomashyolarni sotishdan kelgan daromadlar



soliqqa tortilmas, respublika byudjeti bu daromadlardan mahrum edi. Bu tadbirlar

O’zbekistonda moliya tizimidagi inqirozlarni kuchaytirdi. Natijada iqtisodiy

ko’rsatkichlar bo’yicha respublika Ittifoqda oxirgi o’rinlardan birini egallar edi.

Sobiq Ittifoq davrida davlat bilan davlat mulkchiligi o’rtasida soliq

munosabatlari bo’lishi mumkin emas degan mafkuraviy aqidaga tayangan holda

davlat bilan davlat mulkiga tegishli korxonalar va tashkilotlar o’rtasida soliq

munosabatlariga barham berishga harakat qilingan, lekin yuqorida ko’rib

o’tganimizdek, Sobiq Ittifoq davlati tashkil etilgandan e’tiboran uning hududida turli

xil soliqlar amal qilgan va davlatning soliqsiz mavjud bo’la olmasligini yana bir bor

ko’rsatdi.

Soliq sohasidagi o’ta muhim o’zgarishlar Sobiq Ittifoq KPSS MQ ning 1987

yil iyul plenumida tasdiqlangan «Davlat korxonalari (birlashmalari) to’g’risida» gi

qonuni qabul qilinishi bilan bog’liq. Unga muvofiq korxonalar mulkchilik shaklidan

qat’iy nazar byudjetga to’lovlar bilan bir qatorda ular foydasini soliqqa tortish

mumkinligi ham rasmiy ravishda tan olindi va 1991 yil 1 yanvaridan e’tiboran xalq

xo’jaligining barcha tarmoqlarida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxonalar va



davlat o’rtasidagi munosabatlar soliq usuliga o’tkazildi.
Download 44,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish