Soliqlarning tushunchasi va ahamiyati
Hozirgi vaqtda davlatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida eng dolzarb muammolardan biri - bu soliq munosabatlarini tartibga solish masalasidir. Biron bir davlat soliqlarsiz mavjud bo‘lishi mumkin emas. Soliqlar, ma’lum bir ma’noda, davlatning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz I.Karimov soliqlarning jamiyat hayotidagi o’rni, inqirozga qarshi choralar dasturini hayotga tatbiq qilish borasida ta’kidlaganidek, “Dastur doirasida amalga oshirilgan yana bir muhim tadbirimiz – soliq yukini yengillashtirish, soliqqa tortish tizizmini soddalashtirish va unifikatsiya qilish bo’yicha xo’jalik tuzilmalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida qo’shimcha choralar ko’rilganidir”. Iqtisodiy nuqtai nazardan soliqlar pul munosabatlari tizimidan iborat bo‘lib, ular vositasida, bir tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar, ikkinchi tomondan, davlat bilan davlat mablag‘larini shakllantirish bo‘yicha munosabatlar amalga oshirilgan. Soliqlar hisobiga davlat moliyaviy resurslarining asosiy qismi shakllantiriladi, ular davlat budjetiga kelib tushadi va jamiyat ehtiyojlari uchun foydalaniladi. Soliqlar – davlat budjetining daromad qismiga o‘tkaziladigan, yuqori qonunchilik hokimiyat organlarining hujjatlariga asosan yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan beg‘araz, muayyan miqdorda va belgilangan muddatlarda umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovdir. 5 Soliqlarning yuridik mohiyatini tashkil etuvchi eng muhim xususiyatlar soliq to‘lovlarining beg‘arazligi, bu to‘lovlarning majburiyligi, ularni joriy etish va undirib olish tartibi, soliqning aniq miqdorini hamda uni amalga kiritishning aniq muddatini belgilashdan iborat. Soliq to‘lovlarining beg‘arazliligi shuni anglatadiki, soliqlar shaklida budjetga kiritiladigan pul mablag‘lari maqsadli yo‘nalishga ega emas. Ular yuridik va jismoniy shaxslardan davlat mulkiga beg‘araz o‘tkaziladi hamda davlat tomonidan iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, mudofaani moliyalashtirish, davlat apparatini saqlash uchun yo‘naltiriladi. Davlat soliq to‘lovchilarga ular tomonidan budjetga kiritilgan mablag‘lar uchun hech qanday bevosita kompensatsiyalarni bermaydi, ya’ni soliq to‘lovchi davlatga soliq to‘laganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri hech qanday manfaat kutmaydi. Ammo soliq to‘lovlarining beg‘arazlilik xususiyati davlat soliqlarni olib, ularni to‘lovchilarga muayyan moddiy ne’matlarni bermaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Soliqlar boshqa shaklda insonlarni o‘zlariga qaytariladi. Masalan, bepul ta’lim olish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy ta’minlash va h.k. uchun mablag‘lar asosan davlat budjetining soliqlar hisobidan shakllantiriladigan daromad qismidan ajratiladi. Har bir soliq to‘lovchi uchun davlatga to‘lanadigan soliqlar hajmi bilan undan olinadigan moddiy ne’matlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ko‘zga ko‘rinadigan aloqaning yo‘qligi uning soliqqa go‘yoki zimmasiga tushadigan bir yuk sifatida qarashi uchun sabab bo‘ladi, zeroki soliq to‘lovchilar ushbu mablag‘lar hisobidan moliyalanadigan davlat harajatlari yo‘nalishini ma’qullashlari ham mumkin. Ayrim to‘lovchilarning soliq to‘lashdan qochishi, o‘z daromadlarini kamaytirib ko‘rsatishga intilishi mana shundandir. Soliq yuridik mohiyatining majburiylik xususiyati shundan iboratki, soliq to‘lovchilar qonun kuchi bilan muayyan shart-sharoitlarda soliqlarni to‘lashi shart. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasiga muvofiq soliqlarni to‘lash bo‘yicha majburiyat konstitutsiyaviydir. Soliqlar majburiyati hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan tegishli organlar orqali davlat kuchi bilan ta’minlanadi va shu sababli soliqlarni to‘lash ixtiyoriy emas, balki majburiylik xususiyatiga ega. Pol Mari Godmening fikriga ko‘ra, “soliq tushunchasida majburiylik elementi shunchalik buyukki, bu majburiylik xususiyatiga ega bo‘lmagan tushumlarning soliq sohasidan istisno etilishiga olib keladi”. Ayrim mamlakatlarning hozirgi zamon soliq tizimida qonun kuchi bilan majburiy bo‘lmagan soliqlar ham mavjud bo‘lib, bu - cherkov solig‘i hisoblanadi. Ularni ijro etish diniy me’yorlar bilan ta’minlanadi. Soliqlarning muhim yuridik belgisi ularni belgilash va joriy etish tartibi hisoblanadi. Soliqlarni belgilash hamda ularni undirib olish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va shartlarda amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan qonunchilikda nazarda tutilmagan har qanday majburiy to‘lovlar soliq hisoblanishi mumkin emas. Soliqlarning yuridik mohiyatini tashkil etuvchi yana bir belgisi shundan iboratki, ularni to‘lash orqali oldindan qonunchilikda belgilangan tartibda daromadning bir qismi davlat foydasiga undirib olinadi. Davlat davlatning budjet tizimi daromad qismiga o‘tkaziladigan soliqlar miqdori va ularni to‘lash muddatlarini belgilaydi, qonunda belgilangan ko‘rsatmalarni buzgan soliq munosabatlari subyektlariga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llaydi. Ko‘pgina mamlakatlar qonunchiligida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham, soliqlarni va ularning miqdorlarini belgilash vakolati faqat yuqori qonunchilik hokimiyatiga tegishli ekanligi belgilangan. Hech kim qonunda belgilanmagan tartibda o‘z xohishiga ko‘ra soliqlarni yoki boshqa majburiy to‘lovlarni o‘rnatishi, ularning miqdorini belgilashi mumkin emas. Mamalakatimizda soliq siyosatini takomillashtirish zarurligi muhim ustuvor vazivalardan biri sifatida e’tirof etiladi.Prezidentimiz o’z ma’ruzalarida soliq to’lovchiga soliqqqa tortish tizimida qo’shimcha imtiyozlar va preverensiyalar berish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini yengillashtirish, soliq qonunchilugini barqarorligini ta’minlash hamda ushbu yo’nalishda ilg’or mamalakatlar ijobiy tajribalaridan foydalanish lozimligini ta’kidlab o’tdilar. Soliq funksiyalari. Har qanday davlatda soliqlarning roli ular bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi. Soliq funksiyasi deganda, uning mohiyatining harakatda namoyon bo‘lishi, uning xususiyatlarini ifodalash uslubi tushuniladi. Funksiya ushbu iqtisodiy kategoriyaning qiymatni taqsimlash va daromadlarni qayta taqsimlash vositasi sifatidagi ijtimoiy vazifasi qay tarzda amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Soliqlarga fiskal, rag’batlantirish, tartibga solish va qayta taqsimlash funksiyalari xosdir. Soliqlarning fiskal funksiyasi ular tabiatining o‘zi bilan belgilanadi, ular majburiy tartibda va beg‘araz davlat daromadiga kelib tushadi hamda davlat tomonidan o‘z xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi. Fiskal funksiya vositasida soliqlarning bosh ijtimoiy vazifasi amalgaoshiriladi - budjet tizimi va budjetdan tashqari jamg‘armalarda to‘planadigan davlat moliyaviy resurslari shakllantiriladi hamda ular davlat o‘z funksiyalarini bajarishi uchun foydalaniladi. Soliqlarning fiskal funksiyasi davlatga moliyaviy mablag‘larning asosiy qismini yo‘naltirish uchun imkon beradi. Fiskal funksiya davlat budjetini shakllantirishda soliqlarni rolini belgilaydi. Lekin soliq siyosatining vazifasi faqat budjetni to’ldirish bo’lishi kerak emas. Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Soliq siyosatining vazivasi – bir tomondan, budjet daromadining barqaror savarbarligini ta’minlashdan, ikkinchi tomondan – korxonalarni respublika uchun zarur bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqrishni rag’batlantirishdan iborat”.9 Davlat ayrim sohalarni, tarmoqlarni qo’llab-quvvatlash, rivojlantirish maqsadida ma’lum bir yengilliklar, soliq imtiyozlarini berish orqali rag’batlantirish funksiyasini amalga oshiradi. Masalan, Soliq kodeksining 158-moddasiga asosan yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini to'lashdan ozod qilinadi: protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko'rsatishdan, nogironlar uchun mo'ljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni ta'mirlash hamda ularga xizmat ko'rsatishdan olingan foydasi; shahar yo'lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo'nalishli taksidan tashqari) yo'lovchilarni tashish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishdan olingan foydasi; tarix va madaniyat yodgorliklarini ta'mirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi. Shuningdek mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Soliqlarning tartibga solish funksiyasi shundan iboratki, ular ijtimoiy ishlab chiqarish, uning tuzilmasi va dinamikasiga, fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirishga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatuvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Soliqlar vositasida ishchanlik faolligini rag‘batlantirish yoki, aksincha, uni cheklash mumkin. Soliqlar yordamida proteksionistik iqtisodiy siyosatni olib borish yoki tovar bozoriga erkinlikni ta’minlash mumkin. Soliqlarni tartibga solish funksiyasi orqali iqtisodiyot, ishlab chiqarish va aholining daromadlari tartibga solinadi. Masalan, aksiz solig’ini belgilash orqali ayrim iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilishni tartibga solish; iqtisodiyot tarmoqlarini tartibga solish maqsadida soddalashtirilgan soliq tizizmini joriy qilsh; aholining daromadlarini tartibga solish maqsadida jismoniy shaxslarning daromadiga o’sib boruvchi shkala asosida soliq solish (ya’ni eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdordagi daromad summasiga 0 foiz; eng kam ish haqining bir baravaridan (+1 so’m) besh baravarigacha miqdordagi daromadiga eng kam ish haqi miqdorining bir baravaridan oshadigan summaning 7,5 foizi; eng kam ish haqining besh baravaridan (+1 29 so’m) o’n baravarigacha miqdordagi daromadiga besh baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining besh baravaridan oshadigan summaning 17 foizi; eng kam ish haqining o’n baravaridan (+1 so’m) va undan yuqori miqdordagi daromadiga esa o’n baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining o’n baravaridan oshadigan summaning 23 foizi soliq stavkalarini belgilanishi) Tub iqtisodiy islohotlar sharoitida soliqlarning tartibga soluvchilik roli kuchayib boradi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining o‘z modelini tashkil etishning eng muhim elementlaridan biri ishlab chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat boshqaruvidan chetga chiqish, tovar ishlab chiqaruvchilarning o‘zlariga, iqtisodiy maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqqan holda, qanday faoliyat bilan shug‘ullanish va qanday mahsulot ishlab chiqarishni belgilashda erkinlik berish hisoblanadi. Shu munosabat bilan tadbirkorlik faoliyatining tartibga soluvchi bosh dastaklaridan biri soliqlar bo‘lib qoladi. Shuni aytish kerakki, soliqlardan iqtisodiyotni tartibga soluvchi vosita sifatida foydalanish konsepsiyasi dastlab 1936 yili ingliz iqtisodchisi J.Keyns tomonidan ishlab chiqilgan edi. Ushbu konsepsiyaga muvofiq soliqlar jamiyatda iqtisodiy munosabatlarni faqat tartibga solish uchun mavjud. Biroq ushbu konsepsiya iqtisodiyotni ma’muriybuyruqbozlik uslublariga asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarish sharoitlarida o‘z ifodasini topa olmas edi va tabiiyki, u fanga qarshi burjua nazariyasi sifatida keskin tanqidga uchradi. Soliqlardan tadbirkorlikni tartibga solishning samarali vositasi sifatida foydalanish qayishqoq soliq siyosatini olib borishni talab qiladi, uning mohiyati, bir tomondan, budjet daromadlari to‘ldirilishini ta’minlash, ikkinchi tomondan esa, ishbilarmonlik faoliyatini rag‘batlantirish, korxonalarning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish, tadbirkorik va investitsion faoliyatni rivojlantirishdan iborat. Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasi iqtisodiyotni rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatilishi uchun muvaffaqiyatli qo‘llanmoqda. Bu tadbirlar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasiga va davlat budjeti daromadlari o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Soliq chora-tadbirlari investitsion faoliyatni rag‘batlantirish (masalan, foydaning investitsiyalarga ajratiladigan qismiga soliq solinmaydi), mintaqaviy siyosatni amalga oshirishda keng qo‘llanadi. Jumladan, soliqlar yordamida ishlab chiqarish, masalan ma’lum bir ishlab chiqaruvchilarga nisbatan imtyozlarni belgilash, iste’mol masalan, aksiz solig‘ini joriy qilish, aholining daromadlari esa jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga nisbatan o‘zgaruvchan stavkani, ya’ni jismoniy shaxslarning daromadi oshib borishi bilan soliq stavkasini oshib borishi orqali tartibga solinadi. Iste’mol masalan, aksiz solig‘ini joriy qilish orqali tartibga solinishi mumkin. Soliqlarning qayta taqsimlash funksiyasi mavjudligi shu narsa bilan belgilanadiki, “soliq tizimi yalpi milliy mahsulotni qayta taqsimlashni amalga oshiradi va bu bilan u iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish, aholiga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlashda bevosita ishtirok etadi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |