4. Xorijiy davlatlarning soliq tizimlari va xalqaro soliq munosabatlari - Buyuk Britaniya soliq tizimi.
- Buyuk Britaniyada dastlab soliqqa tortishning ilmiy nazariyasi paydo bo'lib, hozirda liberallashgan davlat soliq tizimi amal qiladi. Buyuk Britaniyada zamonaviy soliq tizimi quyidagi yirik guruhlarga bo'lingan soliqlardan iborat: bevosita soliqlar (daromad solig'i, kapital solig'i, meros solig'i), bilvosita soliqlar (asosiy manba — QQS), mahalliy soliqlar (eng yirigi — ko'chmas mulk solig‘i), tadbirkorlikni faollashtiruvchi va boshqa soliqlar.
- Germaniya soliq tizimi.
- Germaniyada fiskal siyosatli soliq tizimi amal qilib, soliqlar federatsiya, 2 ta maxsus jamg'arma, 16 ta yer budjeti va 11000 ta mahalliy budjetlarga to'lanadi. Germaniyada amalda 40 dan ortiq soliq, yig'im va to'lovlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |