II semestr uchun mustaqil ta’lim mavzulari va uni amalga oshirish shakli
№
|
Fani bo’yicha mazmuni
|
Mustaqil ta’limga oid bo’lim va mavzulari
|
Mustaqil ta’limga oid topshiriq va tavsiyalar
|
|
Soliq siyosati va uning asosiy yo’nalishlari
|
Respublika soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari. O’zbekiston va Xalqaro soliq siyosati: umumiylik va o’ziga xoslik
|
Case study
tayyorlash, taqdimot va slaydlar
|
|
Soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi, turlari va javobgarlik to’g’risidagi umumiy qoidalar
|
Soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi. Soliqqa oid huquqbuzarliklarning turlari hamda ularni sodir etganlik uchun javobgarlik. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortishning umumiy shartlari.
|
Loyiha ishi tayyorlash, taqdimot va slaydlar
|
|
Soliqlar va makroiqtisodiy holatning uzviy bog’liqligi
|
Soliq siyosatining yalpi talab va yalpi taklifga, investitsion muhitga ta’siri
|
Case study, taqdimot va slaydlar
|
|
Soliq ishini tashkil etish asoslari
|
Soliq organlari faoliyatining huquqiy asoslari. O’zbekiston Respublikasi soliq organlarining tarkibiy tuzilishi
|
Esse, Case study
taqdimot va slaydlar
|
|
Xalqaro soliqqa tortish
|
Xalqaro soliqqa tortish va uning asosiy tamoyillari. Xalqaro soliqqa tortishning huquqiy asoslari
|
Esse, Case study
taqdimot va slaydlar
|
Mustaqil ta‘limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ta‘limlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. Mustaqil ta’lim uchun o`quv va ishchi o’quv rejada I semestrda 58 soat, II semestrda 50 soat ajratilgan.
Mavzuni yoritish jarayonida moliyaviy boshqaruv, moliyaviy nazorat, davlat byudjeti, sug’urta hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga taaluqli va ularni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni o’rganishga alohida ahamiyat qaratish lozim. Bunda O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining asosiy mazmuni talabalarga yetkazilishi, ularning mavzuga oid qismlaridan ko’chirmalar tarqatma material sifatida o’rganilishi tavsiya etiladi. Qonun hujjatlarini o’rganishda axborot tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet saytlari ma’lumotlaridan samarali foydalanish, O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo’mitasi hamda ularning rasmiy saytlaridan yangi ma’lumotlarni olib foydalanish lozim.
Mustaqil ta'limni tashkil etish orqali fan mazmunini boyitish va uning ma’lumotlarini yangilab borishda axborot resurslaridan foydalanishni yo’lga qo’yish; fanning mazmunini yanada takomillashtirish maqsadida tavsiya etilgan chet el adabiyotlari ma’lumotlarini tarjima qilish va fanni chuqurroq o’rganish; talabalar fanni mukammal o’zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid muammolarni hal qilish yo’llarini izlab topish va muammolarni maqolalar orqali yoritishlar ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |