Soliq qonunchiligida tovar deganda iste'molga mo‘ljallangan va qiymatga ega hamma narsa (ishlar, xizmatlardan tashqari) (uskunalar, mahsulotlar, xom-ashyo, materiallar, elektr, issiqlik va energiyaning boshqa turlari, transport vositalari va tovar-moddiy boyliklar) tushuniladi. - Soliq qonunchiligida tovar deganda iste'molga mo‘ljallangan va qiymatga ega hamma narsa (ishlar, xizmatlardan tashqari) (uskunalar, mahsulotlar, xom-ashyo, materiallar, elektr, issiqlik va energiyaning boshqa turlari, transport vositalari va tovar-moddiy boyliklar) tushuniladi.
- Tuzilgan shartnomalar (kontraktlar)ga muvofiq respublika hududiga import qilinadigan ishlar va xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan ob'ekt hisoblanadi.
Soliq solinadigan aylanmani aniqlash va soliq solinadigan aylanmaning o‘zgartirilishi - Sotish bo‘yicha soliq solinadigan aylanma miqdori sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida qo‘llaniladigan narxlar va tariflardan kelib chiqib, ularga qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘shmasdan aniqlanadi.Aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan aylanmani aniqlashda aksizlar summasi ham unga kiritiladi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning bepul berilishida, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tugallanmagan qurilish ob'ektlari (tugallanmagan qurilishni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda hisobga olinadigan) bundan mustasno, soliq solinadigan aylanma miqdori korxonada berish paytida vujudga kelgan narx (tarif) darajasidan kelib chiqib, ularga qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘shmasdan, biroq bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarilishi (xarid qilinishi) bo‘yicha amalda vujudga kelgan xarajatlardan kamaytirmasdan aniqlanadi. - Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning bepul berilishida, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tugallanmagan qurilish ob'ektlari (tugallanmagan qurilishni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda hisobga olinadigan) bundan mustasno, soliq solinadigan aylanma miqdori korxonada berish paytida vujudga kelgan narx (tarif) darajasidan kelib chiqib, ularga qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘shmasdan, biroq bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarilishi (xarid qilinishi) bo‘yicha amalda vujudga kelgan xarajatlardan kamaytirmasdan aniqlanadi.
- Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bepul berilishida soliq solinadigan aylanma miqdori berilishda shakllangan narx va qoldiq qiymat o‘rtasidagi farq ko‘rinishida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |