Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning amaldagi tannarxidan (yoki olingan narxi va tovar xarid qilinishiga bog‘liq xarajatlardan) past narxlarda sotilishini amalga oshiradigan korxonalar uchun soliq solish maqsadida korxonada sotish paytida qaror topgan, biroq: - Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning amaldagi tannarxidan (yoki olingan narxi va tovar xarid qilinishiga bog‘liq xarajatlardan) past narxlarda sotilishini amalga oshiradigan korxonalar uchun soliq solish maqsadida korxonada sotish paytida qaror topgan, biroq:
- tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishda - tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning amaldagi ishlab chiqarish tannarxidan;
- savdo, ta'minot-tayyorlash faoliyatini amalga oshirganda - olingan narxi va tovar xarid qilinishiga bog‘liq xarajatlardan past bo‘lmagan narx qabul qilinadi.
Berilgan xom-ashyo va materiallardan tovarlar tayyorlanganida ularni ishlash qiymati (shu jumladan, xarajatlar va foyda), aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha esa - aksizlar hisobga olingan holdagi ishlash qiymati soliq solinadigan aylanma hisoblanadi. - Berilgan xom-ashyo va materiallardan tovarlar tayyorlanganida ularni ishlash qiymati (shu jumladan, xarajatlar va foyda), aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha esa - aksizlar hisobga olingan holdagi ishlash qiymati soliq solinadigan aylanma hisoblanadi.
- Qaytariladigan idishlar, shu jumladan, garov qiymatiga ega shisha idishlar qiymati soliq solinadigan aylanmaga kiritilmaydi, bunday idishlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotilishi bundan mustasno.
Uzoq davom etadigan ishlab chiqarish davriga ega korxonalar (qurilish, qurilish-montaj va ta'mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy tashkilotlar) uchun bajarilgan va buyurtmachilar tasdiqlagan, shartnomaviy narxlardan kelib chiqib, haq to‘lash uchun hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgan ishlar (xizmatlar) qiymati soliq solish ob'ekti hisoblanadi. - Uzoq davom etadigan ishlab chiqarish davriga ega korxonalar (qurilish, qurilish-montaj va ta'mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy tashkilotlar) uchun bajarilgan va buyurtmachilar tasdiqlagan, shartnomaviy narxlardan kelib chiqib, haq to‘lash uchun hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgan ishlar (xizmatlar) qiymati soliq solish ob'ekti hisoblanadi.
- Qurilish ishlarini pudratchi yoki yordamchi pudratchi tashkilotlar bajarganida unga qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab yozish bilan sotilgan pudratchi (yordamchi pudratchi) materiallarining va buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilgan holda bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning qiymati soliq solish ob'ekti hisoblanadi. Bunda moddiy resurslar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining summasi soliq qonunchiligida belgilangan tartibda hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |