Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning turlari va elementlari - Soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish tartibi – soliq davri uchun soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek imtiyozlar mavjud bo’lsa, shu imtiyozlardan kelib chiqib , soliq va boshqa majburiy to’lov so’mmasini hisoblash koidalarini belgilaydi. Soliq va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish soliq to’lovchi tomonidan mustakil ravishda amalga oshiriladi. Soliq Kodeksda nazarda tutilgan xollarda, soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish majburiyati davlat soliq xizmati organiga yoki soliq agenti zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |