Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tushumlari bo’yicha solishtirish dalolatnomalarini tuzish
Topshirdi: BH-3 talabasi Soatov Farhod
Qabul qildi: PhD. Hamidova Z.U
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tushumlari bo’yicha solishtirish dalolatnomalari “O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning hisoblanishi va tushumlari to’g’risidagi hisobotlar, tushumlar bo’yicha solishtirish dalolatnomalarni tuzish hamda taqdim qilish tartibi to’g’risidagi Nizom” ga asosan tuziladi. Mazkur nizomga muvofiq Tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyalari tomonidan hisobot davri uchun ularda mavjud ma’lumotlar hamda belgilangan tartibda tuzilgan va kelishilgan solishtirish dalolatnomalari asosida: Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning hisoblanishi to’g’risidagi hisobotlar tayyorlanib, har chorakda choraklik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning o’ninchi ish kuniga (yil yakuni bo’yicha yillik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning o’ninchi ish kuniga) qadar qog’oz shaklda; Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning tushumlari to’g’risidagi hisobotlar tayyorlanib, har oyda hisobot oyidan keyingi oyning o’ninchi ish kuniga qadar tegishli tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo’limlariga elektron shaklda (har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning o’ninchi ish kuniga qadar qog’oz shaklda) taqdim etiladi. Tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyalari tomonidan tayyorlangan hisobotlarning elektron shakli tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo’limlariga taqdim etish belgilangan muddatlarda, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tegishli tuman (shahar) bo’linmalariga taqdim qilinadi. Davlat soliq boshqarmasi hisobot davri uchun ularda mavjud ma’lumotlar hamda belgilangan tartibda tuzilgan va kelishilgan solishtirish dalolatnomalari asosida: Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning hisoblanishi to’g’risidagi hisobotlar tayyorlanib, har chorakda choraklik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning o’ninchi ish kuniga (yil yakuni bo’yicha yillik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning o’ninchi ish kuniga) qadar qog’oz shaklda Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning tushumi to’g’risidagi hisobotlar tayyorlanib, har oyda hisobot oyidan keyingi oyning o’n beshinchi ish kuniga qadar Qoraqalpog’iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga elektron shaklda (har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning o’n beshinchi ish kuniga qadar qog’oz shaklda) taqdim etiladi Davlat byudjetiga boshqa majburiy to’lovlarning tushumlari to’g’risidagi hisobot tayyorlanib, har oyda hisobot oyidan keyingi oyning o’n beshinchi ish kuniga qadar Qoraqalpog’iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga taqdim etiladi