Soliq va soliqqa tortish fanidan


YUridik  shaxslardan  undiriladigan  daromad  (foyda)  solig‗ini  to‗lash



Download 2,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/277
Sana01.01.2022
Hajmi2,65 Mb.
#305102
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   277
Bog'liq
Soliq va soliqqa tortish

YUridik  shaxslardan  undiriladigan  daromad  (foyda)  solig‗ini  to‗lash 
tartibi 
     
Tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  yuridik  shaxslar  ortib 
boruvchi  yakun  bilan  chiqarilgan  daromad  (foyda)  solig‗i  bo‗yicha  hisob-
kitoblarni,  agar  qonun  hujjatlarida  boshqa  tartib  belgilanmagan  bo‗lsa,  soliq 
ro‗yxatidan  o‗tgan  joydagi  soliq  organlariga  yil  choraklariga  oid  va  yillik 
moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarida topshiradilar.  
Soliq davri. Hisobot davri. 
Kalendar yil soliq davridir. 
Yilning choragi hisobot davridir.  
Soliqni hisoblab chiqarish va hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi
.  
YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‗ini hisoblab chiqarish hisoblab 
chiqarilgan  soliq  solinadigan  bazadan  va  belgilangan  stavkadan  kelib  chiqqan 
holda amalga oshiriladi.  
YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‗ining hisob-kitobi, agar ushbu 
moddada  boshqacha  qoidalar  nazarda  tutilmagan  bo‗lsa,  davlat  soliq  xizmati 
organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan 


70 
 
keyingi  oyning  25-kunidan  kechiktirmay,  yil  yakunlari  bo‗yicha  esa,  yillik 
moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi

O‗zbekiston  Respublikasida  faoliyatni  doimiy  muassasa  orqali  amalga 
oshirayotgan  O‗zbekiston  Respublikasi  norezidentlari  doimiy  muassasa 
joylashgan  joydagi davlat soliq xizmati  organiga  O‗zbekiston Respublikasidagi 
faoliyatining  xususiyati  haqidagi  hisobotni  (erkin  shaklda),  shuningdek  yuridik 
shaxslardan  olinadigan  foyda  solig‗ining  hisob-kitobini  chet  el  investitsiyalari 
ishtirokidagi  korxonalar  uchun  yillik  moliyaviy  hisobotni  topshirish  uchun 
belgilangan  muddatlarda  taqdim  etadi.  Bunda  yuridik  shaxslardan  olinadigan 
foyda solig‗ining hisob-kitobida byudjetga to‗lanadigan sof foydadan olinadigan 
soliq summasi alohida satrda ko‗rsatiladi. Faoliyat kalendar yil tugashidan avval 
tugatilgan  taqdirda,  bu  hujjatlar  faoliyat  tugatilganidan  keyin  bir  oydan 
kechiktirmasdan taqdim etilishi shart. 
Soliq to‗lash tartibi. 
YUridik shaxslardan olinadigan foyda solig‗i bo‗yicha 
joriy  to‗lovlarning  summasini  aniqlash  uchun  soliq  to‗lovchilar  joriy  hisobot 
davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy hisobot 
davri  uchun  taxmin  qilinayotgan  soliq  solinadigan  foydadan  va  yuridik 
shaxslardan  olinadigan  foyda  solig‗ining  belgilangan  stavkasidan  kelib  chiqib 
hisoblangan  yuridik  shaxslardan  olinadigan  foyda  solig‗ining  summasi  haqida 
ma‘lumotnoma taqdim etadilar. 
YUridik  shaxslardan  olinadigan  foyda  solig‗i  bo‗yicha  joriy  to‗lovlar  har 
oyning  15-kuniga  qadar  hisoblab  chiqarilgan  yil  choragi  bo‗yicha  yuridik 
shaxslardan  olinadigan  foyda  solig‗i  summasining  uchdan  bir  qismi  miqdorida 
to‗lanadi. 
Hisobot  davrida  taxmin  qilinayotgan  soliq  solinadigan  foyda  eng  kam  ish 
haqining  ikki  yuz  baravaridan  kam  miqdorni  tashkil  etadigan  soliq  to‗lovchilar 
joriy to‗lovlarni to‗lamaydi. 
Taxmin  qilinayotgan  soliq  solinadigan  foydadan  kelib  chiqqan  holda 
hisoblab  chiqarilgan  yuridik  shaxslardan  olinadigan  foyda  solig‗i  summasi 
hisobot  davri  uchun  byudjetga  to‗lanishi  lozim  bo‗lgan  yuridik  shaxslardan 
olinadigan  foyda  solig‗i  summasiga  nisbatan  10  foizdan  ko‗proq  kamaytirilgan 
taqdirda,  davlat  soliq  xizmati  organi  joriy  to‗lovlarni  yuridik  shaxslardan 
olinadigan foyda solig‗ining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya hisoblagan 
holda qayta hisoblashga haqli.  


71 
 
YUridik  shaxslardan  olinadigan  foyda  solig‗ini  to‗lash  hisob-kitoblarni 
topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  norezidentining  doimiy  muassasasi  yuridik 
shaxslardan  olinadigan  foyda  solig‗ini,  shuningdek  sof  foydadan  olinadigan 
soliqni joriy to‗lovlarni to‗lamasdan yiliga bir marta, hisob-kitobni taqdim etish 
muddatidan keyin bir oy ichida to‗laydi. 

Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish