Soliq qarzini majburiy undirish choralari. Soliq qarzini majburiy undirish
choralariga quyidagilar kiradi:
soliq qarzini soliq to‗lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan so‗zsiz undirish;
undiruvni soliq to‗lovchiga uning debitorlari o‗tkazishi lozim bo‗lgan summalarga
qaratish;
undiruvni soliq to‗lovchining mol-mulkiga qaratish.
Soliq to‗lovchi soliq qarzini barcha choralar ko‗rilganidan keyin uzmagan taqdirda,
davlat soliq xizmati organi uni bankrot deb topish to‗g‗risidagi ariza bilan sudga
murojaat etadi.
Soliq qarzini majburiy undirish choralari jismoniy shaxslarga nisbatan faqat sud
tartibida qo‗llaniladi.
Soliq tekshiruvi natijalari bo‗yicha qo‗shimcha hisoblangan soliq qarzi summalarini
majburiy undirish choralari soliq to‗lovchi tomonidan uning natijalari bo‗yicha
berilgan shikoyat davriga muvofiq to‗xtatib turiladi.